Qаtnаshdilаr: seminar raisi prof. D. Q. Durdiyev, seminar kotibi PhD. Z. R. Bozorov, f m. f d. (DSc). M. X. Teshayev, f m. f d. (DSc). Z. I. Boltayev, f m. f d. (DSc) T. H. Rasulov, dots. H. R. Rasulov, dots



Yüklə 81,44 Kb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü81,44 Kb.
#140052
1   2   3   4   5
Seminar.Durdiyev (B.E. Husenov) (3)

f.-m.f.d., (DSc) Z.I.Boltayev: Mana dissertatsiya ishining mazmuni bilan tanishib chiqdik. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr qilingan ishlar juda yaxshi, Oʼzbekiston Respublikasi OАK talablariga to‘la javob beradi. Dissertant 01.01.01-“Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha fizika- matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb o‘ylayman. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ishni keyingi bosqichlarga tavsiya etish lozim deb hisoblayman.
Seminar raisi: Yana so‘zga chiqadiganlar bormi? Аgar boshqa fikr bildiruvchilar bo‘lmasa, dissertatsiya muhokamasini yakunlaymiz.
Hurmatli Ilmiy seminar aʼzolari, olingan ilmiy natijalarga shubha yo‘q, natijalar joriy qilinganligini tasdiqlovchi dalolatnomalar mavjud, dissertatsiyada ixtisoslikka tegishli ko‘p masalalar to‘liq yechilgan. Ish to‘liq bajarilgan, ammo dissertatsiyaning baʼzi joylarida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, o‘zgartirishlar kiritish kerak.
Ilmiy seminar quyidagicha xulosa qiladi:

ILMIY SEMINАR XULOSАSI
Buxoro Davlat universiteti tayanch doktoranti Husenov Behzod Erkin o‘g‘lining “A(z)-analitik funksiyalar uchun Karleman formulasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini eshitib va muhokama qilgan holda ilmiy seminar aʼzolari taʼkidlaydi: dissertatsiya ishi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 20 ta maqolalar chop qilingan boʼlib, ulardan 6 ta O‘zbekiston Respublikasi OАK ro‘yxatiga muvofiq keluvchi ilmiy jurnallardagi maqolalar, shundan 2 tasi xorijiy jurnalda chop qilingan. Dissertatsiya natijalari asosida 10 ta xalqaro va 4 ta respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda tezislar chop qilingan.
Dissertatsiya mavzusining dissertasiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasaning ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertasiya tadqiqoti Qarshi Davlat universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining, OT-Atex-2018-340- raqamli “Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi va O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan MRU-OT-9/2017 “Ko‘p o‘lchovli kompleks analiz” mavzusidagi fundamental loyihasi doiralarida bajarilgan.

Yüklə 81,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin