Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
2 5237912101523035255

 
PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI 
MAHORATI MASALALARI  (4 SOAT) 
Reja: 
1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o'qituvchi-murabbiy haqida. 
2.  O’qituvchining        kasb-mahoratini          tarbiyalashning        mohiyati        to'g’risida  chet  el 
olimlarining pedagogik qarashlari. 


3. Hozirgi davrda o’qituvchilarniit kasb-mahoratini  tarbiyalashning  amaliyotdagi ahvoli. 
Tayanch tushunchalar: 
O’qituvchi shaxsi, kasbiy fazilatlar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya. 
 
Mustaqil  respublikamizning  oldida  turgan  asosiy  vazifalardan  biri  -  yuqori  malakali 
kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda 
yoshlarning  har  tomonlama  kamol  topishi  davr  talabi  va  ehtiyojidir.  Maktablarimiz  ma'naviy 
baquvvat,  bilimli,  o'z  mustaqil  Vatanimizdan  faxrlanish  tuyg’usiga  boy  kishilarni  tarbiyalashi 
kerak.  Bu  esa  ta'lim-tarbiya  oldidagi  murakkab,  keng  ko'lamli  muammolardan  biridir.  Xalq 
ta'limi tizimida hal   qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa, 
o'quvchi  bilim  darajasi  ham  baland  bo'ladi.  O'qituvchilarimiz  bugungi  zamon      talablariga  mos 
bilimlar  sohibi,  yangilangan    ta'lim  mazmunini  egallagan  bo'lishlari  kerak.  Pedagog  xodimlar 
o'zlarining  kasb  ko'nikmalari,  muallimlik  mahoratlarini  doimo  takomillashtirib  borishlari  shart, 
deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda. 
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi 
to'g’risida  mulohazalar,  muallimning  mahorati,  ularga  qo'yiladigai  talablar,  fazilatlariga  oid 
qarashlar,  munosabatga  kirshish  mahorati,  muomala  madaniyati  Shark  mutafakkirlarining 
asarlarida  o'z  ifodasini  topgan.  Sharq  ma'naviy-madaniyatining  xilma-xil  jihatlari,  ayniqsa 
Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-
Xorazmiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abdurahmon  Jomiy,  Jaloliddin  Davoniy, 
Alisher  Navoiy  va  boshqa  ko'plab  mutafakkirlarning  ijodlari  pedagogik  tafakkur  taraqqiyotida 
yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. 
Sharqning  buyuk  allomasi,  qomusiy  olim  Forobiy  (873-950)  muallimning  ijtimoiy 
hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin