Qаtnаshdilаr: seminar raisi prof. D. Q. Durdiyev, seminar kotibi PhD. Z. R. Bozorov, f m. f d. (DSc). M. X. Teshayev, f m. f d. (DSc). Z. I. Boltayev, f m. f d. (DSc) T. H. Rasulov, dots. H. R. Rasulov, dots


Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi



Yüklə 48,65 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü48,65 Kb.
#140054
1   2   3   4   5
Seminar.Durdiyev (автовосстановление) (2)

Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi
Dissertatsiya mavzusi boʼyicha jami 13 ta maqolalar chop qilingan boʼlib, ulardan 7 ta Oʼzbekiston Respublikasi OАK roʼyxatiga muvofiq keluvchi ilmiy jurnallardagi maqolalar, shundan 6 tasi xorijiy jurnalda chop qilingan. Dissertatsiya natijalari asosida 2 ta xalqaro va 4 ta respublika miqiyosida oʼtkazilgan konferentsiyalarda tezislar chop qilingan.
Dissertasiya mavzusining dissertasiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasaning ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bogʼliqligi. Dissertasiya tadqiqoti Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2016 - 2020 yillarda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining, OT-F4-01 raqamli “Qovushqoq suyuqlik oquvchi koʼp qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli boʼlaklarning harorat va dinamik yuklanishlar tasirida chiziqli boʼlmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini oʼrganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental ilmiy-texnikaviy loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv va aktiv himoyalash metodikasi va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari :
- dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv himoyalash masalasining qo’yilishi, yechish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish;
- majburiy vibratsion ta’sirlar ostida bo’lgan dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalarni vibratsiyadan passiv himoyalash masalasining qo’yilishi, yechish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish;
- dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemalar xos tebranishlari masalasining qo’yilishi, yechish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish;
- vibratsiyadan aktiv himoyalash nazariyasi asosida erkinlik darajasi chekli bo’lgan qovushqoq-elastik mexanik sistemalar tebranishlari rezonans amplitudalarining pasayishi masalasining qo’yilishi, yechish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish;
- dissipativ bir jinsli bo’lmagan va erkinlik darajasi chekli bo’lgan mexanik sistemaning rezonans soha elementlari tebranishlari amplitudasi uchun “Troyanovskiy -Safarov” effekti o’rinli bo’ladigan parametirlarini topish;
- dissipativ mexanik sistemalar tebranishlarining ko’chishlar amplitudasini aktiv vibrohimoyalashda turg’unligiga baho berish;

Yüklə 48,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin