Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
2 5237912101523035255

 
 
 
 
 
 
          
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
Mundarija 
 
1.O‘quv materiallari  
 
A) ma’ruza matnlari 
B) amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari 
 
2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari 
 
3.Glossariy 
 
4. Ilovalar: 
 
A) Fan dasturi 
B) Ishchi dasturlar 
V) Tarqatma materiallar 
D) Testlar 
G) Baholash mezonlar 
YE) O‘UMning elektron varianti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING O'QITUVCHI 
FAOLIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI   
                                  Reja: 
1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha  
2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.  
3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni 
 
Tayanch tushunchalar: 
Mahorat, pedagogik mahorat, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiy  qismlar, o'qituvchi 
shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat. 
 
O'quv-tarbiya  ishlari  jarayonida  eng  yuksak  natijalarga  erishib,  faoliyatiing  yuksak 
darajada    baholanishini    va    hamma  tomondan    tan  olinishini    istamaydigan  o’qituvchi   
topilmasa      kerak.      Bunga      erishishini,      ana      shu      xil      orzuning      ushalishini  pedagogik 
mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday 
erishsa  bo'ladi?  Hozirgi  zamon  pedagogika      va      psixologiya  sohasidagi      adabiyotlarda   
«Pedagogik  mahorat»    tushunchasiga  doir  turlicha  izohlarga  duch  kelamiz.  Bu  tushunchaning   
mohiyatini  bir      muncha      to'laroq,  aniqroq  ta'rifi  «Pedagogak      endiklopediya»da      berilgan 
deyish   mumkin.  Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va 
mohiyatini bir muncha to'g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va 
uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini   ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo’ygan 
va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinnng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan 
pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning 
tsgishli  sohalarini  yaxshi  tahlil  eta  olaadigan,  tarbiyalash  va  o'qitish  uglubiyotini  mukammal 
egallagan mutaxassisdir”. 
Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda 
Pedagogik  mahorat  tushunchasi  mazmuniga  kiradigan  quyidagi  masalalarni  ajratish  mumkin 
bo'ladi: 
1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 
2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim;  
3. Pedagogika,   umumiy,   yosh   va   pedagogik-psixologiya kabi   fanlar sohasidagi bilimlar 
bilan q urollanganlik,  ulardan  o'qitish  va        tarbiyalash  ishlari  tajribasida  erkin  va  ustalik  bilan 
foydalana bilish; 
4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. 
Pedagogik  mahoratning  mazmunida  quyidagi  o'zaro  bog’liq  bo'lgan  asosiy  qismlarini 
ajratish mumkin: 
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 
2. Mutaxassislikka doir bilimlar
3. Pedagogak qobiliyat; 
4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor) 
  
O’qituvchilik  dunyodagi  eng  qadimgi  kasblardan  biridir.  Uiing  ijtimoiy  ahamiyati  hech 
qachon  kamaymaydi,  so'nmaydi.  O’qituvchilik  kasbi  bir  qator  muhim  talablarga  javob  berishi 
kerak. 
Hozirgi  davrda,  biz  mustakil  O'zbekistonda  qurayotgan  demokratik  xuquqiy  davlatda 
faoliyat  ko'rsatadigan  o'qituvchi  qanday  bo'lishi  kerak?  Hozirgi  zamon  o'qituvchisining  shaxsi 
uchun  eng  muhim  asos  -  bu  insopparvarlik  yo'ialishidir.  O’qituvchi  juda  yuksak  darajada 
umumiy  madaniyatga  ega  odam.  U  juda  ko'p  narsani  bilishi  kerak,  hozirgi  zamonda  o'zi 
o’qiyotgan  fan  sohasidagi  yutuqlardan,  yangiliklardan  xabardor  bo'lishi,  o'z  o'quvchilarini  har 
kuni  o'qishga  o'rgatib  borish  uchun  o'zi  muntazam  o'qib  o'rganishi,  o'z  bilimini  to'ldirib, 
chuqurlashtirib borishi kerak. 
Demak,  o'qituvchi  pedagogik  mahoratining  asosi  o'z  ustida  ishlab  borish  –  mustaqil 
o'qishdir. 


Fan  va  madaniyat  rivojlanishi  ta'lim-tarbiya  ishlarining  qay  yo'sinda  olib  borilishidan 
kelib  chiqadi.  Bu  falsafiy  aqida  davlat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan  ijtimoiy qonuniyat  hisoblanadi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta 
tiklash  borasida,  milliy  urf-odatlar,  turli-tuman  an'analarni  joyiga  qo'yish,  milliy  qadriyatlarni 
yanada  rivojlantirish  xususida  juda  keskin  va  buyuk  burilishlar  bo'lgani  barchaga  ayondir. 
Davlatning  buyuk  kelajagi  -  yoshlarni  chuqur  bilimli  va  pokiza  axloq-odob,  qalb  egasi  qilib 
tarbiyalash  lozimligini  yoddan  chiqarmaslik  lozim.  Bu  katta  muammoda  mahoratli,  bilimli 
pedagoglarni o'rni muhim va pedagogik mahorat fanining roli ulkan.  
«Pedagogik mahorat» fanining predmetini  psdagogning faoliyati tashkil etadi.  
«Pedagogik mahorat» kursining maqsadi esa - mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat. 
Pedagogik mahorat fanining vazifalari:  
-  tarbiyaning  mohiyatini  va  shaxsni  har  tomonlama  taraqqiy  ettirishda  tarbiyaning  rolini  ochib 
boradi;  
-  tarbiyaning  maqsadi,  mazmuni,  usullari,  uni  tashkil  etishdagi  shakllari  o'rtasidagi 
bog’lanishlarni ko'rsatadi;  
-  shuningdek  pedagogik  mahorat  fani  o'z  taraqqiyoti  davomida  ta'lim-tarbiya  sohasidagi 
tajribalarni  umumlashtiradi,  tarbiyaning  kelgusidagi  rivojlanish  istiqbollari  yo'llarini  yoritib 
beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatadi.  
O'qituvchinnng  pedagogik  mahorati  shunday  bir  malakalar  yig’indisidirki,  u  pedagogga 
tarbiyalanuvchilar ko'rib va eshitib turgan narsalar orqali o'z fikrlarini yetkazish imkonini beradi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin