Qayd raqami


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/68
tarix01.02.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#122867
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. O'zbekistonda psixologiya fanining hozirgi holati. 
2. O'zbekistonda psixologiyaning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar. 
3. O'zbekistonda birinchi eksperimental laboratoriya haqida gapiring. 
 
8-SEMESTR 
1-MAVZU: FАNNING MЕTОDОLОGIYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHА
 
Reja: 
1. Psiхоlоgiyaning mеtоdоlоgiyasi psiхоlоgik tushunishpning mustаqil bo`limi sifаtidа. 
Fаn mеtоdоlоgiyasi tushunshаsi. Mеtоd tushunshаsini tоr vа kеng mа’nоdа tushunish. 
Mеtоdоlоgik bilimlаr tuzilishiiing vеrtikаl usuli: -fаlsаfiy mеtоdоlоgiya dаrаjаsi:-fаnning umumiy 
mеtоdоlоgiyasi: - yaqqоl-ilmiy mеtоdоlоgiya dаrаjаsi: -tаdqiqоt o`tkаzish vа uning mеtоdikаlаri 
dаrаjаsi. 
2. Mеtоdоlоgiyani fаlsаfiy tushunish: prеdmеt ishidаgi, bilimlаrning yaqqоl-ilmiy 
bulimdаgi fаrqli tоmоnlаri. Mеtоdоlоgiya vа fаlsаfа mеtоdоlоgiyasi. Mеtоdоlоgiya vа fаnshunоs 
ilmiy fаоliyati mеtоdоlоgiyasi. Mеtоdоlоgiya vа psiхоlоgiya. 
3. Psiхоlоgiya bilimlаr butun bir tizim ekаnligi hаqidаgi tаsаvvurlаr. Psiхоlоgiyaning 
хususiy mеtоdоlоgik mаsаlаlаri vа dаrаjаlаri. Psiхоlоgiyaning хususiy mеtоdоlоgik tаdqiqоtlаri 
mаqsаd vа vаzifаlаri. 
Umumiy metodologiyaning fan metodologiyasi tarmog‘i fan tizimining tarkibiy qismi 
bo‘lib, ilmiy tadqiqotning umumiy va xususiy metodlarini o‘rganadi, shuningdek, ob’ektiv 
real borliqning turli xususiyatli toifalariga hamdahar xil ilmiy muammolar turkumiga nisbatan 
ilmiy yondashuvlar, qarashlarning prinsiplarini tadqiqotqiladi. 
Ilmiy tadqiqotning umummetodologik prinsiplari dialektik bilish (kognitiv) nazariyasi 
va mantiq (logika) fanla rida mujassamlashgan bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladihamdao‘z 
ta’sirini o‘tkazadi. Prinsiplar ta’kidlab o‘tilgan fanlarning negizida fan metodologiyasi sohasi 
yuzaga keladi, rivojlanadi va o‘z navbatida tadqiqot muvaffaqiyatini ta’minlaydi, aks etishning 
mukammalligiga puxta zamin hozirlaydi. Fan metodologiyasi sohasi ilmiy tarmoqning ob’ekti 
sanalib, ilmiy tadqiqotning aynan jarayoni bo‘libhisoblanadi, ya’ni ilmiy bilish faoliyati bir 
butun organiq uzviy birlikda, uning tarkibiy qismi bo‘lmish fan metodologiyasi bilan o‘zaro 
uzviy aloqada, izchil uyg‘unlikda olib qaraladi. U yoki bu ilmiy tadqiqotning ob’ekti, ya’ni 
mazkur tadqiqot real voqelikning qaysi doirasi bilan munosabatga kirishishi tahlilining 
predmeti yoki ob’ektning maxsus jabhasi yaqqol holatni o‘rganishda namoyon bo‘ladi. 
Tadqiqotni oldiga qo‘yilgan maqsad va ilmiy muammolarning yechimi jarayonidagi tadqiqotni 
amalga oshiruvchi aqliy faoliyatning bosqichlari, yuzaga kelgan vaziyatning xususiyatlari, 
shartsharoitlari muvaffaqiyatga erishishning negizi sanaladi. Tadbiqiy xususiyatli xilmaxil 
muammolarni yechishda qatnashuv fanning ijtimoiy funksiyasining kengayishi, ilmiy (aqliy) 
faoliyatning differensiallashuvi, murakkablashuvi munosabati bilan bilimlar va ularni 


egallashni maxsus tahlil predmetiga aylantirish zarurati paydo bo‘ladi. Shuningdek, hozirgi 
zamon fan va texnika tizimida ko‘pgina masalalar har xil sohalar bo‘yicha mutaxassislarning 
namoyandalari ishtirok etuvchi bir kator ilmiy guruhlar (mikro, mize ko‘lamli), jamoalar 
kuchini, aqliy salohiyati, ichki imkoniyatlarini birlashtirishni talab qiladi. 
Xuddi shu munosabat bilan fan metodologiyasi fanlararo tadqiqotni tashkil etishning 
rasional va samarador metodlarini ishlab chiqish, modifikatsiyalash, qorishiq shakliga 
keltirish, qayta qurish, ularning invariantlarini topish va yangi vaziyat (sharoiti)ga fikran 
ko‘chirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi zamon fan metodologiyasida bilishning (kognitiv 
holatning) umumiy prinsiplari, umuman olganda, fanning kategorial tuzilishini tadqiq etuvchi 
falsafiy metodologiya to‘rini ajratishga o‘rinish mavjud. 
Bizningcha, uning tarkibiga qo‘yidagilarni kiritish mumkin: 
1. 
Fanning har xil sohalarida olib boriladigan tadqiqotlarning umumilmiy 
prinsiplari va shakllarining darajasi (masalan, nazariy kibernetika, umumiy psixologiya, 
sistemali va faoliyatli yondashuvlar va xokazo). 
2. 
Yaqqol (qonkret) ilmiy metodologiyaning darajasi, boshqacha so‘z bilan 
aytilganda, u yoki bu ilmiy predmetga tatbiqqilinuvchi tadqiqoto‘tkazish prinsiplari va 
metodlarining majmuasi. 
3. 
Tadqiqoto‘tkazishning texnikasi, texnologiyasi metodikasining darajasi, ya’ni 
ishonchli amaliy ma’lumotlar olishni va dastlabki amaliy yoki miqdoriy materiallarni qayta 
ishlashni 
(statistik 
texnologiyani) 
ta’minlovchi yo‘lyurikdar tanlash. Tadqiqot 
ishtirokchilarining yosh va gender xususiyatlari, milliy qiyofasi, intellektual darajasi, umumiy 
saviyasi, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy tayyorgarlik ko‘rsatkichi. 
4. 
Tadqiqotni amalga oshirish jarayonidagi muhitning, vaziyatning, ob’ektiv va 
sub’ektiv shartsharoitning «inson omili»ga yo‘nalganligi. 
5. 
Tajribasinov materiallari ob’ektlarining umumiy talablarga mutanosibligi, 
kashfiyotlarning ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etishi, jahon sivilizatsiyasiga ta’sir 
o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi va hokazo. 
Psixologiya fanining metodologiyaga dahldor muammolari to‘g‘risida aniq, ravshan 
mulohaza 
yuritish 
orqali 
metodologiyaning 
o‘ziga qanday ta’rif berilganligini 
tahlilqilibchiqish lozim, bu borada maxsus nashrlarda (ensiklopediya, falsafiy va psixologik 
lugatlarda, ayrim monografiyalarda hamda darsliklarda) «metodologiya» terminining 
turlituman shaklda, keng va tor ko‘lamda mohiyatini ochib berishga harakat qilingan va bu 
asnoda muayyan darajada aniqlikka erishilgan ham. Hozirgi zamon psixologiya fanida ilmiy 
an’analarga asoslangan holda «metodologiya» termini tahlilqilinganida ilmiy yondashuvning 
har xil xususiyatli uch darajasi nazarda tutiladi va ularning o‘zaroaloqasi, o‘zaro birbiriga 
ta’siri hamda umumiylik, taqozo etuvchanlik tomonlari (jabhalari) zaruriy unsurlar sifatida 
e’tiborga olinadi. 
1. Umumiy metodologiya tadqiqotchilar tomonidan qo‘llaniladigan, majmuaviy negiz 
sifatida asoslanadi gan bilimning umumiy usuli, unga umumiy tarzdagi falsafiy yondashuv, 
talqin, tabiatshunoslik va insonshunoslik gugrisidagi qonunlar, qonuniyatlar, mexanizmlar 
mukammal tarzda aks ettirilishidir. Psixologiya fani uchun ijtimoiy tarixiy taraqqiyot 
davomida an’anaviy tus olib kelinayotgan dialektika, bilish nazariyasi, mantiq, biosfera va 
noosfera munosabatlarining umumlashgan majmuasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy 
metodologiya tadqiqotlar uchun (qaysisohabo‘lishidan qat’iy nazar) umumiy prinsiplar, 
qonunlar, 
qonuniyatlar, mexanizmlar, 
metodlar, 
tushunchalar, 
fazalar, 
darajalar, 
ko‘rsatkichlar, bosqichlar, munosabatlar yaxlitligini yuzaga keltiradi, aksariyat hollarda 
anglashilgan yoki anglashinilmagan asnoda ulardan foydalanish an’anaga aylanib boraveradi. 
Psixologiya fanida psixikaning ta’rifi, uning evolyusion taraqqiyoti, jamiyat, borliq, ong, 
shaxs, sub’ekt, komil inson va shunga o‘xshash kategoriyalarning mohiyati be vosita 
qo‘llaniladi. Ushbu psixologik holatning vujudga kelishiga asosiy sabab fanimizning falsafa 
tarkibida rivojlanib kelganligidir. Fan tarixi o‘zida mujassamlashtirgan, ob’ektiv va sub’ektiv 
(shaxslararo) munosabatlarning barqarorligi, o‘zgaruvchanligi, takomillashuvi to‘g‘risidagi 


mulohazalar umumiy metodologiyaning ham predmeti, ham ob’ekta hisoblanadi. 
Xususiy yoki maxsus metodologiya bu muayyan fan sohalarida qo‘llaniladigan 
prinsiplar, qonunlar, qonuniyatlar, metodlar, mexanizmlar, uslublar majmuasidir. Xususiy 
metodologiya umumiy metodologiyaning (falsafiy ilmiy asos sifatida) muhim prinsiplarini, 
metodlari va metodikalarini maxsus tadqiqot ob’ektlarida tatbiq etishda mu jassamlashadi. 
Bu, o‘z navbatida, bilishning muayyan usuli yoki uslubi bo‘libhisoblansada, lekin u tor 
doiradagi bilimlar tizimiga moslashtirilganligi bilan keskin ajralib turadi. Psixologiya 
fanining metodologiyasi o‘zining kelib chiqishi bo‘yichapsixologiya bilan sotsiologiyadan 
iborat ekanligi tufayli umumiy metodologiyaning prinsiplari xuddi ikkala sohaning negizlari 
shartsharoitlariga moslashgan holda ifodalanadi. Bunga yaqqol misol tariqasida faoliyatning 
taraqqiyot prinsipini keltirib o‘tish mumkin, chunonchi, ushbu tushunchalar falsafiy ma’noda: 
a) faoliyat insonning borliqka nisbatan munosabati mohiyatini aks ettiruvchi usuldir; b) 
taraqqiyot insonning ham ijtimoiytarixiy (filogenetik), ham individual (ontogenetik) 
kamolotini ifodalovchi mezondir. Ong va faoliyat birligi prinsipi to‘g‘risida ham xuddi 
shunday mulohazalarni bildirish o‘rinlidir, chunki bu bilan biz insonda ong paydo bo‘lishida 
mehnatning rolini alohida ta’kidlab o‘tishga erishamiz. Shuningdek, bu asnoda biz, 
birinchidan, umumiy prinsiplardan biri hisoblanganligini aks ettirish (in’ikos) prinsipi, ong 
esa aks ettirishning yuksak shakldagi ko‘rinishi ekanligini, shaxsning faolligini keltirib 
chiqaruvchi omil sifatida xizmat qilishini e’tirof etamiz. Ikkinchidan, faoliyat kishilik 
jamiyatini hukm surish imkoniyatining negizi ekanligi. Uchinchidan, inson o‘zini 
o‘ziboshqarishni amalga oshiruvchi ong tariqasida namoyon bo‘lishini, turtinchidan, 
taraqqiyot mulkulchilik manbai ekanligini va jamiyatda yuzaga keluvchi turli shakldagi 
munosabatlarning sifat jihatidan ta’minlanishini ta’kidlashga sharoit yaratadi. To‘rtinchidan, 
ijtimoiy munosabatlar mohiyatini ishlab chiqish, jamiyat qonunlarini kashf qilish hamda 
ularni amaliyotga tatbiq etish orqali metodologiyaning prinsiplari o‘rtasida uyg‘unlik vujudga 
keladi. Beshinchidan, faoliyat tufayli yaratuvchanlik yuzaga keladi va uning natijasida ham 
yakka shaxslar turmushida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ham jamiyat farovonligi ta’minlanadi. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, individning shaxslararo munosabatga kirishishi, uning 
shaxsga aylanishi faoliyat zamirida ruyobga chiqadi, yakka faoliyat hamkorlik faoliyati bilan 
umumiy tizimni tashkil qiladi. Oltinchidan, uning muvaffaqiyatini esa ong regulyator 
(boshqaruv vositasi) sifatida ta’minlab turadi, buning natijasida taraqqiyot, sivilizatsiya 
amalga oshadi. Yettinchidan, mazkur zanjir tariqasidagi aloqalar shaxsning maxsus faoliyat 
turi timsolidagi faollikni vujudga keltiradi,ob’ektga nisbatan sub’ektiv munosabatni barpo 
qiladi, keyinchalik «sub’ektob’ektsub’ekt» tarzidagi o‘zaro ta’sir yoki o‘zarota’sirlanishni 
aks ettiradi. 
Inson jamiyatda shaxslararo munosabat uslublarini egallay borib, umumiy 
metodologiya prisiplarini xususiy metodologiyaga tatbiq eta boshlaydi. Sub’ekt bilan ob’ekt 
qutblari o‘rtasidagi munosabatlar tizimi keng kulamda yakka shaxsga yaqqollashadi, 
ijtimoiy-psixologik rollarning o‘zgarishinatijasida teng chiqqanlilik, sheriklik imkoniyatlari 
namoyon bo‘ladi. Alohida faoliyatda yoki hamkorlik faoliyatida inson o‘z qiziqishlarini qaror 
toptirish natijasida atrofdagi muhitni, yaqqolvoqelikni egallay boradi, ularnio‘zgartirishga 
intiladi, moddiy olam to‘g‘risida kengroq ma’lumotga ega bo‘la boshlaydi. Uning ta’sirida 
shaxso‘zining bir turkumdagi ehtiyojini qondirish evaziga yangi xususiyatli boshqaehtiyojlar 
ko‘rinishi vujudga keladi, ularni qondirish esa uzluksiz ruhiy jarayonga aylanadi. Faoliyat 
taraqqiyoti, ong bilan faoliyat birligi prinsiplari goh jarayon, goh faollik, goh motivatsiya, 
gohehtiyoj tarzida inson shaxsini shaklllantirishga, kamol toptirishga xizmat qiladi, bir 
darajadan ikkinchiga o‘tish sifat o‘zgarishlarini (filogenetik hamda ontogenetik davrda) 
ta’minlaydi. Bu o‘rinda tarixiylik,monizm prisiplari muhim rol o‘ynaydi, ijtimoiytarixiy 
sharoit zaruratini, shaxsning individual liginy (betakrorligini) dalillash imkonini tugdiradi, 
shu bilan birga, vaziyatni oqilona, odilona, omilkorlik bilan baholashga negiz hozirlaydi. 
Umumiy metodologik prisiplar turlicha psixologik holatlarda o‘z ifodasinitopadi: 
individual faoliyatni egallashda shaxsning ob’ektiv va sub’ektiv omillarga nisbatan 


munosabati, ichki imkoniyati ruyobga chiqishida; 
faoliyatni hamkorlik deyatushunish, shuningdek, shaxslararo kommunikatsiyami 
vujudga kelish jarayonida; 
individual, guruhiy, jamoaviy hamkorlik faoliyat sub’ektiga aylanishida; 
faoliyat sub’ekta sifatida hamkorlik ishtirokchilarini tan olish va tushunish ularning 
maqsadi, ehtiyoji, motivatsiyasi ko‘rinishida kuzatiladi. 
Umumiy metodologiya prinsiplarini tadqiqotning me’yoriy asosi sifatida tan olinishi 
uning strategiyasini belgilaydi bu esa o‘z navbatida, xususiy yoki maxsus metodologiya 
funksiyasini ijro etadi. Buning natijasida shaxslararo munosabat ijtimoiy munosabatlar tizimi 
bilan yakinlashadi, individual ma’no kasb etuvchi voqelik ijtimoiy xususiyatni o‘zida aks 
ettiradi. 
2. 
Metodologiya bu tadqiqotning aniq, yaqqol metodik usullari majmuasidir
degan talqin bir qator chet el manbalarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, aksariyat holatlarda 
«metodika» termini bilan ayniylashtiradi. Metodikalar yoki metodlar majmuasi tariqasida 
tahlil va talqin qilinishi tufayli metodologiyaning tor yoki keng ma’noda tushunish 
umummetodologik qarashlar tizimidan tashqarida hukm surishini belgilaydi, albatta. 
«Metodologiya» tushunchasini uchinchi ma’noda talqin qilish va unga asosiy e’tiborni 
qaratish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Chunki har qanday empirik, eksperimental 
metodikalar (anketa, test, intervyu, sotsiometriya va boshqalar) qo‘llanilishidan qat’i nazar, 
ular umumiy va xususiy metodologiyadan ajralgan holda tahlilqilinishi mumkin emas. 
Modomiki shunday ekan, metodikalar metodologik muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi, bunda tadqiqotning muhimjabhalari har xil shartsharoitidan kelib chiqiladi. Xuddi 
shu boisdan umummetodologik prinsiplar to‘g‘ridan to‘g‘ritadqiqotga tatbiqqilinmasdan, 
balki ular xususiy metodologiya prinsiplari yordami bilan mohiyatga kirib boradi. Hozirgi 
zamon psixologiyasida 
tadk;ik;otning o‘ziga xos xirralari va qiyofalarini ochish uchun qo‘yidagi psixologik 
holatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: 
1. 
Tadqiqothamisha muayyan qonkret ob’ektlarga qaratilgan bo‘lib, u ma’lum 
kulamdagi empirik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda fan predmetiga yoyishga 
yo‘naltiriladi. 
2. 
Tadqiqotda differensial holda amaliy, mantiqiy, nazariy muammolar hal 
qilinishi, o‘z yechimini topishi rejalashtiriladi. 
3. 
Tadqiqotda o‘rnatilgan, topilgan omillar, dalillar bilan faraziy mulohazalar 
o‘rtasidagi farqlar psixologik jihatdan yaqqol tavsiflab berishga muljallanadi. 
4. 
Tadqiqotning maqsadi omillar, dalillar va jarayonlar tuzilishini izohlashgina 
emas, balki ularni oldindan payqash, his etish (sezish) hamda bashorat qilishdir. 
5. 
Tadqiqotda har tomonlama tekshirilgan ilmiyamaliy ma’lumotlarni olish, ularni 
muayyan prinsip asosida birlashtirish, oldindan aytish (taxmin qilish) prinsiplarini qo‘llash 
va tekshirish. 
6. 
Ma’lumotlarni matematikstatistika metodlari yordami bilan hisoblab chik;ish 
va ularga asoslangan holda umumiy xulosalar chiqarish, ya’ni umumlashmalar 
umumlashmasini vu judga keltirish. 
Ilmiy manbalarda (ensiklopediya va rasmiy lug‘atlarda) metodologiyaga metod 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ta’rif beriladi, uning mazmunida bilish faoliyatining boshqaruv 
prinsiplari, usullari, uslublari majmuasi yotishi nazarda tutiladi. Buning natijasida kuzlagan 
shu maqsadga, ishonchli yo‘lyuriqqa, ob’ektiv bilimga erishish ta’minlanadi. Qo‘yilgan 
maqsadga erishishning harakat (sensor, sensomotor, aqliy) bilan mutanosibligi (mosligi) 
metodning tub mohiyati yoki ahamiyati «maqsadga erishuv yo‘li»ni aynan aks ettirishdan 
iborat bo‘lib, ularni harakatning operasional tomoni (jabhasi) tavsifi sifatida tushunish hollari 
ham uchrab turadi. Jumladan, F.Ilichev «metodologiya» tushunchasiga manbalarda berilgan 
ta’rifga asoslangan holda, tushunchaning etimologiyasi, uning tarixiy ahamiyati va ma’nosini 
izohlash uchun kamlik qilishini ta’kidlaydi. Tadqiqotchining qarashiga (yondashuviga) 


asoslanib, metodologiyani metod to‘g‘risidagi ta’limot deb ta’riflash mumkin emas, chunki 
«fizikaning metodologik muammolari»ga qo‘yidagilar (masalalar) kiritiladi: fan sifatida 
fizikaning predmeta, tarixiy taraqqiyot davomida ushbu fan predmetining o‘zgarib borishi, 
fizikaning matematikaga munosabati, fizik reallik tushunchasi, muvozanat prinsipi va 
hokazo. Boshqacha so‘z bilan aytganda, «fizika metodologiyasi» so‘z birikmasi nafaqat 
fizikaviy tadqiqot metodlari nazariyasini emas, balki u fizikaviy nazariyani o‘rganishni, uni 
asoslashni, ilmiy bilim tizimida egallagan o‘rnini, uning amaliyotga nisbatan bevosita 
munosabatini ifodalashni anglatadi. 
Ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shartsharoitlar mavjudligiga. 
Ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar hukm surishini o‘zgartiruvchi tasodifiy va 
favquloddagi vaziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga. 
Emotsiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga. 
Insonni shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga. 
Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo. Shaxsning hayot va faoliyatida 
muvaffaqiyatga erishish, maqsadigamuvofiq sa’yharakatlarni unga yo‘naltirish uchun 
quyidagilarga e’tibor qilish zaruratning zaruratidir: 
ob’ektiv va sub’ektiv shartsharoitlar o‘zgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya) kiritishga 
tayyorgarlikka;
favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta’sir o‘tkazishga, 
unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga; 
organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga; 
komillikka intilish histuyg‘ularni takomillashtirishga; 
shaxs imkoniyatlarni ro‘yobga chiqishga ko‘maklashishga o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘ziga 
o‘zi buyruqberish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, 
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘ziga o‘zi taskin berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish va hokazo. 
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular muayyan 
darajada shaxsning ta’siriga beriluvchandirlar. 
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari, determinizm, ong va faoliyat birligi, 
psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi. 
1. 
Determinizm prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik 
hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, 
ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i 
hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush 
tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan 
o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan 
bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda 
takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining 
ijtimoiytarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy 
borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham 
insonshunoslik umumiy prinsipiga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul 
tantanasidir. 
2. 
Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday 
ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat birbiriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat 
aynan birorbiriga o‘xshash ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi 
mexanizmidir; (ko‘rsiv E.G‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega 
bo‘lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning 
dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli 
ongda yuzaga keladi, odam atrofmuhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, 
natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong 
mazkur jarayonda takomillashadi (muammovauningechimi variatsiyalar, invariantlar turtki 
vazifasini o‘ynaydi). 


Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulqatvor, 
faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, 
sa’yharakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik
mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini 
ochishga muhim imkoniyat, puxta shartsharoit yaratadi. 
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va 
ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M. Teplov, B.G.Ananev va 
boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan. 
3. Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot 
insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqpashdan dalolat 
beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning 
shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har 
qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. 
Psixologlarningushbu prinsipgataallukli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.Vigotskiy: ta’lim 
psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi
mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar 
bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn: ong 
faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov: qobiliyat faqat 
rivojlanishda mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz 
bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi. 
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning 
mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi 
asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, 
histuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan 
qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya 
katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning 
fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. 
Psixofiziologik 
qonuniyatlarga 
binoan 
miyaning 
funksiyasi 
muvaqqat 
nerv 
bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil 
bo‘ladi. 
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini uning ham nazariy, ham amaliy hayot 
faoliyatini o‘rganishdir. «Odamning ongliligi uning turlituman faoliyatida, xattiharakatlarida 
namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy 
faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi. 
Inson o‘zi yashab to‘rgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiysiyosiy muhit ta’siri 
ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning histuyg‘ulari, 
xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat 
motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari astasekin o‘zgarib boradi. 
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab to‘rgan borliqni yanada 
chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imqoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli 
yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. 
Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, 
jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi. 
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. 
Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni 
qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, 
ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xattiharakatlarining majmuasidir. 
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va 
o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni 


mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini 
ifodalaydi. 
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator 
bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs akdzakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi 
odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida 
unda akdning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta 
boradi. 
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish 
prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi: 
determinizm; 
ong va faoliyat birligi; 
taraqqiyot; 
tarixiylik; 
predmetlilik; 
monizm; 
nutq va tafakkur birligi; 
faollik; 
interiorizatsiya va eksteriorizatsiya; 
faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi; 
psixikani sistemali analiz; 
aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi va hokazo. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin