2) Shevaga xos bo'lgan so'zlardan foydalanish. Bu holat ham o'qituvchi faoliyatida
uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo’lib, bu o'quvchilarning nutqini oshirishga salbiy ta'sir
etadi. O'qituvchi shevaga xos bo'lgan so'zlardan umuman foydalanmasligi lozim.
3) Noo'rin so'zlarni tez-tez takrorlash. Masalan, «xo'sh», «misol uchun», «aytaylik» kabi
qator so'zlar o'qituvchilar nutqida ko'p uchraydi. Bu holat ham nutq samaradorligini kamaytirish
bilan birga o'quvchilarni chalg'itadi. Ya'ni o'quvchilar beixtiyor o'qituvchi nutqidagi noo'rin
so'zlarni hisoblash bilan mashg'ul bo'la boshlaydilar. Bu esa o'z-o'zidan ularni nutqning asosiy
mazmunidan chalg'itadi.
4) Tavtologiya – bir o'rinda bir xil ma'noli so'zlardan foydalanish. Masalan, «Bir xil
ma'noli sinonim so'zlar». Bu o'rindagi sinonimlar – bir xil ma'noli so'zlarni ifodalaydi. Yoki
«esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so'zi esdalik sovg'a ma'nosini anglatadi. Bunday so'zlar
o'quvchilarni so'zlarning asl ma'nosidan chalg'itishi mumkin.