Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’qituvchilik mas‘uliyati, vijdoni, sha‘ni va qadr-qimmati



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   148
2 5237912101523035255

             4. O’qituvchilik mas‘uliyati, vijdoni, sha‘ni va qadr-qimmati 


Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. Boshqa kishilar oldidagi o’z 
burchini anglash va uni kishi xulqining rag’batiga aylantirish, odam o’z faoliyatini boshqalarga 
ko’proq yaxshilik qtsilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo’naltirishi mas‘uliyat tushunchasining 
mazmunini tashkil etadi. 
O’qituvchining mas‘uliyati-mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda 
muallimning  faoliyati  va  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  aniq  vazifalarini  ham  o’z  ichiga  oladi. 
O’qituvchi  zimmasiga  bola  shaxsini  barkamol  inson  sifatida  tarbiyalash  mas‘uliyati  yuklanadi. 
Muallim o’quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. 
Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, alohida yondashishi, unda 
mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy fazilatlarni avaylab ustirishi lozim. 
Jamiyatning kelajagi, ota-onaning umidi, nuri-diydasi-farzandning taqdiri, kelajagi uning 
qo’liga  ishonib  topshirilgan.  O’qituvchilik  kasbini  tanlagan  kishilar  o’z  zimmalariga  qanchalik 
yuksak sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini etishlari lozim.  

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin