subsеptiv, sеnsоmоtоr, sеnsоr, tаsаvvur, ijоdiy- хаyoliy. Аntisipаsiyani o`rgаnish mеtоdlаri.
Pеrsеptiv himоya.
4. Siyosiy lidеrlik vа ulаrning o`zigа хоs хususiyatlаri. Siyosiy lidеrlаr klаssifikаtsiyasi.
Ko‘pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik
tavsifi qiyofasining
tuzilishida yetakchi rol o‘ynashi va qayd etishi ta’kidlanadi. Shu jumladan, tadqiqotchi
N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida
taxdil qilinishi joiz: orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga; u yoki bu ehtiyojiy
holatlarni harakatlantirishning
xususiyati hamda tashkiliyligi; paydo bo‘lishning jadalligi,
jiddiyligi va zo‘riqishga, ya’ni insonning emotsional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga
va boshqalar.
N.I.Reynvaldning izohlashicha, faoliyatning regulyatsiyasida psixik funksiyalarni
umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o‘lchovli (mezonli) tasnifining akd (intellekt), hissiyot
(emotsiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi
shaxs tuzilishini temperament, xarakter va
qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham
beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining
uch blokli roli
tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, akl (intellekt) ko‘p hollarda informasion blok orqali
amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish bloki bilan, xilmaxil emotsional holatlar
(hissiyot) yuzaga kelishining negizida «energetik» blok yotadi. Akl,
hissiyot, iroda va ularni
ro‘yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o‘zaro uzviy bog‘liq
bo‘lgan insonning atrofmuhitga nisbatan munosabatining uch lahzasini anglatadi.
Xullas, qarashlarning rangbarangligi muammo yechimining har xil variantlari, invariantlari,
modifikatsiyalari, modullari va modellari bir davrning o‘zida hukm surishini ta’minlaydi hamda
sistemali yondashuv majmuasi yuzaga kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba
hozirlaydi.
Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik kategorilaridan keskin
ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiytarixiy taraqqiyotida ham xuddi shunday
yuksak nufuzga ega bo‘lib qolaveradi. Jamiyat mavjud ekan,
uning qudrati, harakatlantiruvchi
kuchi, moddiy va ma’naviy mahsulot yaratuvchisi bo‘lmish insonningaxloqi, aqlidroki,
yuksakhistuyg‘usi, irodaviy fazilati, qobiliyati va salohiyati yuzasidan yangi ma’lumotlarga ega
bo‘lish masalasi o‘z mavqeini aslo yo‘qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi, uning kamoloti,
unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va intilishning roli masalalari XXI asrda
tadqiqot etilishga muhtojdir.
Inson shaxsini o‘rganish
masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya,
filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson
muammosi
aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormokda va bu jarayon
keyingi asrda yanada jadallashadi. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o‘rganishda
differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda,
ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik
(birikuv) tavsifi bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmokda. Inson bir qator fanlarning
tadqikrt ob’ekti ekanligi yig‘iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur etish uchun uni
biosotsial va
Dostları ilə paylaş: