Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-MODUI. O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATI. 3-MAVZU. O ’QITUVCHI



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148
2 5237912101523035255

 
2-MODUI. O’QITUVCHINING KASBIY FAOLIYATI. 3-MAVZU. O ’QITUVCHI 
KASBIY FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYATNING AHAMIYATI. 
Reja: 
1.Qobiliyat va bilim.  
2.Qobiliyatga yaqin turadigan tushunchalar. 
3. Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati va uning ijodkorligi.  
4.Kasbiy  faoliyatning  ta’lim  mazmunini  belgilovchi  sifatlari  o’qituvchining  ijodkorligida 
namoyon bo’lishi.  
5.Iqtidor, iste’dod, daholik, taiant, o’qituvchi intellektining asosiy sifatlari va xususiyatlari. 
Tayanch tushunchalar: 
Perseptiv qobiliyat, didaktik, konstruktiv, kommunikativ, iste'dod
 
Pedagogik  qobiliyat  tarixidan.  Pedgogik  qobiliyat  adabayotda  birinchi  bo'lib  XIX  asr 
o'rtalarida  paydo  bo'ldi.  Pedagogika  nazariyasida  o'qituvchilar  tayyorlash  va  perqeptiv 
qobiliyatga A. Disterverg diqqat e'tibor berdi. Shunday qilib, Disterverg pedagogik qobiliyatning 


kuchiga,  pedagogik  taktga  va  qat'iy  erkinlikka  ahamiyat  berdi.  So'ngra  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmida P. G. Redkin «axloqiy qobiliyat» tushunchasini ilgari surdi.  
Disgerverg,  Redkin  fikrlarini  K.D.Ushinskiy  davom  ettirdi.  K.D.Ushinskiy  «Odamni 
tarbiyalashning  eng  asosiy  yo'li  ishontirishdir,  odamning  e'tiqodiga  esa  faqat  ishontirish  bilan 
ta'sir qilish mumkin»,-deydi.  
L.  N.  Tolstoy:  «Tarbiyalash  muvaffaqiyatli  bo'lishi  uchun  tarbiyalovchi  kishilar  sira 
to'xtamay o'zlarini tarbiyalay bilishlari kerak»-degandi. 
L. S. Makarenko aytishicha, tasodifiy rav*ishda o'qituvchi bo'lib qolgan, lekin u bu ishga 
qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko'p o'qigai Gorkiyni o'zning usgozi deb, uni asrlarini o'rganishga 
kirishgan.  Makarenko  o'z  tajribasiga  asoslanib,  agar  har  bir  kishi  qunt  bilan  mehnat  qilsa,  u 
o'ziga nisbatan talabchan bo'lsa, u yaxshi pedagog bo'lishi mumkin, deydi. 
Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo'lib, bir tekisda bo'lmay, biri yuqori, biri o'rta va 
biri  quyi  darajadan  iboratdir.  Faqat  aqli  zaif  insonlarda  qobiliyatni  uchrata  olmaymiz.  Maktab 
o'qituvchisining  faoliyati  inson  shaxsini  tiklantirishga  qaratilgan.  Muvaffaqiyatli  ishlash  uchun 
har  bir  o'qituvchi  pedagogik  mahoratga  ega  bo'lishi  zarur.  Pedgogik  mahorat  egasi  oz  mehnat 
sarf  qilib,  katta  natijaga  erishadi.  Qobiliyat  faoliyat  jarayonida  paydo  bo'ladi  va  rivojlanadi, 
qobiliyatni  rivojlaitirsh  uchun  esa  layoqat,  zehn,  iste'dod,  ya'ni  inson  nerv  tizimida  anatomo-
fiziologik xususiyat bo'lishi ham zarur. O’qituvchining ba'zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos 
sifatlarining shunday komplekskni tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. 
Bu qobiliyatlarni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo'yish mumkin emas. Ta'lim-tarbiya 
ishlariniig  muvaffaqiyatli  bo'lishini  pedagog  shaxsiga  xos  bo'lgan  bir  qancha  sifatlar,  shu 
jumladan,  uning  irodasi,  hissiyotlari,  xarakteriga  xos  bo'lgan  bir  qancha  xususiyatlarini  ham 
ta'minlab  beradi.  K.D.Ushinskiy  «Faqat  shaxsgina  shaxsning  rivojlanishiga  va  tarkib  topishiga 
ta'sir  qilishi  mumkin,  faqat  xarakter  ta'siri  bilan  xarakterni  vujudga  keltirish  mumkin»,-deb 
yozgan edi. 
Qobashyat-shaxaning muayyan faoliyat yuzasidai layoqati va uning ishini muvaffaqiyatli 
bajarishdagi sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. 
Falsafa  tarixida  qobiliyat  uzoq  davrgacha  o'zgarmas  irsiyat,  nasldan-naslga  o'tuvchi 
alohida kuch sifatida talqin  etilgan. Bunday qarashlar dastlab ingliz filosofi J.  Lokk va franquz 
materialistlari  tomonidan  tanqid  qilingan.  Qobiliyatni  rivojlantirishi  mumkin  bo'lgan  anatomik 
fiziologik xususiyatlar tug’ma bo'ladi. 
Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish 
kobiliyatidir (bigalikda dardlashmoq). 
Perqeptiv  qobiliyat  -  idrok  jarayonining  asosiy  tuzilishi  birinchi  bo'lib,  bu  idrok 
ob'ektlarini  bilib  olish  va  uni  xotira  obrazlari  bilan  solishtirishdan  iboratdir.  Bu  qobiliyat 
o’qituvchining  o’quvchilar  ko’z  qarashlari  va  yuz  ifodalariga  qarab  ularning  ichki  dunyosini 
ko’ra olishida namoyon bo’ladi. 
Didaktik  qobiliyat  -  o’quvchilar  bilan  muloqot  qilishda,  pedagogikaning  ta'lim 
qonuniyatini  hamda  metodlarini  o'rgangan  holda,  ta'lim  bars  olish  va  ibratli  dars  berish 
qobiliyatidir. 
Konstruktiv qobiliyat - o'qituvchining o'z ishini rejalashtira olishidir.  
Kommunikativ  qobiliyat  -  boshqa          odamlar          bi:lan  bo'ladigan          muloqotni 
yaxishlaydigan  va  birgalikdagi  faoliyatni  psixologik            ta'minlaydigan  qobiliyatdir.  O’quvchi 
bilai o'zaro muloqotda bo'lish.  
Bilish  qobiliyati  -  bilimni  egallash  va  uni  o'zlashtirishni 
ta'minlaydi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin