O'tmish hodisalarni tasvirlashdagi har qanday bir yoqlamalik, sxematizm tarixiylik
printsipidan chekinishdir. Shu bilan tarixiy tadqiqotlar o'rganilayotgan hodisalarning umumiy
qonuniyatlarini topishni talab qiladi. Bu talabni bajarishni asosan mantiqiylik va tarixiylikning
birligiga tayanish ta'minlaydi. Bu printsipga ko'ra tarixchi o'tmish hodisasini shunchaki tasvirlab
qo'ymay, balki uni nazariy jihatdan tasavvur eta olishi kerak, ya'ni bu hodisalarda qandaydir
doimiylikni topa olishi kerak. Tarixiy psixologik g'oyalarni ijtimoiy, siyosiy yo'nalishni g'oyaviy
mohiyatini aniqlashni talab qiladi. Bunday yondashish ilmiy kontseptsiyalarning jamiyatdagi
ijtimoiy rolidan ajratib o'rganuvchi ob'ektivizm va sub'ektivizmdan farq qiladi. Tarixiy psixologik
tadqiqotlarda M.G.Yaroshevskiy ta'kidlaganidek, determinizm - sababiylik printsipi katta
ahamiyatga ega. Uning fikricha, tarixda determinizmning ko'plab turlari paydo bo'lgan.
Mexanikadan oldin, mexanik, biodeterminizm, psixodeterminizm, sotsiodeterminizm. Bularning
har biri psixik hodisalar o'z - o'zidan paydo bo'ladi deb talqin qiluvchi indeterminizmga qarshi
turadi.
Dostları ilə paylaş: