Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148
2 5237912101523035255

Nutqning  mantiqiyligi.  Mantiqiylik  nutqning  tinglovchi  tomonidan  to'g'ri  va  to'liq 
anglanilishi  uchun  zaruriy  bo'lgan  sifatlardan  biridir.  Mantiqiylikdan  mahrum  bo'lgan  biron-bir 
nutq  kishilar  o'rtasidagi  tayinli  aloqani  ta'minlay  olmaydi.  Nutqning  mantiqiyligini  to'g'rilik  va 
aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki to'g'ri va aniq bo'lmagan 
nutq  hech  qachon  mantiqiy  bo'lishi  mumkin  emas.  Zotan,  to'g'ri  va  aniq  bo'lmagan  nutqdan 
mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me'yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli 
birliklar noo'rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo'lishi tabiiy. 
Fikr tarkibi va qurilishining to'g'ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. 
Nutqda  til  vositalarining  mantiq  va  to'g'ri  tafakkur  qonuniyatlariga  mos  tarzda  mazmuniy 
birikishi  nutq  mantiqiyligini  baholashning  bosh  o'lchovi  hisoblanadi.  Shunga  ko'ra  mantiqiylik 
sifatini  nutqda  so'zlar  va  gaplar  o'rtasidagi  semantik  aloqalarning  fikrning  mantiqiy  mohiyatiga 
hamda uning rivojlanib borishiga qat'iy mosligi tarzida ta'riflash maqsadga muvofiqdir. 
Aytish  mumkinki,  nutqning  mantiqiyligi  struktura  nuqtai  nazaridan  ko'proq  tilning 
semantik sathi bilan bog'liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga 
erishish  uchun  til  birliklarining  sintagmatik  imkoniyatlarini  yaxshi  bilishi  lozim.  Lekin  buning 
o'zigina  yetarli  emas.  So'zlovchi,  eng  avvalo,  bayon  etmoqchi  bo'lgan  fikrini,  bildirmoqchi 
bo'lgan  xabarini  va  u  bilan  bog'liq  tafsilotlarni,  ayni  paytda  mantiq  qonuniyatlarini  yetarli 
darajada  tasavvur  etmas  ekan,  u  mantiqli  nutq  tuza  olmaydi.  Bu  o'rinda  nutq  tuzuvchining 
tafakkur  qobiliyati  juda  muhimdir.  Ko'rinadiki,  nutqning  mantiqiy  bo'lishi  uchun  ham  lisoniy, 
ham g'ayrilisoniy omil ishtirok etadi.  
Mantiqiy nutq tuzish uchun so'zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur 
qoidalaridan  boxabar  bo'lish  kabi  g'arilisoniy  talablar  bilan  bir  qatorda  til  birliklarining  leksik-
semantik  mohiyati,  ularning  sintagmatik  xususiyati  kabi  lisoniy  bilimlarni  ham  nazardan 
qochirmasligi kerak. 
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o'rtasidagi 
munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz 


loyiqligi  asosida  yuzaga  keladi.  Mantiqiylikdan  mahrum  bo'lgan  matn  nutqiy  muloqot  uchun 
yarashiqsiz va yaroqsizdir. 
Nutqning  sofligi.  Har  qanday  narsaga  baho  berilganda,  avvalo,  uning  asligi,  boshqa 
keraksiz  unsurlardan  xoliligi,  o'z  mohiyatiga  muvofiq  toza  tarkibga  egaligi  kabi  me'yorlardan 
kelib  chiqadi.  Soflik  sifati  nutqni  shunday  baholash  me'yorlaridan  hisoblanadi.  Aytish  lozimki, 
nutqning  bu  kommunikativ  sifati  adabiy  til  va  nutq  Bilan  jamiyat  munosabatida  namoyon 
bo'ladi. Shunga ko'ra nutqning sofligi nutqning adabiy til me'yorlariga va jamiyatdagi ma'naviy – 
axloq  qoidalariga  yot  bo'lgan  unsurlardan  xolililigi  bilan  belgilanuvchi  kommunikativ  sifat 
tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma'naviy-ma'rifiy, lisoniy-
madaniy saviyasini namoyon etadigan ko'rsatkichlardan biridir. 
Adabiy  nutqning  sofligiga  putur  yetkazuvchi  unsurlarning  asosiysi  sifatida  quyidagilarni 
alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq: 
1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz
2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar); 
3) jargon va argolar
4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar); 
5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar; 
6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k. 
Nutq  tuzuvchi  o'z  nutqining  sofligi  haqida  qayg'urar  ekan,  albatta,  mazkur  unsurlarni 
qo'llashdan tiyilishi lozim. 
Ma'lumki,  shevaga  xos  so'zlar  adabiy  tilninng  leksik  me'yorlaridan  tashqarida,  shuning 
uchun  ham  uning  nutqda  ishlatilishi  soflik  sifatining  buzilishiga  olib  keladi.  Hatto  nutqning 
to'g'ri tushunilishiga ham halaqit beradi. 
Ayni paytda ta'kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o'ziga xos nutq uslubi sifatida 
shevaga  xos  so'z  va  boshqa  birliklarning  muayyan  maqsad  bilan  qo'llanishiga  imkon  yaratadi. 
Sheva  so'zlari  va  grammatik  shakllari,  ya'ni  dialektizmlar  badiiy  nutqda  aniq  estetik  vazifani 
ko'zda tutgan holda qo'llaniladi. Ta'kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi 
ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan 
ham bog'liqdir. 
Tabiiyki,  turg'unlashgan  nutqiy  qoliplardan  qutulish  uchun,  avvalo,  tafakkurdagi 
qoliplardan  voz  kechish,  mustaqil  va  ijodiy  tafakkur  malakalarini  oshirib  borish  zarur.  Bunga, 
ayniqsa,  maktabda  alohida  ahamiyat  berilishi  kerak.  Rasmiy  uslubdan  boshqa  usulublarda 
qo'llangan  tayyor  nutqiy  qoliplar  o'quvchining  ijodiy  tafakkur  ko'nikmalarining  tarkib  topishi, 
barqarorlashishiga halaqit beradi. Sof nutqning go'zal namunalari bo'lmish har jihatdan pishiq  – 
puxta badiiy asarlarni muntazam mutolaa qilib borish o'z samarasini beradi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin