Ishni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jihatdan samarali rivojlantirib
bo'lmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtasodiy zarar ksltiradi. Pedagogik mehnatni
nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o'qituvchi ishini muntazam va rejali kuzatib borish, yutuq
va kamchiliklarni aniqlash, muhimlarini ajratib olish ko'zda tutiladi. Hisobga olishning eng
maqbul yo'li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa ob'ektivlilik, omilkorlik,
samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab qiladi.
O'qituvchi mehnatini nazorat qilish va xisobga olishning muntazamliligi, izchilligi
quyidagilardan tashkil topadi:
• o'quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorarlikda o'z-o'zini nazorat qilish;
• darsdan tashqari vaqtlarda ta'lim-tarbiyani nazorat qilish va o'z-o'zini kuzatish;
• o'qituvchining darsdan
tashqari vaqtda nazorat qilish;
• ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan
ishlarni nazorat qilish;
• o'z ustida ishlashni nazorat qilish.
Dostları ilə paylaş: