Keywords: teacher, training, pedagogical education, adequate modeling, object, fundamental, anthropology, personality, strategy, professional activity
Kirish
Dunyo mamlakatlaridagi pedagogik ta’limga doir ilmiy tajribalar tahlili modellashtirish, xususan, pedagogik modellashtirishning psixologik-pedagogik tadqiqotlarda yetakchi o‘rin tutishi hamda pedagogik antropologiyada fundamental yo‘nalishlaridan biri ekanligini ko‘rsatmoqda. Pedagogik modellashtirish o‘quv-tarbiyaviy jarayon, uning mazmuni, tashkil etish muammolari, kamchilik va yutuqlari, strategiyasiga doir yaxlit tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Zamonaviy pedagogikada shaxs rivojlanishi va shakllanishi, kadrlar tayyorgarligi, ularning kasbiy faoliyati, ta’limi va shaxsiy sifatlarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi.
Modellashtirish - modellarni qurish, haqiqiy ob'ektlarni bilish jarayoni, texnik tuzilmalarni o'rganish usuli, aqliy va amaliy faoliyatda bevosita modellarni yaratish. Texnik modellashtirishni tayyor chizmalarni oddiy takrorlash, grafik va vizual tasvirlarni ko’paytirish deb tushunmaslik kerak, garchi ta'limning dastlabki bosqichlarida bu usul maktab amaliyotida keng qo'llaniladi va amaliyotda yetakchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |