ORALIQ NAZORAT (ON). Ushbu nazorat turi semestrning (5-haftasida) belgilangan kunida dars mashg‘uloti vaqtida (yozma shaklda yoki kompyuter dasturida) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi.
1. Og’zaki savol-javob orqali o’tilgan mavzulardan 3-5 ta savoldan iborat variant bo’yicha olgan bilimi 15 ballgacha baholanadi.
2.Test. Modulning o’tilgan mavzulardan uch darajali testlar asosida15 ballgacha baholanadi..
Yakuniy nazorat (YaN).Modulning oxirgi (10-haftada) haftasida test, atamalar izohi va muammoli vaziyat (oraliq yakuniy nazoratdan keyingi o‘tilgan mavzular asosida) ko‘rinishida amalga oshiriladi (yozma shaklda yoki kompyuter dasturida). Yakuniy nazorat variantlari o‘tilgan mavzular asosida tayyorlanadi.