Qarshi Inavatsion Talim Universiteti


Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar (SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə7/7
tarix26.11.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#136487
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik kompyuter dasturlari

Elektron o`quv kontentlariga qo`yiladigan standartlar (SCORM, TinCan) va LMSni integrasiyalashtirish
SCORM standart paketlari: SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model) -birgalikda foydalanish uchun ob`yekt tarkibidagi namunali model.Bu o`quv materiallari orqali bilim oluvchining o`rganilayotgan o`quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o`qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle)ga hisobot ko`rinishda yuborib turadi.
Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo`lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni o`quvchi qancha vaqt davomida o`rganganligini, bu standartda (ya`niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o`quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud.
Hozirgi vaqtda mavjud bo`lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko`pchiligi yaratiladigan o`quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko`rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud.
LMS tizimlari uchun elektron ta`lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi

Moodle tizimida o`quv jarayonini tashkillashtirish. Moodle – Web muhitida o`qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi.
Tizimda mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking va ancha ko`p bo`lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo`llab quvvatlaydi.
Tahlillar shuni ko`rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko`p qo`shimcha plagin va modullari mavjud bo`lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o`qituvchi hamda ta`lim oluvchi o`rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va masalalarni joylashtirish orqali ta`lim berish samarasini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p davlatlarining o`quv muassasalarida masofaviy ta`lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
O`zbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. 
`Ozbekistondagi ko`plab ta`lim muassaslarida aynan virtual ta`lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. 
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP prosessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS X, Novwll Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.5.
Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin