Maktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim malakalari, ko‘nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi
buzilishlar sababini diagnostika qiladi.
Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosabatini o‘rganish uchun ularni tekshiradi.
Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqish.
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini
aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda
foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining
namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish
psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik
taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan.
Jumladan, maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:
a)
psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi;
b)
aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi;
v)
yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati;
g)
borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi;
d)
tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi;
e)
fikrlay olish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv
jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga
yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa,
savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot
berishi anketa metodi deb aytiladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq
va yopiq usulda bo‘ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar
deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar
yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridanto‘g‘ri
aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning
ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar,
sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning
shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan,
shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz
(bezovtalik, o‘ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib
bersangiz».
Test predmetligi bo’yicha intellektual shaxsiy va
shaxslararo testlar.
Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida
xususiyati bo’yicha amaliy, obrazli va so’zli testlar.
Materiallar bo’yicha sinaluvchiga talablar, blankali va
apparaturali testlar
Dostları ilə paylaş: