Uning tasnifi bo’yicha refleksiya turlari. N.V.Kuzbmina, A.V.Xristeva, V.A.Krivosheev,
A.A.Bizyaeva, Yu.N.Kulyutkin, G.M.Kodjaspirova kabi olimlarning pedagogik refleksiya
haqidagi fikrlari. Kasbiy refleksiya o’qituvchining o’z-o ’zini rivojlantirishda, shijoati, kasbiy
faoliyatiga oid yangiliklarni muntazam izlanishida, ijodkorligida namoyon bo’lishi,
o’qituvchining o’z-o ’zini kasbiy takomillashtirishiga
ham asos yaratishi
, pedagogik faoliyatda
refleksiv jarayonlar pedagogik faoliyatni rejalashtirish bilan bog’liq hodisa ekanligi, refleksiya -
asrlar davomida o’qituvchining kasbiy faoliyatida to’planib kelingan tajribalarida, uning xulq-
atvori, muloqot madaniyati, tafakkurida yig’ilgan eski andozalarni, kamchiliklami bartaraf etish
imkoniyatini berishi.
Kasbiy pedagogik refleksiya o’qituvchiga o’z-o ’zini kasbiy jihatdan takomillashtirish
manbalari asosida o’z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda ko’maklashishi hamda uning
rivojianishini ta’minlashi. o’qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlangani
sari uzluksiz pedagogik
kasbiy mahorati va o’z - o’zini takomillashtirish imkoniyati vositalari. Kasbiy refleksiyaning
o’qituvchi pedagogik
faoliyatini tashxislashga
, ya’ni diagnostika qilishga ta’siri. Pedagogik
diagnostika funktsiyalari. O’qituvchi o’z kasbiy pedagogik faoliyatini tahlil va o’z-o’zini tahlil
qilish bosqichlari.
O’qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash kontseptsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonini
boshqarish imkoniyatini ta’minlashi, pedagogik tashxis o’qituvchining pedagogik faoliyatida
erishayotgan yutuqlarini belgilovchi xarakter kasb etishi va u bevosita o’qituvchining kasbiy
refleksiyasiga
tayanishi.
O`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish
Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish
ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Hozirgi sharoitda ta'lim tarbiyadan ko’zda tutilayotgan
maqsadlarga yetishish, o’kuvchilarning xilma - xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli,
e'tiqodli,
mehnatsevar,
barkamol
inson
qilib
o’stirish
o’quvchi
zimmasiga
yuklatilgan
xalqimizning kelajagi
, mustaqil O’zbekistonning istiqloli ko’p jihatdan o’qituvchiga,
uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan
munosabatiga bog’liq. Uzluksiz pedagogik ta'lim g’oyasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat
bilan o’qituvchilar malakasini ishirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilik
diqqat markaziga qo’yildi.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun
pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni
o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar umumlashtirilgan, usuliy g’oyalar bayon
etiladi. O’qituvchilarning yosh individula xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.
Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma xildir. Pedagogik nazariyaga mos
kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan
keng bilimdonlikni
, puxta amaliy
tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun ham mustaqil O’zbekiston davlatining umumiy ta'lim maktabida ishlaydigan
o’qituvchi
•pedagogik
faoliyatga qobiliyatli ijodkor,
ishbilarmon;
•milliy madaniyat va umuminsoniy, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan diniy ilmlardan
ham
xabardor, ma'naviy
barkamol
;
•O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini
to’g’ri anglagan e'tiqodli fuqaro;
•ixtisosga doir bilimlarni, psixologik pedagogik bilim va mahoratli shuningdek, nazariy ishlarni
mukammal egallagan bo’lishi kerak.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va
ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogik o’qituvchilik faoliyatini yoshlarni o’qitish va
tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota - onalar va bolalarni izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi
uchun
ham kishida qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.