Tayanch iboralar: ontogenez, individual, vichinfeksiya, narkomanlar, valeologiya, embrional davr gastruiyatsiya, endoderma, mezoderma, endoderma, o’sish, yetilish davri, keksayish davri
1.1. Valeologiya – tibbiy-pedagogik va ijtimoiy toifadagi fan bo’lib, jismonan, ham ruhan sog’lom bo’lgan millat namoyondalarini tarbiyalash va takomillashtirishni o’rgatadi.
Valeologiya so’zi yunoncha «vale» - so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi salomat bo’lish degan ma’noni bildiradi. Bu atama birinchi marta 1982 yilda I.I.Brexman tomonidan taklif etilgan. Salomatlik inson tomonidan biologik va ijtimoiy faoliyatini to’liq va keng miqyosda bajirishi uchun eng asosiy omil bo’lib, uning poydevoridir. Odam salomatligi ijtimoiy, tashqi muhit va biologik omillarning o’zaro murakkab munosabati natijasidir. Insonning ma’naviy jihatdan yetuk bo’lishida adabiyot, san’at va dinning ahamiyati yetakchi bo’lsa, jismoniy jihatdan sog’lom rivojlanishida sport, jismoniy tarbiya va sog’liqni saqlash tizimining ahamiyati bebahodir.
Rossiya Federatsiyasi fanlar akademiyasining akademigi V.P.Petlenkoning fikricha, valeologiya fanining rivojlanishi, salomatlik to’g’risidagi tafakkurning rivojlanishidir. Valeologiya kafedrasi birinchi marta 1987 yilda Leningraddagi vrachlar malakasini oshirish instituti qoshidagi professor V.P.Petlenko tomonidan tashkil etilgan.
Valeologiya fanining vazifasi sog’lom yoki kasallikka moyil inson xususiyatlarini o’rganishdan iborat bo’lsa, uning maqsadi har bir inson salomatligini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash to’g’irsidagi nazariy va amaliy fanlar bilan qurollantiradi.
Valeologiya o’rganadigan va hal qiladigan muammolar quyidagilar, ya’ni
Salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o’rganish;
Valeologiya ta’limni o’rgatish borasida nazariy va uslubiy qo’llanmalar yaratish.
I.I.Brexman, G.L.Apanasenko va boshqa bir guruh olimlar fikricha, salomatlikning holatiga turli omillar ta’siri quyidagicha: irsiyat – 20%; tashqi muhit ta’siri – 20%; turmush tarzi – 50%; tibbiy yordam darajasi – 10%.
Valeologiya fanining o’rganilishi 2 qismga: ya’ni, nazariy va amaliy valeologiya kabilarga bo’lingan. Nazariy valeologiya tibbiy-biologik, pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslariga tayangan bo’lsa, amaliy valeologiya o’z navbatida 2 bo’limga ajraladi. Tashxisiy valeologiya salomatlikning o’lchov ko’rsatkichlarini aniqlash bilan chegaralansa, xususiy amaliy valeologiya organizmning sog’lomlashtirish muammolarini hal qiladi.
Valeologiya salomatlikning nazariy va amaliy asosi bo’lib, salomatlik haqidagi nazariya nafaqat tibbiy-biologik konsepsiyalar asosida yaratiladi, balki jismoniy tarbiya va sport nazariyasiga ham asoslanadi.
Valeologiya fani yosh bo’lishiga qaramasdan, kelajakda insonshunoslikka oid fanlar orasida yetakchi o’rinni egallaydi. Shuningdek, inson va uning salomatlik muammolarini hal qilish tizimida yuqori toifali mutaxassislar tayyorlash uchun muhim bilim beradigan fan hisoblanadi.
1.2. Organizmning o’sishi va rivojlanishi bu murakkab jarayon bo’lib, u hujayralarda sodir bo’ladigan modda almashinuvi bilan bog’liq. Rivojlanayotgan organizmlarning asosiy struktura va funksional manbai bu hujayralarning ko’payishi, shakllanishi yetilishi va hujayra tarkibiga kiruvchi strukturalarning takomillanishidir.
Organizm o’z taraqqiyoti davrida bir nechta bosqichlarni o’taydi, ya’ni ontogenezni.Bu termin 1-marotaba Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. Ontogenez organizmning otalangan tuxum davridan boshlanib, o’lish davrigacha bo’lgan qismini o’z ichiga oladi. U 2 bosqichni: prenatal ya’ni, embrional davr va postnatal ya’ni tug’ioishdan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi.
Otalanish jarayoni erkak jinsiy hujayrasi-spermatozoid va urg’ochi jinsiy hujaylasi-tuxum hujaylasi o’zaro qo’shilishidan iborat.
Spermatozoid xivchinli harakatchan hujayralar turiga kirib, kattaligi 60-70 mikronga teng bosh, bo’yin va dum qismlari farqlanadi.
Tuxum hujayrasi tuxumdonda yetilib, diametri 130 mikronga teng. Tuxum hujayra yumaloq shaklga ega, tarkibida yadro, sitoplazma o’ralgan. Sitoplazmada sariqlik moddasi teng tarqalgan. Sariqlik moddasi oqsillarning sintez qilinishi uchun zarur energiya manbaidir. Otalanish jarayoni tuxkm yo’llarida sodir bo’lib, u zigota deyiladi. Shundan keyin hujayralar blastomerlarga aylanadi, blastomerlar 2 xil bo’ladi: och va to’q rangli och rangli blastomerlar tez bo’linishi natijasida markazda joylashgan to’q rangli blastomerlarni atrofidan qoplab oladi. Embrionning bu davri sterroblastula deyilib, bu davrdan keyin troffoblast ona organizmi bilan bog’lanadi.
Embrional taraqqiyotning keyingi bosqichi bu blastotsistani hosil bo’lishidir. Blastotsista trofoblast va embrioblastdan tashkil topgan.
Embrional taraqqiyotning keyingi bosqichi gastrulyatsiya deyilib, bunda 3 ta embrion varaqlari hosil bo’ladi. Bu davr urug’lanishdan so’ng 7 sutkadan boshlanib, 15 sutkagacha davom etadi. Gastrulyatsiya jarayoni bilan parallel holda, maxsus embriondan tashqi a’zolar ham hosil bo’ladi.
Embrional taraqqiyotning 20-21 kunidan boshlab, embrion tanasi embriondan tashqari organlardan ajraladi. Embrionni ona organizmi bilan tutashtiruvchi organ kindik qini paydo bo’ladi.
Har bir embrion varaqlar hujayralarning takomillashishi natijasida o’ziga xos to’qima va organlar hosil bo’ladi.