I.N. Cho’liyev-b.f.n.-ikrom_ch@rambler.ru
B.X. Jovliyev-baxtiyordilorom@mail.ru
K.T. Dustov-karim.dustov@qarshidu.uz
G.B .Buranova-gulnoza.2015@mail.ru
H. N. Hazratova-h.hazratova@mail.ru
J.A. Latofat-jamolovalatofat08@gmail.com
Ajratilgan akademik soat hajmi
150 soat
Talabalarni erkin qabul qilish kuni
Seshanba 14:00-16:00
Chorshanba 14:00-16:00
Payshanba 14:00-16:00
60 (aud)
Mustaqil ta’lim
90
Ma’ruza
30
Amaliy
30
Fanning maqsadi Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi – odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, organizmning ontogenetik taraqqiyoti turli davrlaridagi fiziologik jarayonlarni u yashab turgan sharoitga bog‘lab o‘rganadigan fan hisoblanadi. Bu fan yosh organizmning umumiy tuzilishi va asosan funksiyalari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, yosh organizmning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi va talabalarga bu boradagi tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishda muhim o’rin tutadi.
Shuningdek, maktab gigiyenasi - maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tegishli gigiyenik talab va me’yorlarni o‘rganadi, shu yo’l bilan yosh organizmning sog‘lig‘ini himoya qilishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan rivojlantirishiga yaqindan ko’maklashadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanini o’rganishdan maqsad – yosh avlodning sihat-salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, etuk shaxs qilib tarbiyalash masalalarini biologik nuqtai-nazardan o’rganish va tahlil qilish.