Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148
2 5237912101523035255

M.Behbudiy  o’qituvchilarga  qarata  ta'lim-tarbiya  ishlarini  ijtimoiy  hayot,  jahon 
miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi. 
Shunday  qilib,  O'rta  Osiyo  mutafakkirlari  va  o'zbek  ma'rifatparvarlari  o'qituvchi  kuchli 
xotiraga,  iroda  va  tafakkurga,  aql-zakokatga,  chiroyli  nutqqa  ega  bo'lishi,  ko'zlangan  maqsadni 
amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri 
yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs 
sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar. 
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina  - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni 
to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir. 
Bu  haqiqatni  yoshi  qancha  bo'lishidan,  pedagogik  mahoratidan,  qanday  dars  berishidan 
qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. 
Eng  qadimgi  davrlardan  VII  asrgacha  bo’lgan  pedagogik  fikrlarda  o’qituvchi-ustoz, 
shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi 
va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark 
Fobiy  Kvintilian  notiqni  tarbiyalashda  o’z-o’zini  boshqara  olish  notiqlik  va  so’zamollik 
mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan. 
Pedagoglarning  professional  mahorati  va  ularning  notiqlik  san'ati  Gresiya  va  Rim 
filosoflari  asarlarida  bayon  etilgan.  Suqrotning  ta'lim  berish  Platon  va  Deosfenning  nutq 
madaniyati  va  uni  egallash  texnikasi,  Aristotelning  notiqlik  san'atiga  erishish  yo’llari  va 
ritorikasi,  Seseron  va  Kvintilianning  nutq  madaniyati  haqidagi  fikrlari.  Sharq  mutafikkirlari 
Husayn  Vois  Kashshofiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Burxoniddin  Zarnudjiy,  Ahmad  Yugnakiy, 
Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari 
Mustafo  Xomiy  poshsha  munosabat,  muomala  madaniyati  va  uni  egallash  mahorati  haqida, 
notiqlik  san'ati,  munosabatga  kirishish  mahorati  haqida  va  uni  egallash  haqida  o’z 
qo’lyozmalarida fikr bildirganlar. 
Kundalik  kuzatib  borish  shuni  ko’rsatadiki,  o’qitishning  muvaffaqiyati  asosan  ta'lim 
berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir. 


O’qituvchi  o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda,  bir necha bosh yuqori  turishi 
kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi 
javob  berolmasdan  qolishi  mumkin.  Holbuki,  bola  sezgir  bo’ladi  va  juda  tez  fursatda 
o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi. 
O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin 
ham emas. 
«Yosh  avlodning  tarbiyasi  faxriy  va  olijanob  vazifa  bo’lishi  bilan  birga,  ayni  paytda  u 
g’oyat  darajada  murakkab  va  ma'suliyatlidir.  Bu  vazifani  muvaffaqiyat  bilan  bajarish  uchun 
o’qituvchi  eng  avval  o’z  ishining  shaydosi,  tashabbuskori  bo’lishi  kerak.  Shuning  uchun 
o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh 
avlodning tarbiyasi zararlidir. 
Ikkinchi  tomondan,  ayniqsa,  o’qituvchi  qanday  ma'lumotga,  qanday  erudisiyaga  ega 
bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak» 
Har  bir  ijtimoiy  tuzumda  insonning  ma'naviy  yuksalishini  ta'minlovchi  ta'lim-tarbiya, 
ma'naviyat  va  ma'rifat  kabi  tushunchalar  mavjud  bo’lib,  ular  tarbiyashunoslik  fanlaridagi 
o’zgarishlarni  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bog’liq  holda  atroflicha  o’rganishni  taqozo  etadi.  Bu 
fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch 
bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi.  
Konfutsiy  (er.avv.551-479  y.y.)  –  xitoylik  buyuk  mutafakkir.  U  o’z  yurtida  ijtimoiy-
siyosiy  hayotda  faol  ishtirok  etib  axloqiy-siyosiy  ta'limotga  asos  soldi.  U  ta'limda  o’qish  va 
fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin