Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148
2 5237912101523035255

O’QITUVCHILIK VIJDONI 
Vijdon  kishining  o’z  xatti-harakati,  qilmish,  yurish-turishi  uchun  odamlar,  jamoatchilik  
oldidagi  mas‘uliyat  tuyg’usidir.  U  diyonat,  insof,  halollik,  sofdillik  degan  ma‘nolarni  ham 
bildiradi.  Abdulla  Avloniy:  “Vijdon  deb  ruhimizga,  fikrimizga  ta‘sir  qiladurgan  hissiyot,  ya‘ni 
sezuv-tuymakdan  iborat  ma‘naviy  quvvatni  aytiladur”  deb  ta‘rif  bergan  edi  (Turkiy  guliston 
yoxud  axloq.  Toshkent,  “O’qituvchi”,  1992  yil,  27-bet).  Uning  fikricha  vijdon  kishining  fe‘l-
atvori va harakatlarining yaxshi va yomonligini, foydali yoki zararligini ko’rsatadi. Vijdon inson 
aqli  va  fikrining  haqiqiy  mezonidir.  Uning  yordamida  har  bir  kishi  o’z  kamchiliklarini  va 
boshqalarning fe‘l-atvorini o’lchaydi, baholaydi.  
Pedagogik  faoliyatda  o’qituvchining  vijdoni  ta‘lim-tarbiya  jarayonida  axloqiy  yo’l-
yo’riqlarni  va  kasbiy  burchni  qanday  bajaryotganini,  nazorat  qiluvchi  ma‘naviy  kuchdir. 
O’qituvchi  faoliyatida,  axloqida,  xulqida  vijdon  o’z-o’zini  nazorat  qilish  vositasidir. 
O’qituvchilik  boshqa  kasblardan  o’zining  shu  jihati  bilan  keskin  ajralib  turadi.  O’qituvchilik 
vijdoni  muallimni  o’z  bilmi,  tajribasi  va  qobiliyatini  to’la  ishga  solib,  boshqalarni  o’qitish, 
tarbiyalash va ma‘rifatli qilishga da‘vat etadi. Vijdonli o’qituvchi ta‘lim-tarbiya ishlarini yuksak 
darajada amalga oshirish uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qiladi. 
Agar  u  ta‘lim  berayotgan  bolalarning  bilimi  past,  xulqida  qusurlar,  kamchiliklar 
uchrayotgan bo’lsa, bundan o’qituvchi vijdonan qiynaladi. O’qituvchining vijdonini faqat uning 
o’zigina  nazorat  qilishi  mumkin.  Muallim  nazoratchilar  ishtirok  etayotganda  o’quvchilar  bilan 
oldindan tayyorlab mashq qilib qo’ygan darsni qayta o’tishi, kuzatuvchilar buni sezmasligi yoki 
aniqlay  olmasligi,  payqamasligi  ham  mumkin.  Shuning  uchun  ham  o’qituvchining  halolligi, 
insofliligi pedagoglik vijdonining mezoni hisoblanadi. 
Ta‘lim-tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o’qituvchining o’zigagina emas, balki ota-
onalar,  kasbdoshlari  bilan  hamkorlikka  ham  bog’liqdir.  O’qituvchilik  vijdoni  muallimni  axloq 
qoidalariga  o’zi  amal  qilish  bilan  birga  boshqalardan  ham  axloq  normalarini  bajarishni  talab 
qilishga  undaydi.  Haqiqiy  pedagog  kasbdoshi  yoki  o’quvchisi  sodir  etgan  qo’pollikdan  ham 
afsuslanadi,  hijolat chekadi.  Bunday emotsional holat bolaga kuchli tarbiyaviy  ta‘sir etadi. Or-
nomus vijdonlilikning mezonidir. 
O’qituvchilik  vijdoni  axloqiy  madaniyatlilikning  ifodasidir.  U  faol  ta‘sir  o’tkazish 
xususiyatiga ega bo’lib, bolalarda vijdon sha‘n, qadr-qimmat haqidagi tasavvurlarni hosil qiladi. 
Shuning  uchun  ham  o’qituvchining  vijdoni  doimo  pok  bo’lmog’i  kerak.  Muallim  hamma  vaqt 
o’z-o’zini,  o’z  xatti-harakatlarini  o’quvchilar  va  ota-onalar  ko’zi  bilan  nazorat  qilib  borishi 
kerak.  Muallim  bolaning  ko’z  oldida  kelajakning  timsoli  sifatida  namoyon  bo’lmog’i  lozim. 
Chunki  bugun  undan  saboq  olayotgan  o’quvchilar  o’n  besh-yigirma  yildan  so’ng    jamiyat 
hayotida,  ijtimoiy  mehnatda  faol  qatnashadi.  Muallim  bugun  qanday  yashab,  qanday  ishlab, 
o’quvchilarni  qanday  o’qitgan  bo’lsa,  uning  timsoli  o’quvchilari  uchun  ularning  hayot  yo’lini 
yorituvchi axloqiy nur bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin