Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148
2 5237912101523035255

A.I.Gersen  mulohazasiga  ko'ra,  o'qituvchining  asosiy  xislati  -  bu  uning  bolalar  bilan 
munosabatda  bo'layotganligini  sezishda,  bolalar  ruxiy  dunyosini  tushuma  olishida,  ahloqiy 
qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste'dodga ega bo'lmog’i zarurki, unga har qaysi 
o’qituvchi erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak. 
O’qituvchi  kasbiga  oid  ilmiy  tajribalarda  sinalgan  mulohazalar  rus  pedagogi 
K.D.Ushinskiy ta'lim tarbiya jarayonida o'qituvchining roli va shaxsiga yuqori baho berib, hech 
bir ustav yoki dastur hamda sun'iy organizm puxta ishlab chiqilganiga qaramay, inson shaxsining 
o'rnini  bosa  olmaydi,  deb  hisoblaydi.  Insonning  xarakteri  va  his-tuyg’ulari,  uning  o’quvchilar 
bilan  muloqotga  kirishish  usuli,  o'qituvchi  qalbi  bolalarga  yaqinligi  kabi  axloqiy  xislatlarining 
shaxsiga  xos  muhim  fazilatlar  bo'lib  hisoblanib,  muallimning  tarbiyaviy  kuchini  belgilaydi  va 
ijtimoiy  qimmatga  ega  bo'lgan,  barkamol  bola  shaxsini  tarkib  toitiradi.  K.D.Ushinskiy 
ta'kidlashicha,  pedagogik  faoliyatniig  muhim  tarkibiy  qismi  pedagogik-psixologik  odob  (takt) 
hisoblanadi.  Uning  fikricha  psixologik  odob  (takt)  hayotimizning  barcha  jabhalarida  g’oyatda 
keng  qo'llaniladi.  Shuning  uchun  usiz  odamlar  orasida  hech  qanday  muloqot  va  nutq 
qobiliyatining o'zi ham bo'lmagan bo'lar edi, deydi. 
Rus  pedagogi  K.D.Ushinskiyning  «Pedagogik  adabiyotning  foydasi»  risolasida: 
«Tarbiyalash  ishi,  shubhasiz,  insonning  aqliy  va  ongli  fazilatlaridan  biridir:  tarbiya 
tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q narsadir… Tarbiyalash faoliyati 
fikr yuritishni, haqiqatni anglashni ham o’rgatadi», deb yozadi. 
Shunday  qilib,  chet  el  mutafakkkirlari  o'z  asarlarida  o'qituvchining  bir  qator  muhim 
fazilatlari  mavjud  bo'lishini  bayon  qilganlar.  Bularning  qatoriga  quyidagilarni  kiritish  mumkin: 
o'qituvchining har tomonlama barkamol bo'lishi, o'zining yuksak xislatlari va his-tuyg’ulari bilan 
boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish qobiliyati, darslarni 
o'alashtirishda  orqada  qolganlar  bilan  individual  ishlash,  o'quvchilar  diqqatini  o'ziga  torta  olish 
sehri, mustaqil ishlash va o'z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik qobiliyat va odobga ega 
bo'lish  kabilar.  Shuni  alohida  ta'kidlab  o'tish  joizki,  sharq  va  g’arb  mutafakkirlari  tomonidan 
tahlil  qilingan  ko'pgina  o'qituvchi  kasbi  haqidagi  mulohazalar  to  hozirgi  kungacha  o'z 
ahamiyatini  saqlab  kelmokda,  demakki,  ajdodlar  g’oyasini  takomillashtirish  evaziga  ta'limni 
yuksak bosqichga ko'tarish mumkindir. 
Hozirgi  sharoitda  jamiyatning  maktab  oldiga  qo'yayotgan  talablari  kun  sayin  ortib 
bormoqda va bu talablarni amalda to'g’ri hal qilish vazifasi o'qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy 


maktab  o'qituvchisi  qator  va;zifalarni  bajaradi.  O’qituvchi  -  sinfdagi  o'quv  jarayoni 
tashkilotchisidir. Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilardir: 
-  shaxsni      ma'naviy      va      ma'rifiy      tomondan      tarbiyalashning,      milliy  uyg’onish 
mafkurasining hamda  umuminsoniy  boyliklarning     mohiyatini bilish; 
-  bolalarni  mustaqillik  g’oyalariga  sodiqlik  ruhida  tarbiyalashi,  o'z      Vatani  tabiatiga  va 
oilasiga bo'lgan muhabbati
- keng bilimga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi; 
- yosh va pedagogik-psixologiya, pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab 
gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi; 
- o'zi dars beradigan fan bo'yicha  mustaqil bilimga ega bo'lib, o'z kasbi sohasi bo'yicha 
jahon fanida erishilgan yangi yutuq va   kamchiliklardan  xabardor bo'lishi; 
- ta'lim-tarbiya metodikasini egallashi; 
- o'z ishiga ijodiy yondashishi; 
-  pedagogik  texnika  (mantiq,  nutq  ta'limining  ifodali  vositalari  va  pedagogik  taktga  ega 
bo'lishi; 
- o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiyo ravishda oshirib borshi kabi talablarga to'la 
javob bera olishga intalishi lozim va shart. 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogak mahoratga ega bo'lishi zarur. 
Pedagogik  mahorat  egasi  oz  mehnat  sarf  qilib,  katta  natijalarga  erishadi.  Ijodkorlik  uning 
hamisha  hamkori  bo'ladi.  Pedagogik  ishga  qobiliyatli,  iste'dodli  kishigina  pedagogik  mahorat 
egasi  bo'lshi  mumkin.  Pedagogik  faoliyat  o'z  mohiyatiga  ko'ra  ijodiy  xarakterga  ega.  Pedagog 
o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik 
muaimolarni echadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasida ijodkorlik tub 
mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq.            
O’quvchilar  bilan  darsda  olib  boriladigan  ishda  tarbiyaviy  masalaga  erishmoq  uchun 
o'qituvchi  ular  bilan  hamkorlik  qila  olishi,  bolalarni  hamkorlik  jarayoniga  tortishi  zarurki,  bu 
jarayon ular faoliyatining turli sohalarida - bilimda, amalda, ma'naviy faoliyatda, sportda, o'yinda 
amalga  oshiriladi.  O’qituvchi  qanday  qilib  o'quvchilarni  o'zi  bilan  hamkorlik  qilishga  jalb  eta 
olishi xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.  
1.  Hamkorlik  vujudga  kelishi  uchun  jamoada  tashkil  etilishi  lozim  bo'lgan  ishlar 
o'quvchilar  uchun  dolzarb  bo'lishi,  o'quvchilarning  yosh  xususiyatlariga  va  qiziqishlariga  mos 
bo'lishi lozim. 
2.  O'quvchilarni  biror  ishga  jalb  qilar  ekan,  o'qituvchi  ularga  psixologik  va  pedagogik 
jihatdan to'g’ri vazifa qo’yishi, yaxshi yo'l-yo'riq ko'rsatishi lozim. 
3.  O’quvchilar  topshiriqni  amalga  oshirishga  kirishganlarida  o'qituvchi  bir  vaqtning 
o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi. 
Ijodiy  ishlaydigan  o'qituvchi  faqatgina  bolalarni  muvaffaqiyatli  o'qitish  va  tarbiyalash, 
ilg’or  o'qituvchilar  ish  tajribalarini  o'rganish  bilangina  cheklanib  qolmasdai,  tadqiqotchilik 
ko'nikma  va  malakalariga  ham  ega  bo'lishi  zarur.  Hozirgi  zamon  o'qituvchiga  fan  va  texnika 
taraqqiyoti  yutuqlaridan  foydalanishni,  o'zining  tabiiy  faoliyatida  yangi  pedagogik 
texnologiyalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. 
Pedagogik  texnologiya  nima?  Uning  ilmiy  asosida  qanday  nazariyalar    yotadi? 
Amaliyotga tatbiq etish shartlari nimalardan iborat? (Dastlab texnologiya» tushunchasiga aniqlik 
kiritaylik. Bu so'z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»-hunar, san'at, «logos»-fan, 
so'zlaridan  olingan  bo'lib,  «hunar  fani»  ma'nosini  anglatadi.  Pedagogik  texnologiya  -o'qituvchi 
tomonidan  o'qitish  (tarbiya)  vositalari  yordamida  o'quvchilarga  ta'sir  ko'rsatish  va  bu  faoliyat 
mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilab  olingan  shaxs  sifatlarini  shakllantirish  jarayoni  deb 
ta'riflasak  xato  bo'lmaydi.  60-70  yillarda  bu  tushuncha  chet  el      pedagogik  nashrlarida  (AQSh, 
Yaponiya,  Angliya,  Italiya,  Vengriya)  va  xalqaro  konferensiyalarda  keng  muhokama  etildi  va 
uning ilmiy tadqiqot  natijalariga, ko'ra ikki yo'nalishi ko'rsatildi: 
1. O'quv jarayonida texnika vositalarini qo'llash sifatida belgilash.   (M.Klark, Xokridon - 
Buyuk Britaniya, D.Fini - AQSh, S.G.Shopovanenko -Rossiya). 


2.  «O'quv      jarayoni      texnologiyasi»  sifatida  qarash.  (T.Samakato  -Yaponiya,  K. 
Brusming - Shvetsiya, T. A. Ilina - Rossiya). 
80-yillarda  B.P.Bespalko  tomonidan  «Pedagogik  texnologiya»ning  ilmiy  maktabi 
yaratildi. Pedagogik tsxnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum bir pedagogik 
tizimning  loyihasidir.  Pedagogik  tizim  o'zaro  bog’liq  bo'lgan  vositalar,  usullar  va  jarayonlar 
yig’indisi  bo'lib,  shaxsdagi  muayyan  sifatlarni  shakllantirishga  pedagogik  ta'sir  etishni  amalga 
oshiradi. 
Ta'lim  berish  texnologiyasi  -  ta'lim  berishning  umumiy  nazariyasi  balan  uning  amaliy 
tadbiqi orasidagi bog’lovchi bo'g’indir. 
O’qituvchi  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  o'ziniig  amaliy  faoliyatida keng miqyosda 
foydalanishi  lozim.  Hozirgi  zamon  fan  va  texnika  taraqqiyoti  o'qituvchining  ijodkor  bo'lishini, 
fanning  muhim  muammolari  yuzasidan  erkin  fikrlar  yurita  olishi,  fan  yutuqlarini  o'kuvchilarga 
etkaza olishi va nihoyat o'quvchilarni mustaqil hamda ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgata 
olishini talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi o'z ustida doimo ishlashi, mustaqil bilim egallashi, 
kasb mahoratini takomillashtirishi, malakasini oshirishi pedagogik faoliyatining samaradorligini 
oshirishda zaruriy shartlardandir, 
Tarbiya – ijtimoiy hodisa bo’lib, u kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud. 
Inson  yr  yuzidagi  eng  mukammal  zot  bo’lishi  uchun,  eng  avvalo,  tarbiyalanishi  zarur.  Buyuk 
mutafakkirlar, pedagog olimlar barkamol insonni  kamolga ytkazish  uchun tarbiya va tarbiyachi 
naqadar zarurligini uning mohiyati va mazmunini asoslab berishgan. 
Yuqoridagi  fikrlar  asosida  shuni  aytish  joizki,  Sharq  va  G’arb  mutafakkirlari  «har  bir 
inson ilm olib, uning mazmun va mohiyatidan voqif bo’lishi kerak, ilm olib aqliy kamol topish 
kishining  yoshligidan  to  umrining  oxirigacha  davom  etmog’i  lozim»  hoyasini  ilgari  surishadi. 
Ular  barcha  guruhdagi  ma'naviy  qadriyatlarning  mohiyatida  eng  oliy  tuyg’u  –  insonparvarlik 
yotadi, degan fikrga kelishadi. Allomalarning ta'kidlashicha, insonparvarlik – insonning sharafi, 
vijdoni va imonining mahsuli hisoblanadi. 
Insonparvarlik mazmunan boy va xulq-odob qoidalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ya'ni 
insonparvarlik  qadriyati  negizida  mehr-shafqat,  muruvvat  va  oqibat,  saxiylik,  sahovat,  diyonat, 
qanoat, himmat, adolat kabi axloqiy-ma'naviy xususiyatlar o’z ifodsini topgan. 
Adabiyotlar: 
1. Hoshimov K., Nishonova S. «Pedagogika tarixi»-T, «O'qituvchi», 1996. 
2.  O'zbekiston      Respublikasi      «Tatlim      to'g’risida»gi  Qonun.      Barkamol  avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 
3. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 
4. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin