Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə15/18
tarix24.11.2023
ölçüsü3,71 Mb.
#133890
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mohigul hisobot

X. Yakunlovchi qoida
53. Nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


II. O’quv ishlari
II.1. Fanlar boʼyicha kalendar rejalar tuzish
Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi ta’lim yo‘nalishi fanning o‘quv dasturi, ishchi dasturi kabi meyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va aloxida shakl ko‘rinishida yoritiladi.
Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi kafedra mudiri tomonidan o‘quv yili boshlangunga qadar kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlanadi. Kalendar reja ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya, kurs loyihalari kabilarning mavzulari va ularning bajarilishlari bo‘yicha nazorat qilib boruvchi meyoriy hujjat hisoblanadi.


II.2 Ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg`ulotlarida ishtirok etish

Ilmiy pedagogik faoliyatimda fanlardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg`ulotlarida ishtirok etish bо‘yicha reja qilgan ishlarimni bosqichma-bosqich bajarish hamda pedagogik kо‘nikmalariga ega bо‘lish maqsadlarida


“Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi dots., i.f.n. A.B.Qurbonovning “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi MM-155-21, MM-154-21 guruhlarida “Makroiqtisodiyot” fanidan “To‘lov balansi” mavzusidagi ma’ruza mashg‘ulotiga kuzatuvchi bo‘lib kirdim.
Ma’ruza mashg’uloti 2023 yil 12 may kuni 8-401-xonada II soat 830 – 950 ga qadar bo‘lib o’tdi. Ma’ruza mashg‘uloti 830 da 8-401 xonada boshlandi. Darsning tashkiliy qismi bajarildi: Talabalar bilan salomlashildi, davomat aniqlandi, xona tozaligiga e’tibor qaratildi. Guruhlarda 58 nafar talaba bo’lib, bugungi darsda 55 nafar talaba qatnashishmoqda. 3 nafar talaba kasalligi sababli darsga qatnasha olmadi. Dots. A.B.Qurbonov dars mashg‘ulotini boshlashdan oldin axborot yangiliklari jumladan, jamiyatimizdagi bo‘layotgan jarayonlar OTMlar faoliyatiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi
Shundan so‘ng yangi mavzu bilan tanishtirildi. “To’lov balansi” mavzusi haqida nazariy tushunchalar berildi. Talabalarga to’lov balansining mohiyati va rivojlanish xususiyatlari, huquqiy asoslari haqidagi bilimlar berildi.
2023 yilning 6-may kuni “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishi MM-155-21 guruhida “Makroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulot soat 1130 dan 1250 ga qadar 8-307 xonada bo‘ldi. Ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars o‘tildi.
Guruh jurnalida 28 nafar talaba bo’lib, bugungi darsda 27 nafar talaba qatnashishmoqda. 1 nafar talaba kasalligi sabali dars mashg`ulotiga qatnasha olmadi.
Shundan so‘ng talabalarga odob - axloq, hozirgi kundagi jarayonlar va kun yangiliklari haqida qisqacha ma`lumot berib o‘tildi. Talabalardan o‘tilgan mavzu bo‘yicha, ya’ni “Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish” mavzusi yuzasidan erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida tushuncha, O‘zbekiston mintaqalarining taraqqiyot dasturi bo‘yicha rivojlanish ko‘rsatkichlari haqida fikrlar bayon etildi, mintaqalarning huquqiy asoslari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, mavzu boyicha savol-javob o‘tkazildi.
Amaliy mashg‘ulot darsi “To‘lov balansi” mavzusi bo‘yicha boshlandi. Bunda talabalardan mamlakat to’lov balansida bo‘layotgan iqtisodiy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Dars ta’limning “Aqliy hujum”, “Test”, “Blits-savol” tahlil usullaridan foydalangan holda tashkil etildi. Ta’limning “Blits-savol” usulidan samarali foydalanish, talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Dars davomida talabalar juda faol va mavzu yuzasidan juda qiziqish bilan berilgan savollarga javob berishdilar. Har bir talabaga variantlar boyicha topshiriq tarqatildi va ular o‘zlariga tegishli variant bo‘yicha testlarni belgilab berishdi. Shuningdek, talabalar doskada “Klaster” usulida topshiriqlarni bajarishdi.
Shundan so‘ng darsda faol ishtirok etgan talabalar baholanib, mavzuni mustaqil o‘rganish uchun adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi, topshiriqlar berildi va darsga yakun yasaldi.
Fanga oid meyoriy hujjatlar nusxalari quyida keltirilgan.



Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin