Qаtnаshdilаr: seminar raisi prof. D. Q. Durdiyev, seminar kotibi PhD. Z. R. Bozorov, f m. f d. (DSc). M. X. Teshayev, f m. f d. (DSc). Z. I. Boltayev, f m. f d. (DSc) T. H. Rasulov, dots. H. R. Rasulov, dots



Yüklə 48,65 Kb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü48,65 Kb.
#140054
  1   2   3   4   5
Seminar.Durdiyev (автовосстановление) (2)

«TАSDIQLАYMАN»


V.I.Romanovskiy nomidagi
Matematika instituti ilmiy ishlar
boʼyicha direktor oʼrinbosari
_______________ U.А. Roziqov
«_____» _______________ 2023y.

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro boʼlinmasi ilmiy seminarining 2023 yil 21-sentyabrdagi yigʼilishi


BАYONNOMАSI
QАTNАSHDILАR: seminar raisi prof. D.Q. Durdiyev, seminar kotibi PhD. Z.R. Bozorov, f.-m.f.d. (DSc). M.X. Teshayev, f.-m.f.d. (DSc). Z.I.Boltayev, f.-m.f.d. (DSc) T.H. Rasulov, dots. H.R. Rasulov, dots. N.H. Mamatova, dots. N. Q. Esanov, PhD. Z.J. Nuriddinov, PhD. E.B. Dilmurodov, PhD. А.А. Rahmonov, PhD. J.J. Jumayev, Matematik analiz va Differentsial tenglamalar kafedralari professor-oʼqituvchilari, doktorantlari va magistrantlari.
KUN TАRTIBI: Buxoro Muhandislik-texnologiyalar instituti tayanch doktoranti Rayimov Doniyor G’ofurovichning 01.02.01-“Nazariy Mexanika” ixtisosligi boʼyicha fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalashning xususiyatlari” nomli dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: f.-m.f.d., prof. Teshayev M.X..
Dissertatsiya ishi Buxoro Muhandislik-texnologiyalar institutida bajarilgan.
EShITILDI:
1. Seminar raisi prof. D.Q.Durdiyev, seminar qatnashchilarini kun tartibi bilan tanishtirdi va soʼzni “Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalashning xususiyatlari” mavzusidagi 01.02.01-“Nazariy Mexanika” ixtisosligi boʼyicha fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining asosiy mazmunini bayon etish uchun tayanch doktorant D.G’.Rayimovga berdi.
2. D.G’.Rayimov dissertatsiyaning asosiy mazmuni boʼyicha tayyorlangan maʼruzasida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, tadqiqotning Oʼzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari taraqqiyotining ustuvor yoʼnalishlariga mosligi va ilmiy tadqiqot loyihalari bilan bogʼliqligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obʼyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqotning natijalarini amalda joriy qilish holati, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʼyicha maʼlumotlarni bayon qildi.
Shuningdek, dissertatsiyaning boblari va paragraflarining mazmun-mohiyatini ochib berdi.
Maʼruza davomida D.G’.Rayimov tomonidan “Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalashning xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi boʼyicha olib borilgan ilmiy ishning asosiy natijalari bayon qilindi.
Dissertatsiya kirish qismi, toʼrtta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan tashkil topgan. Dissertatsiyaning hajmi 120 betni tashkil etgan.
Dissertatsiyaning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʼnalishlariga mosligi koʼrsatilgan, mavzu boʼyicha xorijiy va mahalliy ilmiy-tadqiqotlar sharhi, muammoning oʼrganilganlik darajasi keltirilgan, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obʼyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʼyicha maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning « Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo'lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalash bo’yicha ishlar tahlili » deb nomlangan birinchi bo’limi dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo'lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalash bo’yicha ishlar tahliliga bag’ishlangan adabiyotlarning qisqacha tahlili keltirilgan. Аdabiyotlar tahlilidan kelib chiqib xulosalar qilingan. Bu xulosalar asosida dissertatsiya ishining maqsadi belgilangan va shu maqsadga muvofiq vazifalar qoʼyilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi « Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo'lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalash masalasining qo’yilishi va yechish metodlari » deb nomlanuvchi ikkinchi bobida, massalari bo’lgan va o’zaro massasiz deformatsiyalanuvchi elementlar (prujinkalar) bilan bog’langan N ta deformatsiyalanmaydigan jismlardan iborat sistema qaraladi. Bu bob to’rt paragrafdan iborat boʼlib, birinchi paragrafida masalani umumiy qoʼyilishi va asosiy munosabatlar keltirilgan. Ikkinchi paragrafida esa dissipativ bir jinsli bo'lmagan mexanik tizimlarda xos va majburiy tebranishlar masalalarini yechish metodikasi keltirilgan, uchinchi patagtifida erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni faol vibratsidan himoyalash va to’rtinchi patagtifida esa dissipativ bir jinsli bo'lmagan mexanik tizimlarda passiv va aktiv vibratsiyadan himoyalash masalasini yechish algoritmi keltirilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi « Erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni virratsiyadan faol himoyalash masalasining matematik modelini tadqiq qilish» deb nomlangan uchunchi bobimiz birinchi paragrafida erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan faol himoyalash matematik modelini ishlab chiqish, ikkinchi paragrafida esa erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarning faol majburiy tebranishlari masalasini yechish algoritmi va olingan sonli natijalar tahlili keltirilgan.
Dissertatsiyaning toʼrtinchi bobida Vibratsion yuklanishlar ta’sirida bo’lgan dissipativ bir jinsli bo’lmagan mexanik sistemalarning xos va majburiy tebranishlar haqida masalalari qoʼyilishi, yechish metodikasi, algoritmi va sonli natijalari tadqiq qilingan.
Dissertatsiya mavzusi boʼyicha jami 13 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 1 tasi respublika va 6 tasi xorijiy jurnallarda nashr qilingan.
3. D.G’. Rayimov maʼruzasini tugatgandan soʼng dissertatsiya ishining muhokamasiga oʼtildi.
Maʼruza davomida maʼruzachiga prof. D.Q.Durdiyev, prof. M.X.Teshayev, PhD. А.А. Rahmonov tomonidan savollar berildi. Maʼruzachi tomonidan barcha savollarga ijobiy javob berildi.

Yüklə 48,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin