Ilashish koeffitsiеnti — ikki jismning tinch holatdagi eng katta ishqalanish kuchining jismlarni bir-biriga siqib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan mе'yorida bo’lgan kuchga nisbati
Ilashish koeffitsiеnti — ikki jismning tinch holatdagi eng katta ishqalanish kuchining jismlarni bir-biriga siqib turadigan, ishqalanish sirtlariga nisbatan mе'yorida bo’lgan kuchga nisbati.
Qattiq qotishmalar qattiqligi, mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi, o‘tga chidamliligi yuqori bo‘lgan qiyin eriydigan karbidlar asosida tayyorlanadi. Qattiq qotishmalaming bu xossalari ular 800-1000°C gacha qizdirilganda ham saqlanadi. Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra qattiq qotishmalar quyma va metall-keramik xillarga boiinadi. Metall-keramik qotishmalar volfram, titan va tantal karbidlari kukunlarini kobalt bilan birga pishirib olinadi. Kobalt qotishmalarga qovushoqlik berish uchun qo‘shiladi. Quyma qattiq qotishmalar maxsus elektrodlar (GOST 10051-75) ko‘rinishida, asbob yoki detalga suyultirib yopishtirishga yaroqli holda tayyorlanadi. B2K, B3K qotishmalari (stellitlar), sormayt quyma qotishmalarga kiradi. Stellitlar volfram, xrom va kobalt asosidagi qotishmalardir. Bu qotishmalar shtamplar, metallni qirqish pichoqlari, tokarlik dastgohlarining markazlari kabi yangi yoki yoyilgan detal va asboblar sirtiga suyultirib qoplanadi.