Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   148
2 5237912101523035255

YAXSHILIK QILISH 
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar orasida yaxshilik qilish fazilati muhim o’rin egallaydi. 
Markaziy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  yodgorligi-“Avesto”  da  ezgu  fikr,  yaxshi  so’z  va  yaxshi 
ishlar  insoniy  fazilat  sifatida  ulug’lanadi.  Islom  ta‘limotida  boshqalarga  yaxshilik  qilish 
insonning  tabiiy  ehtiyoji,  vojiboti  bo’lishi  kerakligi  tushuntiriladi,  ayniqsa,  ota-onalar,  ayollar, 
yosh bolalarga yaxshilik qilish juda qadrlanadi.  
Ota-bobolarimiz  doimo  yaxshi  niyat,  yaxshi  orzu-istaklar  bilan  intilganlar.  O’zlaridan 
yaxshi  nom  qoldirishga  intilganlar.  “Yaxshilarga-yaxshilik  qildim,  yomonlarni  esa  o’z 
yomonliklariga topshirdim” (Amir Temur o’gitlari. Toshkent, “Navro’z”, 1992 yil, 17-bet). 
Kishilarning fe‘l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so’zi ularning xulqiga bog’liq. 
Yaxshi xulq egasi bo’lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla Avloniy yaxshi xulqlar 
qatoriga:  fatonat,  diyonat,  islomiyat,  nazokat,  g’ayrat,  riyozat,  qanoat,  shijoat,  ilm,  sabr,  hilm, 
intizom,  miqyosi,  vijdon,  vatanni  so’ymak,  haqqoniyat,  nazari  ibrat,  iffat,  idrok  va  zako,  hifzi 
lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni 
kiritadi.  “Emdi  bu  yaxshi  xulqlarni  qo’lga  olmak  uchun  ota-ona,  muallim,  ustodlarimiz 
hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi 


kishilar  birla  ulfat  bo’lmak,  axloqi  buzuq,  yomon  kishilardan  qochmoq  lozimdur”  (Turkiy 
guliston yoxud axloq. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil, 16-bet). 
Yaxshilik-ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki 
biror xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig’indisini aks ettiradi. Yaxshilik-kishining axloqiy 
ongi  va  axloqiy  tajribasida  jamiyat  va  shaxs  manfaatlarining  birligini  aks  ettirib,  shaxsga  va 
jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir. 
O’qituvchi  odobida  yaxshilik  fazilatiga  pedagogik  faoliyat  bilan  bog’iq  holda, 
o’qituvchining  yaxshiligi  shaklida  aniqlik  kiritiladi.  Unda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  jamoasi 
manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta‘lim va tarbiyaning samarasi 
uchun  kurashning  birligi  aks  etadi.  Yaxshilik  fazilati  muallimning  ham,  o’quvchilarning  ham, 
ota-onalarning  ham  yaxshi  niyatli, xayrixoh, mehribon  bo’lishini  taqazo qiladi.  Yaxshilik qaror 
topishi  uchun  pedagoglik  jarayonida  yomonlikka  murosasiz  bo’lish  yaxshi  istak  bilan  xush 
muomala qilish, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-harakatlarning birligi zarur. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin