Qarshi davlat universiteti


Ilmiy-ommabop asarlarning insonlar turmush tarzi bilan bog’liqlik jihati



Yüklə 29,5 Kb.
səhifə2/2
tarix04.05.2023
ölçüsü29,5 Kb.
#126334
1   2
3-seminar mashg‘ulot Mavzu O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asar

2. Ilmiy-ommabop asarlarning insonlar turmush tarzi bilan bog’liqlik jihati.

Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o’stiradi.


O'qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta ’kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o'stirish zarur.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga o'rgatish muhimdir, bu asami to'g'ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakatqiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga



  1. O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asarlarni o‘rganish darsini kuzatish va tahlil qilish.

1 -sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (obhavoning o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog', xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalaming nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o ‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli
rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Dasturga ko‘ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent“ , „Toshkent metrosi" mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun“ (Safar Barnoyev) asarini o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalami Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbi- yalaydi.

  1. Kuzatilgan darslar yuzasidan tavsiyalar berish

Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o'qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:


1. O'qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o'tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o'qish, o'quvchiga notanish bo'lgan so'zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O'qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o'qish.
7. Maqolani yaxlit o'qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash
va maqola mazmunini yaxshi o'zlashtirishlariga erishish maqsadi
ko'zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.


Yüklə 29,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin