Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Alisher Navoiy (1441-1501) –



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148
2 5237912101523035255

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri. Bu inson kamolotiga 
bag’ishlangan  va  pand-nasihatlarga  boy  didaktik  asarlar  yaratgan.  Sharq  an'analariga  ko’ra 
yaratilgan «Maxbub ul qulub» asarida she'riyat sultoni o’z zamonasidagi barkamol inmsonga xos 
fazilatlarni aks ettirgan. 
Navoiy bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish to’g’risida g’amxo’rlik 
qilgan. Uning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi,  to’g’ri yo’l ko’rsatadi,  farzandlarni bilimli 
qiladi. Demak, xalqni ma'rifatli qilishda maktabning roli kattadir. U bu xususda fikr yuritar ekan, 
eski maktablarda domlalarning bilimi hoyat cheklangan, ular ta'lim-tarbiyada mutlaqo xabarsiz., 
lekin diniy bilimlar etarli bo’lmasa ham,  diniy rasm-rusumlarni bajarishga mohir, ruhoniylarga, 
maldorlarga  ta'zimkor  va  davlatga  sadoqatli  kishilar  bo’lgan.  Bunday  muallimlarning  vazifasi 
ko’pincha  masjidi  imomlik  yoki  so’fiylik  qilish,  har-xil  diniy  marosimlar  va  urf-odatlarda 
qatnashishdan iborat edi. Ularni Alisher Navoiy «Maktab tutuvchi - gunohsiz yosh bolalarga jafo 
kiluvchidir», deb ta'rif beradi 
Shoirning  bunday  muallimlarga  bergan  t'arifi  ularning  haqiqiy  qiyofasini  ochib  beradi. 
Ular  g’oyatda  raximsiz,  bag’ritosh,  aft-angorlaridan    doim  zahar  tomib  turadigan  kishilar 
bo’lgan.  Zero,  o’sha  paytda  maktablar  uchun  maxsus  o’qtuvchilar  tayyorlash,  mavjud 
muallimlarning  saviyasini  oshirish,  o’qitish  usullarini  yaxshilash  masalalari  bilan  hech  kim 
qiziqmagan va bu ishlar bilan shug’ullangan muassasa ham bo’lmagan             
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Navoiy yosh avlodni tarbiyalash –o’qitish ishini 
tasodifiy  kishiga  topshirishni  qoralagan.  U  o’qituvchiga  eng  yuksak  talablar  qo’ygan.  O’g’il-
qizni  tarbiyalash  va  unga  ilm  berish,  qobiliyatini  o’stirish  uchun  nihoyatda  bilimdon  va  usta 
tarbiyachi  bo’lishi  kerakligi  va  bolalarga  ta'lim-tarbiya  beradigan  o’qituvchilar  yoshlarga  ilm, 
odob o’rgatish mahoratiga ega bo’lishi, o’qitish yo’llarini yaxshi bilishi zarurligini uqtiradi. 
O’zbek adabiyotining dahosi o'z asarlari va ilmiy qarshlarida o'qituvchilik  qobiliyati  va 
uning obro'si, odobi yuzasidan alfozli mulohazalar yuritadi. Alloma ijodiy yondashuvsiz hech bir 
faoliyatni  tasavvur  qila  olmaydi.  Ana  shu  boisdan  uning  asarlarida  odob,  axloq,  ziyraklak, 
irodavii kuch, poklik, samimiylik xislatlari asosiy o'rinni egallaydi. 
O’qituvchining har jihatdan ibrat va iamuna bo'lishlari ta'lim va tarbiya garovi ekanligiga 
ishora qilgan. O'qituvchining kasb mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risidagi mulohazalar 
«Qobusnoma», «Xotamnoma», «Qutadg’u Bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. 
Chunki  bu  asarlarning  barchasi  odobnomaning  xuddi  o'zginasi  bo'lganligi  sababli  tarbiyachi-
murabbiyning o'ziga xos xislatlarining shakllanish bosqichlari ifodalab berilgan. 
XVIII-XIX  asrda  davom  etgan  Turkistondagi  jadidlar  harakatining  asoschilaridan  biri, 
buyuk  ma'rifatparvar  o'qituvchi,  mohir  tadqiqotchi  Abdulla  Avloniy  ta'lim  tizimi,  o'qitishni 
takomillashtirib, 
o'qituvchilar 
malakasini 
oshirish,  bo'lg’usi  o'qituvchini  tayyorlash 
muammolariga  mutlaqo  yangicha  yondashgan  olimdir.  Uning  fikricha  ijodiy  izlanish,  o'qish  va 


o'qitishning yangi shakli, uslub hamda vositalarini qidirish o'qituvchining eng muhim sifatlaridan 
biridir, - deb ta'kidlaydi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin