Muhit va koordinatsion sub'ekt printsiplari Konkret psixologik analiz ob'ekti axloq hisoblangan bir paytda psixologiya rivojlanishidagi
ushbu qurilish bilan Dpyuning fikri bog'liqdir. U refleks to'g'risidagi deterministik tushuncha
psixologik reallikni o'rganishga to'sqinlik qilishini isbotlab berda. Boshqa bir tomondan Dpyui bu
reallikni Titchenerdan boshqacha tushundi, ya'ni uniig ostida "materiya"ni emas, boshqa sub'ekt
kechinmasini, kordinatsiya jarayonida esa sub'ekt va muhitni tushundi. Dpyui sub'ektiv idealizmni
taraqqiy etgan ilmning yangi pog'onasiga ko'tardi, qachonki turli o'zgaruvchi qarashlarni
psixologik funktsiyalarni sharhlab berish zarur bo'lgan bir paytda ular dunyoda yaratgan
tushunchalardan, ya'ni individning his etishida, harakati to'g'risidagi tushunchalarni isbotladi.
Chikago maktabi.
Jeyms va Dpyuilar funktsional psixologiyaning Chikago maktabi dasturini tayyorlashadi. Bu
dastur 1906 yilda D.N.Enjelo tomonidan Amerika psixologiya assotsiatsiyasiga taqdim qilinadi.
Unda funktsional psixologik jarayonlar haqida belgilanadi. Jarayon ehtiyoj bilan muhit o'rtasidagi
birlamchi vazifani bajaradi. Ongning asosiy belgilanishi "yangicha nisbatan akkomodatsiya"dir.
Organizm psixofizik butunlik sifatida harakat qiladi. Shuning uchun psixologiya ong bilan
chegaralanib qolmaydi. Bu sohada Enjelo strukturial psixologiyaga hujum qiladi. Agar Titchener
psixologiyani boshqa fanlardan qat'iy chegaralanishini talab qilsa, funktsionalistlar uning
nevrologiya, sotsiologiya, antropologiya bilan hamkorligini tarafdorlari bo'lishdi. Chikago
maktabida mushaklar tuzilishi va ehtiyoj faktoriga katta ahamiyat berilgan.
Ongning va xulqning faoliyatini o'rganuvchi psixofizik tartib Amerika funktsionalizmida
tabiiy-ilmiy bo'yoqqa ega bo'lib Yevropa yo'nalishidan keskin farq qiladi. Lekin ularni umumiylik
tomonlari ko'p bo'lgan.
Qisqa vaqt mobaynida gullab yashnagan funktsional maktabning teologizmi strukturalizm
singari parchalanib ketdi, boshqa oqimlar tomonidan siqib chiqarildi. Shu oqimlar funktsionalizm
muammolarini "yutib" yuboradi. Funktsionalizmning falsafiy loyihalarining bir narsa ekanligini
ko'rsatdi.