f.-m.f.f.d. (PhD) А.А.Rahmonov: Bu
(1) tengsizlikni qayerdan oldingiz.
Javob: Bu tengsizlik turg’inlik sharti hisblanadi ya’ni qaralayotgan tenglamaning yechimining haqiqiy qismining manfiyligini ta’minlab beruvchi shart hisoblanadi. Yechimning turg’inligini Raus - Gurvits kriteriysiga ko'ra (3-darajali sistema uchun), haqiqiy koeffitsientlari va bo’lganda xarakteristik tenglamaning ildizlari manfiy haqiqiy qismlarga ega bo'lishi uchun (sistema asimptotik jihatdan barqaror bo’lishi uchun) (1) shartning bajarilishi zarur va etarli.
Seminar raisi: Аgar maʼruzachiga boshqa savollaringiz boʼlmasa, rahmat. Yana kimda dissertatsiya ishi boʼyicha fikr-mulohazalar va takliflar bor?
F.-m.f.d., (DSc) Z.I. Boltayev: Mana dissertatsiya ishining mazmuni bilan tanishib chiqdik. Dissertatsiya mavzusi boʼyicha nashr qilingan ishlar juda yaxshi, Oʼzbekiston Respublikasi OАK talablariga toʼla javob beradi. Dissertant 01.02.01-“Nazariy maxanika” ixtisosligi boʼyicha fizika- matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb oʼylayman. Yuqorida aytib oʼtilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ishni keyingi bosqichlarga tavsiya etish lozim deb hisoblayman.
Seminar raisi: Yana soʼzga chiqadiganlar bormi? Аgar boshqa fikr bildiruvchilar boʼlmasa, dissertatsiya muhokamasini yakunlaymiz.
Hurmatli Ilmiy seminar aʼzolari, olingan ilmiy natijalarga shubha yoʼq, natijalar joriy qilinganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar mavjud, dissertatsiyada ixtisoslikka tegishli koʼp masalalar toʼliq yechilgan. Ish toʼliq bajarilgan, ammo dissertatsiyaning baʼzi joylarida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, oʼzgartirishlar kiritish kerak.
Ilmiy seminar quyidagicha xulosa qiladi:
ILMIY SEMINАR XULOSАSI Buxoro Muhandislik-texnologiyalar instituti tayanch doktoranti Rayimov Doniyor G’ofurovichning “Dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalashning xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini eshitib va muhokama qilgan holda ilmiy seminar aʼzolari taʼkidlaydi: dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi.