II.3. Talabalarning nazorat ishlarini tekshirish
Talabalarning nazorat ishlarini Iqtisodiyot fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi MM-155-21 guruhida “Makroiqtisodiyot” fanidan 2023 yil 18-mayda o‘tkazilgan nazorat natijalari bo‘yicha o‘rgandim.
III.Ma’naviy-axloqiy-tarbiyaviy ishlar
III.1. Magistratura talabalari ilmiy rahbarligiga biriktirilgan akademik guruhlarida murabbiylik ishlarini olib borish uslublarini o’rganish
Bizning respublikamizda qabul qilingan oliy ta’lim tizimida qabul qilingan hujjatlarga muvofiq boshqa mamlakatlar oliy ta’lim tizimlaridan ajralib turadigan jihatlaridan biri shundaki, bizda ta’lim va tarbiya ishlar bir-biriga uzviy ravishda bog‘langan holda olib boriladi. Oliy ta’lim muassasalarida har bir akademik guruh uchun murabbiylar biriktiriladi va dars jadvaliga asosan murabbiylar о‘zlari biriktirilgan guruhlarda о‘quv yilining boshlanishida rejalashtirilgan murabbiylik ish rejasi asosida ishlarni tashkil etadi.
Murabbiylik ish rejasi о‘z ichiga: tashkiliy ishlar; ilmiy –о‘quv ishlari; tarbiyaviy ishlar; ma’naviy-ma’rifiy ishlar kabilarni qamrab oladi.
Dars jadvaliga asosan murabbiy о‘zguruhida “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotini har haftada о‘tadi va bajarilgan ishlarni bayonnomalar shaklida hujjatlashtiradi. Yig‘ilishda guruh rahbari guruhda darsga qatnashishi sust talabalarni jalb qilish, baholari past talabalarga tanbeh berish, fakultet va instituti bayram xamda, tadbirlariga faol ishtirok etish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Har bir bayonnoma uch nusxada bo‘ladi. Bayonnomaning bir nusxasi murabbiylik ishini olib borayotgan professor-o‘qituvchining murabbiylik papkasiga tikiladi, ikkinchi nusxasi kafedra ishlari papkasiga tikiladi, uchinchi nusxasi esa fakultet dekanatiga topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |