Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   148
2 5237912101523035255

Xisrav Dehlaviy 
O'qituvchi ovozining gigienasi  ustida bir necha so'z aytamiz.  Mutaxassislarning o'tkazgan 
maxsus  ilmiy-tadqiqot  ishlari  shuni  ko'rsatadiki,  doimo  nutq  bilan  bog'liq  bo'lgan  kasb  egalari 
orasida  tovush  organlarining  kasallanishi  juda  ko'pdir.  O'qituvchilar  orasida  bunday 
kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. 
Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi: 
-har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka
-ovozdan to'g'ri foydalanmaslik
-ovoz gigienasiga amal qilmaslik
-ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi. 
Professional  kasallikning  oldini  oldish  uchun  tovush  gigienasi  bilan  shug'ullanish  va 
maktabda  ba'zi  shartlarga  rioya  qilish  kerak.  O'qituvchi  har  kuni  ishdan  so'ng  2-3  soatga  uzoq 
gapirishdan  o'zini  tiyishi  kerak.  Shuning  bilan  bir  qatorda  o'qituvchilar  nafas  olish  yo'li,  nerv 
sistemasi,  ovqatlanish  tartibiga  ham  e'tibor  berishi  kerak.  Juda  ham  sovuq  yoki  issiq,  achchiq, 
spirtli  ichimliklarni  iste'mol  qilish:  chekish  og'iz  bo'shlig'i  va  tovush  organlariga  salbiy  ta'sir 
etadi. 
Og'iz bo'shlig'i va tovush organlarining zararlanishi oldini olish uchun osh sodasi va yodni 
aralashtirib hosil bo'lgan suyuqlik bilan og'izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak. 
Shu borada yana bir necha maslahat: 
-  bir  ohangdagi  nutq  ovoz  berish  apparatlarini  tez  charchatadi,  chunki  bu  vaqtda  tovush 
organlaridan  faqat  bir  guruh  muskullar  ishlaydi.  Nutq,  qancha  ifodali  bo'lsa,  ovoz  shuncha 
sog'lom bo'ladi: 
-  bo'rning  har  kuni  changini  yutish  zararli,  shuning  uchun  doska  artadigan  mato  nam 
bo'lishi kerak; 
-    Darsdan  so'ng  o'qituvchi  sovuq  havoda  tez  yurishi  mumkin  emas,  chunki  sovuq  havo 
nafas olish va tovush organlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 
O'qituvchi  ovozi  ravon,  jirangdor,  aniq  va  o'ziga  jalb  etadigan  bo'lishi  kerak.  O'quv 
materialining  qiyin  joylarini  o'qituvchi  ovozini  sekinlatgan  holda  tushuntirib,  qolgan  vaqtda 
tezroq gapirishi mumkin. 
Ayniqsa  mavzu  asosida  xulosa  vaqtida,  ya'ni  qoida,  qonun,  aqidalarni  ifodalashda  ovoz 
tezligini kamaytirish kerak. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin