KIRISH O‘zbekistonda ta’lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-madaniy hayotining eng muhim yo‘nalishidir. Ta’limning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan.
Ma’lumki, ta’lim sohasi doimo ilm, madaniyat va ma’naviyat uchog‘i hisoblangan, ilmli insonlar doimo qadrlanib kelingan. Ayniqsa fan-texnika taraqqiyoti natijalari shiddat bilan iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etilayotgan bir vaqtda jamiyatga eng avvalo tashabbuskor ,ijodkor kadrlar zarur. Zamonaviy shaxs kuzatish,tahlil qilish, taklif berish, qabul qilgan qarorlar uchun javob bera olishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida shunday muhitni shakllantirib borish kerakki, talabalarda yuqorida qayd etilgan hislatlar rivojlantirilib borilishi zarur. Shuning uchun ta’lim jarayonini shunday tashkil etish zarurki, bunda talabalarning ijodkorlik qobiliyati rivojlantirilib borilishi, uning individual qobiliyatlari namoyon bo‘lmog‘i zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi.”1 Ushbu talablarga ko‘ra, bo‘lajak magistrlar uchun pedagogik faoliyatni to‘liq darajada o‘zlashtirishlari talab etiladi. Ular pedagogik faoliyat davomida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim.
Magistrantlarning ilmiy-pedagogik ishi, olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni egallashlari hamda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun imkon yaratadi.
Men 70310301 –“Mintaqaviy iqtisodiyot” magistratura mutaxassisligi bо‘yicha 1-kursda tahsil olaman va ilmiy-pedagogik ishi boʼyicha faoliyatimni “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasida olib bormoqdaman. Ilmiy pedagogik ishimni mutaxassisligimning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda magistrlar tayyorlash o’quv rejasiga hamda shaxsiy kalendar ish rejamning 2023-2024 o’quv yili 1-semestrida belgilangan ishlar asosida tashkil etib amalga oshirilgan ishlarni quyidagi ma’lumotlar asosida keltirdim.