Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’QITUVCHILIK SHA‘NI VA QADR-QIMMATI



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148
2 5237912101523035255

      O’QITUVCHILIK SHA‘NI VA QADR-QIMMATI 
Kishining  qadr-qimmati,  avvalo,  umumiy  ishga  qo’shayotgan  hissasining  salmog’i  va 
sifati  bilan  belgilanadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  jamiyatda  inson  o’z  mehnatining 
salmog’i  va  sifati  bilan,  aqliy  va  jismoniy  mehnatining  samarasi  bilan,  ishbilarmonligi  bilan 
qadrlanadi.  Halol  mehnat  kishining  qadrini,  izzat-hurmatini  oshiradi.  Kishi  o’z  mehnatining 
qadriga  yetishi,  u  bajarayotgan  ish  jamiyatda  ahamiyatli  ekanligini  tushunishi  lozim.  Kishining 
umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i, u qaysi vazifani bajaryotganligida emas, balki 
o’z  ishini  qanchalik  yaxshi,  sidqidildan  bajarishiga  bog’liq.  Insonning  qadr-qimmati  uning 
mansabi, kasbi-koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq-
atvoriga bog’liqdir. Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning qadr-qimmati, sha‘ni deb ataladi. 
U  avvalo,  o’qituvchidan  o’z  ishining  ustasi,  kamtar  bo’lishni,  shu  bilan  birga  pedagoglar  va 
o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishini talab etadi. Sinfga maktab direktori, nazoratchi yoki 
boshqa kishilar darsni kuzatishga, tekshirishga kirgan paytlarida muallim “g’falatda” qolmasligi 
lozim. Bunday paytlarda o’qituvchi, avvalo, o’z o’quvchilari oldida sinovdan o’tadi.  
Kishining  sha‘ni  –  yuksak  insoniy  fazilat  bo’lib,  o’z-o’ziga  bo’lgan  munosabati,  unga 
atrofdagi  kishilar  va  jamiyatning  munosabatini  ham  bildiradi.  Kishining  sha‘ni-shaxsning 
xizmatlarini jamiyat tomonidan tan olinishidir. Sha‘n, kishining sha‘ni deganda, odamning yoki 
u  mansub  bo’lgan  sotsial  guruhning  qadr-qimmati,  yaxshi  nomi,  obro’si,  shuhrati,  dong 
chiqarishi kabilar ham nazarda tutiladi (Oila sha‘ni, olimlik sha‘ni, o’qituvchilik sha‘ni, rahbarlik 
sha‘ni kabi). Sha‘n tushunchasi bilan qadr-qimmat uzviy bog’liqdir. Qadr-qimmat kishi tevarak 
atrofidagi  odamlar  ning  hurmatiga  sazovor  bo’laganini  jamoatchilik  tomonidan  tan  olinishidir. 
Kishining sha‘ni va qadr-qimmatini oyoq osti qilish mumkin emas. U bizning mamlakatimizda, 
davlatimizda  qonun  bilan  ham,  jamoatchilik  fikri  bilan  ham  himoyalanadi.  O’qituvchi  odobida 
muallimning  shuhratparsatligi  va  manmanligi  qoralanadi.  Buning  boisi  shundaki,  o’qituvchilik 
faoliyati avvalo, umumxalqning baxt-saodati uchun xizmat qilishga yo’naltirilgan.  
O’qituvchi,  avvalo,  o’z  qadr-qimmatini  o’zi  saqlay  bilmog’i  kerak,  pedagoglar 
jamoasidagi  urf-odatlar,  an‘analar,  axloqiy  munosabatlar  ham  o’qituvchilik  sha‘ni  va  qadr-
qimmatini asrashga qaratilmog’i lozim. Pedagoglik sha‘ni va qadr-qimmatini noto’g’ri tushunish 
ta‘lim-tarbiya  ishida  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligini  unutmaslik  kerak.  Masalan, 
ko’ra-bila  turib  o’quvchining  bahosini  oshirib  qo’yish,  maktabga  nazoratchilar  kelganda 
o’qituvchilarning  faoliyati  aktivlashib  qolgan  yoki  hisobot  uchun  nomigagina  tarbiyaviy 
tadbirlarning  sonini  ko’paytirish  kabilar  o’quvchilar  tarbiyasiga  salbiy  ta‘sir  etadi,  bu  bolalarni 
qalbakichilikka o’rgatadi. O’quvchilar oldida o’qituvchining va jamoaning obro’siga ta‘sir etadi. 


O’qituvchining  pedagoglar  jamoasi  sha‘nini  o’quv  yurti  sha‘nini  saqlab  qolaman  deb  sha‘n, 
qadr-qimmat  tushunchalarini  noto’g’ri  anglab  qilgan  xatti-harakatlari  pedagogik  odob 
normalarining  buzilishiga  olib  keladi  va  o’quvchilar  tarbiyasiga  zarar  yetkazadi.  Bunday 
hodisalar ayrim hollarda uchrab turadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin