Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148
2 5237912101523035255

2. Demokratik uslub: 
-  jamoa fikriga tayanib ish olib boradi
-  jamoa  fikrini,  tashabbusini  ma'qullaydi,  rivojlantiradi,        boshqalar  fikriga  hurmat  bilan 
qaraydi; 
-  boshqalar fikrini o'ziniki qilib oladi; 
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos maslahat berish, samimiy muomala. 
3.Liberal uslub: 
-  tashabbussiz,  jamoa  ishiga  aralashmaydi,  hamma  masalalarni  yuzaki      qarab  chiqadi. 
O'zining fikri yo'q, javobgarlikdan o'zini chetlatadi. Ish   natijasi bilan qiziqmaydi
- bolalarga e'tiborsiz, beg’am qaraydi; 
- o’z ishiga sovuqqon. 
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan: 
-  hamkorlikdagi munosabat
- bavosita munosabat; 
- do'stona munosabat;                                      \ 
-  nosamimiy munosabat; 
- oraliqdagi munosabat; 
- bekorchi munosabat; 
- qo'rquv orqali munosabat
-  dialog va monolog. 
Pedagog  o'quvchilar  oldida  nihoyatda  odobli  xatti-harakatlarni  qilishi,  noto'g’ri 
harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. 
 Pedagogik  nazokat  me'yori  tuyg’usi  o'z  o'quvchilari  bilan  to'g’ri  munosabat  qoidalariga 
amal qilishdir.  
Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar    (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy 
yo'l-yo'riqlar  va  shaxsiy  xislatlar  jamini  aytish  mumkin,  ular  o'qituvchinnng  o'quvchilar  bilan 
muomalasi  sohasidagi  xulq-atvorini  belgilab  beradi.  O’qituvchining  pedagogik      nazokati 
mazmuni  va  uni  namoyon  bo'lishi  shakllarini  belgilab  beradigan  ayrim  ijtimoiy  yo'l-yo'riqlarni 
ko'rib chiqamiz. 
O'qituvchi  o'z  o'quvchilari  bilan  munosabatlarini  (dialog)  muloqot  tarzida  bo'lishini 
tushunishi lozim, ya'ni muhimdir. 
Agarda  o'qituvchilarning  o'quvchilar  bilan  munosabatlari  ishonch  asosida  qurilgan  bo'lsa, 
bunday muloqot ijobiy bo’ladi. 
Agar  bolalar  bilan  o'qituvchi  o'rtasida  ishonch  munosabatlari  o'rnatilgan  bo'lsa,  ular 
hayotning  og’ir  damlarida  uning  huzuriga  yordam  so'rab  keladilar,  o'z  quvonchlarini  baham 
ko'radilar. Pedagogik nazokat me'yorda bo'lgani ijobiy namoyon bo'ladi. Agarda haddan tashqari 
chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo'ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi. 
Pedagogda  adolat  bo'lishi,  bolani  o'qituvchiga  bo'lgan  ishonch-muhabbatiga  olib  keladi. 
Albatta  pedagogda  vijdon  bo'lishi  kerak.  Pedagog  hech    qachon  o'z    fikrini  o'quvchilarga 
majburan  o'rgatishga  va  majburan  javob  olishga  harakat  qilmasligi  kerak,  aks  holda  o'quvchi 
o'qituvchi  o'rtasidagi  munosabatlar  keskinlasha  boshlaydi,  adolat  buziladi.  Izzat-nafsni  boy 
bermaslik  kerak.  Pedagogning  o'quvchilar  bilan  bo'ladigan  barcha  munosabatlari  adolatli, 
vijdonan  hal  qilinishi  lozim,  tushunmovchiliklar  sodir  etilgan  paytda    ularni  ijobiy  xal  etishga 
harakat qilinmog’i zarurdir. 
Bir    qolipdagi    fikrlar  umuman    pedagogik    faoliyatda  va  xususan  o'quvchilar  bilan 
munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin.    Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha 
tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi. 
Lekin bir qolipdagi fikrlar ham salbiy holatlarni yuzaga   keltirishi mumkin. Masalan: dars 
jarayonida  kulgili  holat  sodir  bo'lsa,      bu  holatga  mos  kulgili  vaziyat  qilmasdan,  balki  unga  
jiddiy tus berish, qatiy javob berilsa, vaziyat murakkablashadi, xolos. 
Bunday  misollarni  ko'plab  keltirishimiz  mumkin,  Bular  haqida  o'tmish  mutafakkirlarimiz 
fikrlarini keltiramiz: 


«O'zga odamning dahlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, odamlarga yomonlik qilma, 
ranjitma, dilini og’ritma, tashvish va notinchlikka yo'l qo'yma»,-degan edi V. A. Suxomlinskiy. 
«Kimki  insoniylikni  o'zida  sinab  ko'rmagan  ekan,  u  hech  qachon  odamlarni  chuqur 
bilmaydi». N. G. Chernishevskiy. 
«Birovni erga ursang, u bilan o'zing ham erga urilasan». B.Vashington.  
«Sening  har  bir  xulq-atvoring  boshqa  kishilarga  ta'sir  etadi,  yoningda  inson  borligini 
unutma». B. A. Suxomlinskny. 
«Kishini erkalash hech qachon ziyon keltirmaydi».  
 «O'zgalar aybiga tetik nazar sol,  
«O’z aybing ko'rgandek, undan ibrat ol». Nizomiy Ganjaviy.  
«Yaxshi kishi ko'rmagay yomoshlik hargiz,  
 Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidir». Bobur. 
O'qituvchida  pedagogik  nufuz  bo'lishi  o'kuvchilarning  estetik  didini  o'stirishga  yordam 
beradi.  O'qituvchida  nazokat  bo'lishi,  o'quvchilarni  bir-biriga  sadoqatli,  odobli  bo'lishga, 
shirinsuxanlikka  boshlaydi.  Mutafakkirlarning  aytishicha,  pedagog  bolalar  va  ayniqsa  katta 
yoshdagi        o'smirlar  o'rtasidagi  ziddiyatlarga  juda  ehtiyotkorlik  bilan  aralashishi      lozim. 
Shuningdek  ziddiyatlarning  shunday  sohasi  borki,  unda  pedagoglarning  aralashuvi  nihoyatda 
cheklanadi. 
Ba'zi  bir  ziddiyatlarni  ham  butun  bir  jamoada  muhokama  qilish  o’z  natijasini  bermasligi 
mumkin,  bunday  vaziyatlarda  yirik  pedagoglar  fikri  va  mulohazalari  bilan  maslahatlashgan 
holatda  amalga  oshirilsa  foydadan  holi  bo'lmaydi.  O'qituvchilarning  muhim  ijobiy 
xususiyatlaridan biri dilkashlikdir. An'anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning 
o'ziga xos  xususiyatlari  deb qaraladi, bu butunlay qonuniy  holdir. Leqin  bunday yondashuv  bir 
tomonlamadir.  Dilkashlik  odamlarga  aralashmaslik  shaxsni  o'ziga  xos  xususiyatlari  bo'libgina 
qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning 
xususiyati bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish 
sifatida  ta'riflash  mumkin.  Bu  intilish  odamlar  bilan  tez  aloqa  o'rnatishni  birga  qo'shib  olib 
boradi. 
Dilkashlik  va  aralashmaslikni  shaxs  xususiyatlari  sifatida  qarab  chiqish  ekstravert  va 
intravert tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo'ladi. 
Ekstravert shaxslarga umumiy faolik, osoyishtalik, ta'sirlarga moyillik xosdir. 
Iitrovert  shaxslar  ichki  olamga  berilgan,  odamlarga  aralashmaydigan,  o'z-o'zini  nazorat 
qilishga, refleksga ichki xavotirlikka moyil bo'ladi. 
Dilkashlik - ko'proq ekstravert tiplariga oiddir. 
Introvert tipiga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi. 
Pedagogik  vaziyatlar  tez-tez  o'zgarib  turadigan  sharoitda  o'qituvchining  vazifasi  ro'y 
bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo'lgan to'g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to'g’ri 
idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chukur ko'ra olsagina, shu bilan 
birga  o'zida  sabot,  o'zini  tuta  bilish,  sabr-toqat,  sezgirlik  kabi  fe'l-atvor  xususiyatlarini 
rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. 
Bu  pedagogik  nazokatga  rioya  qilishning  zarur  shartidir.  Nazokat  me'yor  tuyg’usi  yoki 
odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. 
Agar  o'qituvchi  o'quvchilar  bilan  munosabatlarning  ishonch  asosiga  qurilishiga  erishishga  yo'l-
yo'riq  bo'lsagina  bunday  muloqot  ro'y  beradi.  Tarbiya  tajribasida  bunday  yo'l-yo'riqni  amalga 
oshirish  qiyin  ishdir,  lekin  unga  butunlay  erishish  mumkin.  Pedagogda  bolalar  bilan  o'zaro 
ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning 
uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala 
qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi.  

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin