Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148
2 5237912101523035255

Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037)  –  Sharqning  ulkan  qomusiy  olimi,  jahon  ilmi  va 
madaniyatining  eng  mashhur  namoyondalaridan  biri.  U  axloq  to’g’risidagi  fikrlarida  axloqiy 
fazilatlarni  ulug’ladi  va  axloqiy  illatlarni,  yomonlikni  keskin  qoraladi.  Olim  ta'lim-tarbiya 
masalalariga  jiddiy  va  ijodiy  yondashgan.  Uning  bolani  tarbiyalash  va  o’qitish  borasidagi  ko’p 
fikrlari  o’zining  chuqur  mazmunga  egaligi,  insonparvarligi  va  teranligi  bilan  kishini  hayratga 
qoldiradi. 
Ibn  Sino  o’qitish  jarayoniga  katta  ahamiyat  bergan  va  uni  tubandagi  tarzda  tashkil 
qilishni zarur, deb hisoblaydi: 
O’quvchini birdan kitobga jalb qilib qo’ymaslik kerak. 
O’qitish asta-sekin, osondan qiyinga o’tish yo’li bilan olib borilishi lozim. 
O’quvchilar bilan amalga oshiriladigan tarbiya ularning yoshiga mos bo’lishi shart. 
O’qitish jamoa tarzida uyushtirilishi darkor. 


O’qitish o’quvchining mayli va qobiliyatini hisobga olgan holda olib borilishi zarur. 
O’qitish jismoniy mashqlar bilan qo’shilib olib borilishi shart. 
Ibn Sino tarbiya masalalari ifodalangan asarlarida o’qituvchining roliga katta e'tibor bilan 
qaragan. Tarbiyachi tanlashni muhim masala deb hisoblagan. U bola 6 yoshga to’lishi bilan uni 
ustoz  tarbiyasiga  berishni  tavsiya  qiladi.  Tarbiyachi  rostgo’y,  dono,  odil,  ozoda  kiyinadigan, 
xushmuomala  bo’lishi  zarurligini  uqtirib,  yosh  avlodni  o’qitadigan  hamda  tarbiyalaydigan 
kishilar oldiga bir qancha talablar qo’ygan. Uning fikricha: 
Tarbiyachi – bolalar bilan muomalada bosiq bo’lishi kerak. 
Muamllim o’quvchilar ta'limni qanday o’zlashtirayotganini kuzatib borishi kerak. 
O’qitish jarayonida muallim har xil usullarni qo’llashi darkor. 
Tarbiyachi o’quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatlarini bilishi lozim. 
Tarbiyachi  bolalarni  tarbiyalashda  tegishli  jazo  choralarini  qo’llashi,  o’tilganlarni 
takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirishi lozim. 
Tarbiyachi  o’z  fikrini  o’quvchiga  bayon  qilishdan  oldin  undan  masalaning  mohiyatiga 
o’zi  tushunib  olmog’i, keyin  uni  qisqa adabiy  tilda tushuntirishi,  ortiqcha gapirishdan qochishi 
kerak. 
Har bir fikr haqiqat bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg’otadigan bo’lishi lozim. 
Ibn  Sinoning  fan  va  ta'lim-tarbiya,  o’qituvchilar  haqidagi  fikrlari  uning  anna  shu 
masalalar bo’yicha chuqur bilim va katta tajribaga ega bo’lganidan dalolat beradi. 
Yusuf  Xos  Hojib  (XI  asr)  –  buyuk  olim,  zabardast  dostonnavis,  tadbirkor  davlat 
arbobidir. Uning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo’lish, adolatparvarlik g’oyalari asosiy 
o’rin tutadi. Olimning fikricha, insonning ulug’ligi, aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi 
hunarga egaligidir. 
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur, 
Bilik kimda bo’lsa, bedug’lu alur. 
O’qishlug’ o’qar-ul biliglig bilir
Biligli, o’qigli tilikka tegir. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin