Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148
2 5237912101523035255

Tayanch tushunchalar: pedagogik faoliyat, pedagogik odob, sabrli, shirin so'zli,axloqiy 
fazilatlar, kamtarlik, burch, mas'uliyat, vijdon, or-nomus, qadr-qimmat; 
1. Pedagogik odob va o’qituvchi odobining xususiy (o’ziga xos) qonuniyatlari. 
Yuksak axloqiy fazilatlarga ega kishilar bo'lib etishishda eng yaxshi urf-odatlar, udumlar, 
an'analar,  ya'ni  xalq  odobnomasining  aҳamiyati  katta.  Chunki  kimda-kim  yoshlikda 
xalqimizning  yillar  va  davrlar  sinovidan  o'tgan  xalqchil  odatlarini,  udumlarni,  odobnomasini 
yaxshi  o'zlashtirib  olsa,  ota-bobolarimizning  pand-nasihatlari  va  o'gitlariga  quloq  solsa,  unga 
amal qilsa, unday bola elda katta obro'-e'tibor topadi. 
O’qituvchi odobining xususiy (o’ziga xos) qonuniyatlari: 

o’qituvchilik kasbini va bolalarni sevish
o’qituvchi o’zi dars beradigan fanni, uni o’qitish nazariyasi va metodikasini, pedagogika, 
psixologiya va mafkuraga doir chuqur bilimga, yuksak ma‘naviy madaniyatga ega bo’lishi;  
o’qituvchi shaxsining axloqiy pokligi;  
  jamiyat  oldidagi  burchni,  pedagoglik  mas‘uliyatini  yuksak  darajada  anglash,  axloqiy 
e‘tiqodli bo’lish; 
o’zi  bajarayotgan  ishning  haqligiga  va  o’z  kuchiga,  o’quvchilarning  har  biri  ulg’ayib 
jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo’lishiga ishonch;  
pedagogik takt, muomala odobi qoidalariga amal qilish; 
o’qituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuomalaligi va amaliy ishlarining, ya‘ni so’zi 
bilan ishining birligi; 
hamma o’quvchilarga nisbatan xolis niyatli, ob‘ektiv, talabchan, adolatli bo’lish;  
pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning uyg’unligi.  
O’qituvchi odobining manbalariga quyidagilar kiradi: 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  (1992),  ta‘lim  to’g’risidagi  «Qonun»i  (1992), 
Oliy  Majlis  va  Vazirlar  Mahkamasining  direktiv  hujjatlari,  respublika  Prezidentining  asarlari, 
ma‘ruzalari, nutqlari;  
Umuminsoniy va milliy axloqqa, kasb odobiga doir ilmiy asarlar;  
Markaziy  Osiyoda  yashab  ijod  etgan  donishmandlarning  madaniy-ma‘rifiy,  pedagogik 
merosi, Qur‘oni Karim, Hadisi Sharif; 
milliy-axloqiy qadriyatlar, an‘analar, urf-odatlar; 
o’zbek  xalq  pedagogikasi  asarlari,  odobnomalar  va  ularga  doir  ilmiy-pedagogik 
tadqiqotlar; 
axloqiy tarbiyaga doir, o’qituvchi odobiga doir ta‘limotlar; 
maktablarda  odobnoma,  adabiyot  va  boshqa  fanlarni  o’qitish  tajribasi,  pedagogik 
amaliyotga doir materiallar
ta‘lim-tarbiya jarayonini, pedagogik faoliyatni aks ettirgan badiiy asarlar.   
Ota-bobolarimiz  azal-azaldan  bizni  odobli,  mehnatsevar,  to'g'riso'z,  halol,  insofli, 
diyonatli, yaqinlariga mehr-muhabbatli kishilar qilib tarbiyalashgan. 


Bola aziz – odobi undan aziz. 
Bolaning yoshini so'rama – aqlini so'ra. 
Xalq udumlarida, undan kelib chiqadigan odobnomada har qanday bolani yoshligidanoq 
el-yurt  manfaati  yo'lida  kurashuvchi,  kishilar  baxt-saodatini  o'ylovchi,  ajdodlarining  ushalmay 
qolgan  orzu-armonlarini  amalga  oshiruvchi  kishilar  bo'lib  kamol  topishi  lozimligi  alohida 
ta'kidlanadi.  
Hikoyat.  Bir  kuni  Alisher  bilan  Husayn  Boyqaro  otliq  o'tib  borar  edi.  Shunda  ariqcha 
bo'yida  qumtaqa  o'ynab  o'tirgan  bir  go'dakka  Alisherning  ko'zi  tushadi.  U  otdan  tushib  go'dak 
oldiga keladi va qo'llarini ko'ksiga qo'yib deydi: 
- Assalomu alaykum, mavlono aka! 
Bola Navoiyga qarab kulib, o'yinini davom ettiraveribdi. 
Navoiy  yo'lida  davom  etarkan,  voqeani  kuzatib  turgan  Husayn  Boyqaro  hayron  bo'lib 
so'radi: 
- Nega unday qildingiz? 
-  Hazratlari  sezmadilar  chog'i,  ul  bola  Mavlono  Abdurahmon  Jomiy  nabirasi  erur. 
Ustozga hurmatim balandligidan nabiralariga ham ta'zim ayladim, - debdi. 
Muomala odobi. 
Hikoyat.  Bir  kishi  arab  podshosining  qakrindoshlaridan  bir  nechtasini  o'ldirib  qochib 
ketibdi. Bir qancha vaqt o'tgandan so'ng podshoning yoniga qaytibdi. 
Podsho: 
- Ajabo qo'rqmas kishi ekansan, qarindoshlarimni o'ldirib, yana kelibsan. 
U kishi ta'zim qilib: 
- Sizni marhamatlaringiz ulug'ligini bilaman,- debdi. 
Podshoga bu gap yoqibdi va in'omlar beribdi. Uning yaqin kishilaridan biri: 
-  Shunday  dushmanni  qo'lga  tushirdingiz-u,  o'ch  olmay  uning  so'ziga  aldandingiz,  - 
debdi. 
-  Ish  sen  o'ylaganchalik  emas.  Undan  o'ch  olsam,  nafsim  shodlanadi,  uning  ko'ngli 
shodlanib, dunyoda nomi yaxshilik bilan yod etiladi. Shuni o'ylab uni ozod etdim, -debdi. 
Mulоyimlik  -  sabrli,  ochiq  yuz,  shirin  so'zli,  yaxshi  ishlarga  boshlaydigan  fazilat. 
Kamtarlik  -  har  qanaqa  martabaga  erishganda  ham  manmanlikka  bormaslik,  o'zini  sodda 
tutmoqlik, hamma bilan bir xilda muomala qilish fazilatidir. 
Aqlsiz, tarbiyasiz kishilardan yiroq bo'l! 
Izoh:  odam  bolasini,  xususan,  yosh  bolalarning  ko'ngillari  bir  ko'rsa,  shuni  o'zida  qabul 
eta turgan ajib narsa. Bir kishi tarbiyali, axloqli kishilar yonida o'tirsa, ko'ngli tamom yumshab 
trbiyali  kishi  bo'lib  ko'rinadi.  O'sha  odam  ikkinchi  vaqt  tarbiyasiz,  axloqsiz  kishilar  yoniga 
o'tirsa, majlis ta'siri o'laroq, ko'nglida bir turli o'zgarish sezadi. Shuning uchun bola tarbiyachilari 
bolalarning do'stlariga ahamiyat bermoqlari kerak. 
8.2. Sharqona tarbiya va uning munosabatga ta'siri. 
Ahloqiy pand-nasihatlarning, ta‘lim-tarbiyaning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni 
kamolot  sari  yetaklab,  ularga  hayot  ilmini,  turmush  saboqlarini  o’rgatib  kelgan  to’ng’ich  ustoz 
ham-hayot,  xalqdir.  Yer  yuzidagi  barcha  kishilar  singari  turkiy  qabilalar  ham  qadim 
zamonlardayoq  hayotiy  ehtiyoj  taqozosi  bilan  o’z  bolalarini  sog’lom,  baquvvat,  mehnatsevar, 
katta-kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, vatanni himoya qila oladigan 
kishilar  bo’lib  ulg’ayishlarini  orzu  qilganlar.  Tarbiya  sohasida  to’plagan  tajribalarini,  orzu-
istaklarini  umumlashtirib  maqol,  topishmoq,  ertak,  rivoyat,  hikoyat,  doston  kabilar  shaklida 
ifodalab  yoshlarga,  oila  a‘zolariga,  boshqalarga  o’rgatganlar.  Shu  tariqa  o’zbek  xalq 


pedogogikasi vujudga kelgan. Unda ijobiy  axloqiy sifatlar,  fazilatlar ulug’lanadi,  salbiy illatlar 
esa  qoralanadi.  O’zbek  xalq  pedagogikasining  shaxs  va  jamiyat  uchun  foydali,  ilg’or,  axloqiy 
g’oyalari  og’izdan-og’izga,  avloddan-avlodga  o’tib,  folklor  asarlari,  milliy  oilaviy  urf-odatlar, 
an‘analar sifatida bizgacha yetib kelgan. 
O’zbek  xalqi  pedagogikasi  asarlarida  murabbiy,  ustozning  hurmati,  mo’‘tabat  inson 
sifatida ulug’lanadi. “Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”, “Ustoz otangdan ulug’”, “Ota-ona 
bolani  dunyoga  keltiradi,  ustoz  esa  uni  yuksaklikka,  osmonga  ko’taradi”  kabi  hikmatlarda 
murabbiy, ustozlarning mehnati, qadr-qimmati ulug’langan.  
O’zbek  xalqining  etnopedagogikasi  umuminsoniy  va  milliy  tarbiyaning  qudratli  omili, 
vositasidir.  Turkiy  xalqlar  o’z  bolalarini  yoshlikdan  uy-ro’zg’or  mehnatiga  o’rgatishga  katta 
e‘tibor  bergan.  O’zbek  xalq  pedagogikasi  bolalarga-kimki  yaxshi  mehnat  qilsa,  yaxshi  buyum 
tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya singdirilgan. Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin 
qil”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz 
kesak”,  “Ustoz  ko’rmagan  shogird-har  maqomda  yurg’alar”  kabi  maqollarning  ahamiyati  katta 
bo’lgan. 
Xalq doimo yosh avlodni aqlli, odobli, go’zal fazilatli inson bo’lib kamol topishini orzu 
qilgan  va  shunga  intilgan.  Bunday  orzu-istaklar  Abdulqosim  Firdavsiyning  Markaziy  Osiyo 
xalqlarining qadimgi hayotini aks ettiruvchi “SHohnoma” asarida quyidagicha tasvirlanadi.  
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod, 
Har ikki olamda aqlli obod. 
Hamisha aqlingni rahnamo etgil, 
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil. 
(“SHohnoma” 1-kitob, Toshkent., 1975 yil. 35-36 betlar). 
O’zbek  xalq  pedagogikasida  ota-onaning  namuna,  ibrat  ko’rsatishiga  katta  e‘tibor 
berilgan. “Bolalarga go’zal tarbiya berish uchun, ota-onalarning o’zlari go’zal axloqli, tarbiyali 
bo’lishlari shartdir ... Agar ota-onalar o’z umr-yo’ldoshlari bilan go’zal ravishda umr kechirsalar, 
ularni  hurmatlasalar,  bolalar  ulardan  oliyjanoblik  va  xushmuomalalik  odobini  o’rganadilar”. 
(Donolar tarbiya xususida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1982 yil, 42-43 betlar). 
O’zbek  xalq  pedagogikasida  qo’llanib  kelingan  tarbiya  usullari  yoshlarga  o’zaro  izzat-
hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik, haqiqatlilik, mardlik, jasurlik, 
mehribonlik  kabi  insoniy  fazilatlarni  singdirishga  xizmat  qilgan.  Bolani  elga  manzur,  odobli 
farzand  qilib  tarbiyalash  ota-onaning  burchi  hisoblangan.  O’zbek  xalqi  yaratgan  maqol,  naql, 
afsona, rivoyat, hikoyatlarda ma‘naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon 
etilgan.  “Hurmat  qilsang,  hurmat  ko’rasan”,  “Har  kim  ekkanin  o’radi”,  “Bola  aziz,  odobi 
undanda aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir. 
Alloh bizni ikki dunyoga yaroqli, ikki dunyoda saodat topish uchun yaratganligidan qat'iy 
nazar  ayta  olamizki,  bizning  o'qigan  ilmilarimiz  ham  dunyomizga,  ham  oxiratimizga  foydali 
bo'lsin. Har bir millat o'zlariga foydali ishlarni ishi boshida bo'lgan olimlaridan kutgani kabi, biz 
ham  o'zimizga  foydali  yo'l  ko'rsatishni  dunyo  va  oxiratimizga  yaroqli  ilmlar  o'rnatishni  ochiq 
ko'zli, hurmatli olimlarimizdan kutamiz. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin