Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan kengayishi



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#137109
1   2   3   4   5   6
Qattiq jismlarning mexanik xossalari. Moddalarning issiqlikdan k

Elastiklik chegarasi σe deb σ ning deformatsiya va unga qo`yilgan kuch orasidagi proportsionallik saqlanadigan chegaradagi qiymatiga,ya’ni Go`k qonuni bajariladigan chegaradagi qiymatiga aytiladi.
Endi cho`zilish diagrammasi deb nom olgan kuchlanganlik σ va nisbiy deformatsiya orasidagi bog’lanishni ko`raylik.
Guk qonuni bajariladigan OA qismga elastik deformatsiya mos keladi, σe- elastiklik chegarasi. U materiallarning turiga bog’liq bo`lib po`lat uchun 5 8Pa, mis uchun esa 1,2 8 Pa ni tashkil etadi.ABCD qismga plastik deformatsiya mos keladi. AB qismda qattiq jismning oqishi vujudga keladi, ya’ni nisbiy deformatsiya mexanik kuchlanishga nisbatan tezroq o`sadi. VS qismda esa mexanik kuchlanish o`zgarmay qoladi, nisbiy deformatsiya esa ortadi. Oqish chegarasi –qismga mos keladi.D nuqta mahkamlik chegarasi ga mos keladi. Po`lat uchun u 7,85 108Pa ga, mis uchun esa 2,45 Pa ga teng.
Moddaning plastikligi Juda ko`p moddalarning plastikligi ularning elastiklik chegarasidan juda katta bo`ladi. Bunday moddalarga qayishqoq moddalar deyiladi. Ular ham elastik, ham plastik deformatsiyaga ega bo`ladi. Bundaylarga mis, ruh, temir va boshqalar misol bo`ladi.
Mum,loy,plastilin kabi elastik deformatsiya sohasi mavjud bo`lmagan moddalarga esa plastiklar deyiladi.
Mahsulotning sinishga qarshilik qilish qobiliyati nafaqat moddaning sifatiga, balki mahsulotning shakliga va ko`rinishiga ham bog’liq bo`ladi. Masalan tayoqchani cho`zishdan ko`ra bir tomonlama siqish yordamida tezroq sindirish mumkin.
Moddaning murtligi. Uncha katta bo`lmagan deformatsiya natijasida bo`laklanib ketadigan jismga murt jism deyiladi. Misol uchun shisha, chinni idishlar murt hisoblanadi. Cho`yan, marmar, kahrabo judayam yuqori mo`rtlikka ega. Po`lat, mis, qo`rg`oshinlar esa murt bo`lmagan moddalar hisoblanadi. Murt moddalarning elastiklik va mustahkamlik chegarasi qariyib bir xil. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki u yoki bu moddadan ma’lum maqsadda foydalanishda uning murtligiga e’tibor beriladi.

Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin