Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148
2 5237912101523035255

Tayanch tushunchalar 
Nafas  olish,  ovozni  yo'lga  qo'yish,  to'g’ri  talaffuz,  savodli,  ifodali  nutq,  mimika, 
pantomimika. 
 
  Ta'lim-tarbiya  jarayonida  pedagogik  texnikaning  ya'ni  jamoa  va  shaxs  bilan  muloqot 
qilish  mahorati,  muloqot  jarayonini  nazorat  qila  olish,  jamoani  tashkil  qilish,  o’z  kayfiyatini, 
ovozini va harakatlarini boshqara olish mahoratining o’rni ham muhimdir. 
  Pedagogik texnika haqida A.S.Makarenko shunday deydi:  «Chiroyli ovoz faqat kuylash 
yoki so’zlashish uchun emas, balki o’z fikr va his-tuyg’ularini aniq, ta'sirchan ohangda ifodalash 
uchun  ham  kerakdir.  Bu  ham  pedagogik  mahoratdir».  Umumiy  qilib  aytadigan  bo’lsak, 
pedagogik  texnika  bu  –  o’qituvchining  o’quvchilarga  shaxsan  ta'sir  o’tkazish  usullarining 
yig’indisidir. 
  Pedagogik texnika tarkibiy qismlari  2 qismga bo’linadi: 
  1-guruh pedagogning  o’z hulqini  boshqara olish  mahorati bilan bog’liq  bo’lib, unga o’z 
organizmini boshqarish (mimika, pantomimika), kayfiyat va his-tuyg’ularini boshqarish, ijtimoiy 
perqepqiya  malakasi  (yuz  ifodasini  o’qiy  olish),  nutq  texnikasi  (nafas  olish,  tovushni  to’g’ri 
tutish, dikqiya) kabilar kiradi. 
  2-guruh shaxsga va jamoaga ta'sir eta olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, ular pedagogik 
muloqot  texnikasi,  talayu  qo’ya  olish  texnikasi,  tartib  o’rnatish  texnikasi,  rag’batlantirish  va 
jazolash texnikasi kabilardan iborat. 
  Mimika  –  o’zining  fikr-mulohazalarini,  his-tuyg’ularini,  kayfiyatini  yuz  muskullari 
harakati  orqali  ifodalash  san'ati.  Ko’pincha  yuz  ifodasi  so’zlardan  ko’ra  kuchliroq  ta'sir  qiladi. 
Mimika nutq mazmuniga mos bo’lishi kerak. U orqali ishonch, tasdiqlash, nozilik, hursandchilik, 
befarqlik, zavqlanish, qiziqish, hafa bo’lish kabi tuyg’ularni ifodalashga yordam beradi. Mimika 
detallari  –  qosh,  ko’z,  yuz  muskullari.  Shuning  uchun  o’qituvchi  doimo’quvchilarga  qarab 
gapirishi  kerak.  O’quvchilar  o’qituvchining  ko’z  qarashlariga  qarab  kayfiyatini,  munosabatini 
aniqlaydilar.  Shu  sababli  o’qituvchining  ko’zi  his-tuyg’ularni  ifodalabgina  qolmasdan, 
o’quvchilarga taalluqli bo’lmagan his-tuyg’ularni yashira olishi ham kerak. 
  Pantomimika  –  fikrlarini  ifodalashda  qo’l,  bosh  va  umuman  gavda    harakatlari,  imo-
ishoralardan foydalanish. 
Ijtimoiy  perqepqiya  –  o’quvchilarning  yuz  ifodalari,  ko’z  qarashlaridan  ular 
psixologiyasini, kayfiyatini aniqlash. 
Mutlaqo to'g’ri bo'lgan pedagogik tadbirni yoki sistemani o'rnatish mumkin emas. Hozirgi 
daqiqa,  hozirgi  bosqich sharoitlari  va  talablaridan  kelib  chiqmaydigan  har  qanday  qotib  qolgan 


qoida  har  doim  noto'g’ri  qoida  bo'ladi,-  deb  yozgan  edi  L.  S.  Makarenko,  L.  M.  Gorkiyga 
yo'llagan maktubida. 
Pedagogik  san'at  vaziyat  bilan  bog’liq.  Bu  erda  har  gal  hamma  narsa  yangidan  sodir 
bo'lganday tuyuladn. 
Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindin ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin 
bo'lmaydi.  Pedagogning  mehnati-bu  behad  izlalish  va  azob-uqubatli  kechinmalar,  ilhom  va 
betakror  turlanish  oni,  ko'pdan-ko'p  kundalik  ishlar,  xafsalasi  pir  bo'lish  va  bolalar  bilan 
birgalikda  boshdan  kechirilgan  quvonchdan  qanoat  xosil  qilishdir.  Pedagogik  san'at-bu 
qandaydir  qo'l  bilan  tutib  bo'lmaydigai,  faqat  farosat  bilan  amalga  oshiriladigan  iarsadir,  degan 
taassurot tugiladi. 
K.  S.  Stanislavskiy  aktyorning  faoliyatini  tahlil  qilib  shunday  degan  edi:  «Nima  qilmoq 
kerak?» beixtiyor, bilar-bilmas, odatdagi narsaniig mahsulidir. Bundan shunday savol tug’iladi: 
xo'sh  bu  «beixtiyor»  bilar  bilmas  «odatdagi  narsaniig  chuqur  ma'noli  sohasi  nimadan  iborat?» 
aktyoriing sistemali ravishda o'z ustida ishlashidan boshqa narsa emas, bu narsa keyin sanatning 
buyuk in'omi, deb ataladi. 
Har  qanday  ijodkorlik,  buning  ustiga  pedagogik  ijodkorlik  quruq  joyda,  faqat  hissiy 
reaksiyalar  asosida  boshlanishi  mumkin  emas.  Tarbiya  san'atida  o'zinig  pedagogik  texnikasi, 
o'zining «bir qolipdagi» mehnat  madaniyati  borki, ularni  bilib  olish zarur. Pedagogik  kadrlarni 
tayyorlash va ularning malakasini oshirishning butun sistemasi ana shu bilib olishga qaratalishi 
lozim.  Biroq,  hali  hech  kim  oliy  o'quv    yurtida      o'qib    yoki    o'qituvchilar  malakasini  oshirish 
kursini  tamomlagandan        keyin  usta  pedagog  bo'lib  qolmagan.  Pedagog  mehnat  ustalari 
maktabda vujudga keladi, bolalar bilan muomalada tarbiyalanadi.                             
Xo'sh  pedagogik  mahorat  nnma  va  u  nimalardan  tashkil  topadi?  Bu  fahm-farosat  va 
bilimlarning,  chinakam  ilmiy,  tarbiyadagi  qiyinchiliklarni  engishga  qodir  bo'lgan  nufuzli 
rahbarlikning,  bolalar  qalbining  qandayligini  his  qilish  mahorati,  ichki  dunyosi  nozik  va  zaif 
bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, 
xayol  va  fantaziyaga  bo'lgan  qobiliyat  mujassamdir.  Pedagogik  mahoratga  pedagogik  bilimlar, 
fahm-farosat  bilan  bir  katorda  pedagogik  texnika  sohasidagi  malakalar  ham  kiradiki,  ular 
tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko'proq natijalarga erishish imkonini beradi. 
Pedagogik  mahorat  nazariyasi  va  metodikasining  ishlab  chiqilmaganligi  shunga  olib 
keladiki,  pedagoglarning  har  biri  o'zicha,  paypaslab  ijodiy  izlanish  olib  boradi,  ayni  bir  xil 
savollari: bolalar bilan, pedagoglar jamoasi bilan qanday qilib til topish mumkin? Qanday qilib 
qisqa muddat ichida bolalar o'rtasidagi munosabatlarniig haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak? 
Bolalarni pedagogik talablarni bajarishga qanday qilib majbur etish kerak? Qanday qilib yaxshi 
pedagogik  ruhiyatni  saqlab  qolish  va  o'z  kuch-quvvatini  oqilona  sarflash  mumkin?  degan 
savollarni muttsil takrorlaydi va hokazo. 
Bu savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning ishida zarur bo'lgan umumiy 
pedagogik  malakalarni  shakllantirish  bilan  bog’liq  bo'lib,  mazkur  masalalrii  xal  qilish 
pedagogdan  odatdan  tashqari  kuch-g’ayratni,  kat'iyatni,  tirishqoqlikni,  tadqiqotlar  olib  borishga 
intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to'g’rilik va xalollikni 
tekshirib ko'rish masalasini, o'z topilmalarning qimmatini aniqlash qobiliyatini talab qiladi. 
Pedagogik  fan  bilan  tarbiya  san'atining  uzviy  aloqadorligi  zarurki,  u  yuksak  kasb 
mahoratini  ta'minlaydi.  Lekin  ayrim  pedagogik  xaqiqatlarni  eslab  qolishning  o'zi  etarli  emas, 
ularni ijodiy mushohada  qilish, amalda tatbiq eta bilish zarur. 
A.  S.  Makarenko  aytib  o'tganidek,  pedagogika  eng  dialektik,  harakatchan  murakkab  va 
xilma  xil  fandir.  Tarbiya  iazariyasida  tayyor  andozalar  yo'q,  pedagogika  hayotining  barcha 
hodisalari  uchun  tayyor  echimlarni  taklif  qilmaydi!-  degan  qoida  siyqasi  chiqqan  qoida  bo'lib 
qoldi. 
Biz  pedagogik  hodislniig  eng  umumiy,  eng  muhim,  ya'ni  doimo  takrorlanib  turadigan 
tomonlari  bilan  ish  ko'rgan  joyimizda  aniq  tavsiya  bo'lishi  mumkin.  Odamlar  bilan  ish  ko'rgan 
joyimizda, chamasi katiy belgilangan tavsiyalar, «andozalar» bo'lmasligi ham mumkin. Biz ilmiy 
pedagogika nuqtai nazaridan mutlaqo aniq va qat'iy ayta olamizki, o’z-o’zini boshqarish, o'yin, 


ijtimoiy ta'sir ko'rsatish, ijodiy mehnat va hokazo vositalarsiz ota-ona ham, pedagog ham ish olib 
borolmayidi.  Lekin  ularning  har  birini  alohida  holda  qo'llanishi  bolalarning  turli  toifalari 
o'rtasida turlicha bo'lishi lozim. 
Pedagogik vositalarni tanlash ularning tarbiya maqsadlariga muvofiqligi bilan belgilanishi 
tushunarlidir. Maqsad o'ziga xos  ichki  yo'l-ko'rsatkich hisoblanadi,  u butun ayrim pedagogning 
faoliyatini yo'naltirib turadi. 
Tarbiyaning  maqsadlari,  vositalari  va  natijalari  o'rtasida,  shuningdek,  tarbiyalanuvchi  va 
tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadlari 
bilan to'qnash kelib qoladi. Axir, bolaning ham o'z maqsadlari (xatto strategiya maqsadlari) bor. 
O'quvchining  rivojlanish  mantiqi,  uning  tafakkuri,  harakatlari  bitta  nuqtai  nazarda, 
tarbiyachining  mantiqi  boshqa  nuqtai  nazarda  turishi  mumkin.  Bunday  variantda  hech  qanday 
tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish bo'lmaydi. O’qituvchi bilan mos kelsa, navbatdagi «to'siqlarni» engish 
uchun  birgalikda  vositalar  qo'llansa,  chinakam  tarbiya  jarayoni  sodir  bo'ladi.  Bu  jarayon 
kattalarni ham, bolalarni ham o'ziga jalb qiladi, ularga ham bularga ham quvonch bag’ishlaydi. 
Tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilariing tevarak atrofdagi voqelikni va ayni vaqtda o'z-o'zlarini 
o'zgartirishga  qaratilgan  birgalikdagi  faoliyati,  kattalar  bilan  bolalar  qarashlarining  birligi, 
tarbiyalash san'ati asosida ana shular turadi. 
Pedagogik  faoliyatda  vositalar,  maqsadlar  va  natijalarning  nisbatini  doimo  tahlil  qilib 
tashkil etadi, bir-biriga bog’liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga 
oshirish usuli-bo'lajak natijadir. 
Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi. 
Tajribada ma'lum darajada qo'llaiilgan har qanday vosita iatija beradi, xatto biror sababga ko'ra 
ifodalanmagan  bo'lsa  ham  natija  beraveradi.  Lekin  maqsadi  aniq  ifodalangan»  pedagogik 
vositagina samaralidir. Uquvchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning har bir aniq holatiga, umuman 
tarbiyada  biz  nimaga  erishmoqchiligimizni  aniq  bilib  olmasak,  samarali  pedagogik  vositalarni 
tanlash muvaffaqiyatli bo'lshini tasavvur qilish qiyin. 
Tajribada mavjud bo'lgan haddan tashqari ko'p pedagogik vositalarni sanab chiqish bizning 
vazifamizga kirmaydi. Shu munosabat bilan faqat ikkita mulohaza bilan kifoyalanamiz. 
Birinchi  mulohaza:  har  qanday  pedagogik  vosita  hamisha  bir  qator  boshqa  vositalar, 
usullar,  shartlar  bilan  bog’liq  bo'ladi.  Ular  pedagogik  jarayonning  muayyan  bosqichda  tya'sir 
ko'rsatish  iatijasini  belgilab  beradi.  Masalan,  rag’batlantirish  bir  jarayonlarni  tezlashtirish  va 
boshqarishga  to'sqinlik  qilishi,  turli  salbiy  va  ijobiy  hissiyotlarning  turli-tuman  ko'rinishlarini 
vujudga  keltirishi  mumkin.  Bazan  bu  xol  pedagogik  bir  metodning  boshqalariga  ta'sirini 
muvozanatlash zarurligiga olib keladi, 
Ikkinchi   mulohaza:    ayrim   vositalarni   qo’llash   pedagogni    ular ta'sirini, mumkin 
bo'lgan o'zgarishini anglash qobiliyatlariga    butunlay bog’liq bo'ladi. Jamoa muomala sharoitida 
vositalarni  qo'llash  minut  sayin  o'zgarib  turadigan  vaziyatni  hisobga  olish  zarurligini  taqozo 
qiladi. 
Xozircha  biz  ko'proq  mavhum  kategoriyalardan  foydalanamiz.  Amaliy  faoliyatda  esa 
vositalar,  maqsadlar  va  iatijalar  dialektikasi  ovozlar  shovqini,  g’oyat  turli-tuman  ehtiyojlar  va 
da'volarning avj olishi bilan to'la bo'ladiki bu barcha jonli manzara doimo bir kishining-pedagog 
tarbiyachining diqqat markazida bo'lishi lozim. 
Xo'sh,  uning  mahorati  nimalarda  ifodalanishi  mumkin?  Avvalo  shoshilinch  tahlil  qilishda 
va  tezda  ishga  kirishishda  ifodalanishi  mumkin.  Agar  bu  shoshilinch  taxlil  noaniq  bo'lsa, 
vositalar ham albatta noto'g’ri tanlanadi, unda olingan natijani, o'zgartirish uchun yangi vositani 
izlash  talab  qilinadi.  Qo'llaniladigan  vosita  va  ma'naviyat  pedagog  amal  qiladigan  qadriyatlar 
sistemasi  o’rtasida  bevosita  bog’liqlik  bor.  Pedagog  vositalarga  tor  amaliyotchilik  nuqtai 
nazaridan prinsipsizlarcha yondashuv (ulardan foydalanishni bilgan taqdirda) tezda ayrim muhim 
natijalarga  to'liq  tartibda,  tashkiliy  aniqlikka  erishish  va  o'ziga  xos  xususiyatlardan  bexabar 
qolish  bularni  pedagogik  mahoratining  namoyon  bo'lishi  deb  qabul  qilish  mumkin.  Chinakam 
mahorat esa o'qituvchiga ushbu qoidani yuklaydi: barcha vositalar biror kishini hayron qoldirish, 


pedagogning  shaxsidan  fahrlanish  uchun  emas,  balki  tarbiyaning  juda  murakkab  va  ulkan 
vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi. 
V.A.Suxomlinskiy yozuvchi G. Medinskiyga yozgan xatlaridan birida bunday deb yozgan 
edi:  «Msn  insonga  qatiy  talabchan  bo'lish,  takomillashtirish  va  o'z-o'zini  takomillashtirishning 
qatiy qoidalari tarafdoriman. Talabchanlik saxiylikning, insonparvarlikning ikkinchi tomonidir». 
Ishonch  va  talabchanlik  dialektikasi  Suxomlinskiyning  ijodiy  merosida  eng  mayda  tomonlari 
bilai  ochib  beriladi:  u  masalan,  farqni  birinchi  o'ringa  nimani-yaxshiliknimi  yo  qatiyliknimi 
qo'yishda,  dsb  biladi.  U  o'z  asarlarida  bunday  yozgan  edi:  «Men  Makarenkodan  keyin  uning 
mashhur  talabchanlik  bilan  birga  qo'yilgan  hurmat-ehtirom  formulasini  ataylab  takrorlamadim. 
Juda  ko'p  pedagoglar  «talabchanlik»  bilan  birga  qo'shilgan  hurmat-ehtirom  formulasini 
talabchanlik asosi deb hisoblaydilar. 
Pedagogik  texnikani  egallashning  asosiy  yo'llari  o'qituvchi  rahbarligidagi  mashg’ulotlar 
(pedagogik  texnikani  o'rganish)  va  mustaqil  ishlash  (kasbiy  jihatdan  o'z-o'zini  tarbiyalash)dir. 
Pedagogik texnika malakalarining individual tusda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani 
egallashda  va  uni  takomillashtirishda  kasbiy  jihatdan  o'z-o'zini  tarbiyalash,  ya'ni  talabaning 
o'zida  mohir  o'qituvchi  shaxsiy  fazilatlarini  va  kasbiy  malakalarini  shakllantirishga  qaratilgan 
faoliyat  etakchi  rol  o'ynaydi  deb  aytish  mumkii.  Kasbiy  ideal  siri  bu  harakatda  ham  pedagik 
texnikani  egallash muhim  rol o'ynamog’i lozim.  Tashkiliy-metodik  jihatdan pedagogik  texnika 
mashg’ulotlari individual, gruppaviy yoki ketma-ketlikda o'tkazilishi mumkin. 
Masalan, zarur bilimlar leksiyalarda yoki tegishli adabiyotni (xususan, mazkur qo'llanmani) 
mustaqil o'qishda egallanishi mumkin.  Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy  harakatlar (to'g’ri 
artikulyasiya,  fonasion  nafas  olish  usulari,  relaksasiya  usullari  va  shu  kabilar)  ketma-ket 
ko'rsatilishi  mumkin.  Tegishli  ko'nikmalarni  ishlab  chiqish  individual  ishlashni  dastlab 
o'qituvchilarning nazorati va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlashni talab qiladi. 
Pedagogik  texnika  malakalarini  shakllantirishda  jamoaviy  ish  olib  borish  alohida  rol 
o'ynaydi.  Pedagogik  texnika  mashg’ulotlarining  bu  shaklini  ancha  batafsilroq  ochib  berish 
maqsadga  muvofiqdir,  chunki  u  hozirga  qadar  o'qituvchilar  uchun  mo'ljallangan  o'quv  va 
metodik  adabiyotda  lozim  darajada  ko'rsatib  berilmagan.  Xuddi  shunday  ishda  pedagog  oldida 
o'zini boshqa kishilar ko'zi  bilai  ko'rish,  xulq-atvor va muomalaning yangi  shakllarini  izlash  va 
sinab  ko'rish  o'zining  odamlar  bilan  barcha  qiladigan  ishi  xususiyatlarini  anglash  va  kasbi 
faoliyatining  individual uslubini ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi. Gruppa 
shaxsining  o'z-o'zini  bilim  va  o'z-o'zini  tarbiyalash  laboratoriyasi,    pedagogik  vazifalarni  hal 
qilishning yangi usullari tekshirib    ko'riladigan, nazariy masalalar muhokama qilinadigan tajriba 
maydoni bo'lib qolishi mumkin. 
Psixologlarning  pedagogik  texnikani  guruh  bo'lib  o'rgatish  tajriba  ishida  bunday 
guruhlarniig eng qulay miqdori 10-14 kishidan iborat bo'lishi belgilab berilgan. 
Qatnashchilarning  xuddi  shunday  miqdori  ulardan  har  biriga  boshqa  kishilar  bilan  birga 
ishlashning  individual  psixoxlogik  muammolarining  empatiya  darajasini  jiddiy  oshirish, 
pedagogik  fahm-farosatni  rivojlantirish,  boshqalarga  ta'sir  etish  vositalarini  kengaytirish 
imkonini beradi. 
Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo'lajak pedagoglar kasbiy jihatdan birga ishlash 
malakalarini egallashga faol  intilishlari, o'z-o'zini tarbiyalash  bo’yicha  chuqur ish  olib borishga 
psixologik  jihatdan  tayyor  bo'lishlari  kerak.  Barcha  hollarda  ham  individual,  ham  guruhiy 
mashg’ulotlar  boshlanishidan  oldin  pedagogik  texnikani  egallashning  individual  dasturi  tuzib 
chiqilishi  lozim.  Bunday  dasturni  tuzish  uchun  avvalo  pedagogik  texnika  malakalari 
shakllanishining  boshlang’ich  darajasini  aniqlab  olish  zarur.  Biroq,  tajribaning  ko'rsatishicha, 
odatda,  mazkur  bosqichda  faqat  malakalar  haqidagina  emas,  shu  bilan  birga  dastlab 
avtomatlashtirilgan  (ta'limni  boshlash  vaqtiga  kelib)  ko'nikmalar  haqida  ham  gap  borishi 
mumkin emas. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin