Qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/10
tarix22.10.2017
ölçüsü0,66 Mb.
#11245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH

INSTITUTI

TABIIY VA ANIQ FANLAR TA’LIMI” KAFEDRASI


2014-2015 o‘quv yilining yakunida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalariga ko‘ra tabiiy fanlar kesimida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlar hamda mavzular kesimida bo‘yicha yaratilgan

dars ishlanmalari to‘plami

1

Toshkent – 2016

Tuzuvchilar:

D.N.Abdullaeva - “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi;

2016-yil Yanvar oyida malaka oshirgan “Geografiya-12” guruhi tinglovchilari

Ushbu geografiya fani bo‘yicha tayyorlangan dars ishlanmalari to‘plami 2016 yil 27-yanvarda oyidagi kafedraning 2-sonli yig‘ilishida muhokama etilgan va ma’qullangan.

2014-2015 o‘quv yilining yakunida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalariga ko‘ra tabiiy fanlar kesimida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlar

Geografiya fanidan

9-sinfda yoqilg‘i energetika sanoati, tabiiy resurslar,

8-sinfda qora va rangli metallurgiya, jahon aholisi mavzulari bo‘yicha murakkablik aniqlangan.

Geografiya fanidan murakkab mavzular bo‘yicha dars ishlanmalari to‘plami

  1. MAVZU: Rangli metallurgiya

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsad:

O‘quvchilarda tabiiy resurslar, metallurgiya majmuasi, qora metallurgiya xomashyosi haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirishda davom etish; metallurgiya majmuasi haqidagi bilimlarni eslatish; rangli metallarning xalq xo‘jalikdagi ahamiyati haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, yangi geografik atamalar bilan tanishtirish;



b) tarbiyaviy maqsad:

O‘quvchilarni o‘z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; tabiiy boyliklarni ko‘z qorachig‘iday asrash, bir-birlariga o‘zaro hurmat, jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish, ko‘nikmalarini tarkib toptirish.



c) rivojlantiruvchi maqsad:

O‘quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq ifodalashga o‘rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.



Darsning jihozi:

Yarim sharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalari, 7-8sinf o‘quv atlasi, “Foydali qazilmalar nomlarini bilasizmi?” nomli elektrondoskasi, rangli va nodir metallardan namunalar, rasmlar, “O‘zbekiston oltini” kino filimi, 8-sinf geografiya darsligi.



Texnik vositalar:

Kompyuter,videoikkilik,slaydlar.



Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars metodlari: “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Savol- javob”.

Dars rejasi:

1.O‘qituvchining kirish so`zi

2.Guruhlarga bo`linish.

3.Biz bilgan bilimlar.

4.“O‘zbekiston oltini” kino filmini tomosha qilish.

5.Yangi dars bayoni

6.Guruhlar taqdimoti.

7.“Foydali qazilma nomlarini bilasizmi?” elektrondoskasi orqali bilimlarni sinash

8.“Qazilma boyliklar sandiqchasi”

9.Mavzuni mustahkamlash.

10. O‘quvchilarni baholash

11. Uyga vazifa



Darsning tashkil etilishi:

O‘quvchilar tanlagan emblemalari orqali guruhlarga bo‘linib, stollarga o‘tirishadi.



I-guruh. Zarafshon.

II-guruh. Muruntov.

III-guruh. Olmaliq.

IV-guruh. Marjonbuloq.

Tashkiliy qismdan so‘ng o‘quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar ishlab chiqiladi.



  1. Intizom.

  2. Faollik.

  3. Vaqtga rioya qilish.

  4. Asosli va mantiqli fikr bildirish.

  5. Fikrni takrorlamaslik.

  6. O‘zaro hurmat.

  7. O‘ng qo‘l qoidasi.

  8. To‘g‘ri javob uchun rag`bat.

Darsda barcha shartlar bo‘yicha har bir guruh a’zolari javoblari O‘zbekiston davlati bayrog‘i maketlari bilan rag‘batlantirib boriladi.

Har bir guruhga uchtadan tezkor savollar beriladi:

I-guruh. Zarafshon.

1. Eng sifatli marmar koni qaysi tog‘dan qazib olinadi ? (Nurota tizmasidan)

2. Respublikamizda yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i qaysi? ( Gaz sanoati )

3.Respublikamizda dehqonchilikda foydalanilgan yerlar asosan sug‘oriladigan va ………… yerlardan tashkil topgan. (Lalmi)



II-guruh. Muruntov

4. Aholining mamlakat ichkarisida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishiga nima deb ataladi ?

( Ichki migratsiya )

5.Yaxshi mexanizatsiyalashmagan,fan – texnika taraqqiyotidan kam foydalanilgan xo‘jalikka qanday xo‘jalik deb aytiladi ? (Ekstensiv)

6.Respublikamizning qaysi viloyatidan qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olinadi? (Toshkent viloyatidan)

III-guruh. Olmaliq.

7.O‘zbekistonda kimyo sanoatining shakllanishi qayerda va nechanchi yilda boshlangan?

(1932 – yil Sho‘rsuvda )

8.Mamlakat aholisining migrasiya hisobiga ko‘payishiga ………….. deyiladi

( mexanik ko‘payish)

9.Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 90 % ini qaysi stansiyalar beradi ?

( IES )

IV-guruh. Marjonbuloq.

10. Mamlakatimizda yiliga qancha neft qazib olinadi ? ( 7-8 mln tonna)

11.Sanoat tarmoqlarida respublikamizning mehnatda band aholisining necha foizi istiqomat qiladi ? (12,7%)

12. Respublikamizning to‘ng‘ich metallurgiya korxonasi qaysi shaharda joylash?

(Bekobod shahrida)

Yangi mavzu bayoni: Rangli matallurgiya

Videoikkilik orqali “O‘zbekiston oltini” filmi namoyish etiladi.



Yangi mavzu bayoni

O‘qituvchi:

Dunyo go‘yoki unga mahliyo,

O‘lkamning boyligi tanhodir go‘yo,

Zarafshon oltini, Olmaliq misi;

Uchquloch, Xondiza qo‘rg‘oshin, ruxi.

O‘lkamning bag‘rida boyliklar- bisyordir juda.

Tillo tuproqlari qolmas behuda.

- Ha, haqiqatan ham O‘zbekiston o‘z mo‘jizakor Yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxirlanadi. Uni qancha o‘rgansak, shuncha ko‘p Yer osti sirlari borligining guvohi bo‘lamiz. Qulay iqlim sharoiti, ulkan mineral – xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo‘jalik xom ashyosinig katta zaxiralari haqli suratda O‘zbekistonni dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi. Masalan: oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinda, MDH davlatlari ichida esa ikkinchi o‘rinda, mis zahiralari bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.

Hozirga qadar respublikamizda 3 minga yaqin turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral – xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Sundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.

O‘zbekiston rangli metallardan - mis, qo‘rg‘oshin, rux, bolfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zahiralariga ega.

Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan. Qalmoqqir koni noyob konlardan bo‘lib, mis-molibden rudalarini qazib chiqarish bo‘yicha chet eldagilardan ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon- metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biridir. Qo‘rg‘shin – rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida to‘plangan.

Rangli metallar xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi.

1. Yengil metallar ( aluminiy, magniy, titan)

2. Og‘ir metallar ( mis, qo‘rg‘oshin, nikel, rux )

3. Qimmat baho metallar ( oltin, kumush, platina )

4. Qiyin eruvchi metallar ( volfram, molibden)

5. Nodir metallar (uran, germaniy)

Rangli matallurgiya: a) rangli metallarni qazib chiqarish ; b) boyitish d) eritish; e)qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi. Rangli matallurgiya mamlakatni elektirlahtirish, uning mudofa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.



Respublikamiz yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‘i 15 % ni tashkil etadi.

Rangli matallurgiyaning asosiy mahsuloti – volfiram va molibden ishlab chiqarish mamlakatimizda tez rivojlanmoqda. Chirchiq vodiysidagi qattiq qotishmalar zavodi muhum korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona mahsulotlaridan elektrotexnika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Respublikamiz chet davlatlarga tozalangan misni eksport qiladi.

Rangli metallar respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida ishlatiladi. Mis sof holda kabellar ishlab chiqarishda, qalayi bilan qo‘shilib (bronza shaklida), nikel bilan qo‘shilib (melxior shaklida), alyuminiy bilan qo‘shilib (duralyuminiy), rux bilan qo‘shilib (latun shaklida) elektrotexnika va mashinasozlikda keng foydalaniladi. Qo‘rg‘oshin - akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, elektr kabellar ishlab chiqarishda, rux bilan qo‘shilib temir buyumlar zanglamasligi uchun sirlashda, oq tunuka va podshipniklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shuningdek rangli metallar elektr tokini o‘tkazuvi xususiyati bo‘lganligi sababli elektr energiyasini iste’molchilarga o‘tkazishda, aloqa tizimida juda ko‘p foydalaniladi.

Rangli metallurgiya mahsulotlari respublika iqtisodiyoti riyoji uchun eng asosiy yo‘nalish bo‘lgan avtomobilsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlarida ishlatiladi. Yuqorida bayon etilgan boy merosimiz bo‘lgan el boyligini ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash Respublikamizda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchining vazifasidir.



Guruh a’zolari xarita va darslikdan foydalanib o‘qituvchi tomonidan berilgan bilimlar va o‘zlari o‘qib kelgan ma’lumotlarga tayanib, yangi mavzu savollariga javob berishlari kerak.

I-guruh. Zarafshon guruhi.

1. Mis, qo‘rg‘oshin, oltin, platina, uran, volfram qanday metallarga kiradi? (Rangli metallarga)

2. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida oltin qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? ( Ikkinchi )

3.Oltin, volfram, molibden, uran, mis, rux, alyuminiy qalayilardan qaysi biri yengil metall hisoblanadi? (alyuminiy)



II-guruh. Muruntov guruhi.

1.Qaysi kombinatlarda ko‘p miqdorda xom – ashyo va yoqilg‘i ishlatiladi? (Metallurgiya kombinatlarida)

2.O‘zbekistondagi eng yirik mis eritadigan zavod qayerda joylashgan? (Olmaliq shahrida)

3. Qiyin eruvchi metallarga qaysilar kiradi ? ( volfram, molibden)



III-guruh. Olmaliq guruhi.

1. Rangli metallar xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi ?

(Yengil metallar, ogi‘r metallar, qimmat baho metallar, qiyin eruvchi metallar, nodir metallar)

2.Yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‘i qanchaga % ni tashkil etadi. (15 % ni)

3.O‘zbekiston dunyo davlatlari ichida oltin qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? ( yettinchi )

IV-guruh. Marjonbuloq guruhi.

1.O‘zbekiston dunyo davlatlari ichida mis qazib olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turadi? ( o‘nbirinchi )

2.Mis, rux qanday maqsadlarda ishlatiladi? (elektrotexnika va mashinasozlikda, temir buyumlar zanglamaslik uchun rux bilan sirlanadi)

3. Og‘ir metallarga qaysilar kiradi ? ( mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux)


Har bir guruhga yangi mavzu bo`yicha alohida topshiriq beriladi.
Guruh a’zolari “Qazilma boyliklar sandiqchasi” dan qazilma boyliklar shartli belgilari chizilgan (ikkitadan) tarqatmalarni olib, qazilma boyliklar tarqalgan joylarni belgilar orqasiga yozadilar.

Masalan: Mis, oltin, kumush, aluminiy, qo‘rg‘oshin, rux, volfram,uran va boshqalar.

Guruhlar bajargan ishlarini keyingi guruhga topshirishadi. Har bir guruh a’zolari o‘zidan oldingi guruh ishining to`g`ri yoki noto`g`ril ekanligini tekshiradi.

O‘qituvchi o‘quvchilar ishini umumlashtirib, o‘tilgan mavzuni mustahkamlaydi.

Dars yakunida guruh a’zolari to`plagan bayroqchalar sanaladi va o‘quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa:
Rangli metallurgiya mavzusini o‘qib, yozuvsiz xaritaga respublikamizdagi asosiy konlarni tushirib kelish. “ Rangli metallar va unga munosabat”mavzusida o‘z fikrlarini geografiya daftariga bayon etib kelish.


  1. MAVZU : Yoqilg‘i sanoati

8-sinf

Dars maqsadi:

Ta’limiy: O‘quvchilarga yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i bo‘lgan gaz sanoati, neft sanoati, mamlakatimizda olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlari, energiya iste’moli tarkibidagi neft mahsulotlarining ulushi haqida asosiy bilim ko‘nikma, malaka hosil qilish.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarni fanga qiziqishini oshirsh, estetik va ekologik tarbiya berish. Ularni milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, iftihor ruhida tarbiyalash.

Rivojlantruvchi: O‘quvchilarni nutq madaniyatini oshirish, mustaqil fikrlashga jalb etish. Respublikamizda yoqig‘i sanoatining rivojlanish darajasi, kelgusi istiqbollari haqida keng ma’lumotlar berishdan iborat.

Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars usuli: “Tushunchalar tahlili interfaol metodi, suhbat, baxs-munozara, guruhlarda ishlash

Dars jihozi: O‘zbekistonning tabiiy va siyosiy xaritasi, atlas, yozuvsiz xarita, rasmli ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar va texnik vositalar, marker, A-4 qog‘oz.

Dars borishi:

Tashkiliy qism:

A) Salomlashish

B) Davomatni aniqlash.

S) Tozalikka e’tibor berish.

D) Ob-havo va muhim siyosiy yangiliklardan xabardor qilish.

E) Guruhlarga taqsimlash.

1-guruh. “Zukkolar”

2-guruh “Topqirlar”

3-guruh “CHaqqonlar”

O‘tilgan mavzu yuzasidan “Tushunchalar tahlili” metodini o‘tkaziladi.

TUSHUNCHALAR TAHLILI”



TUSHUNCHA MAZMUN

YOqilg‘i boyliklari




Gidroenergiya boyliklari




SHartli yoqilg‘i




YOqilg‘i sarfi dinamikasi




Slanets




Qo‘ng‘ir ko‘mir





YAngi mavzu bayoni:

Tayanch tushunchalar: YOqilg‘i sanoati, uning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, yoqilg‘i qazib chiqarishning o‘sishi. Gaz, neft, ko‘mir sanoatining asosiy rivojlanish bosqichlari ularning geografiyasi.

YOqilg‘i va elektr energetika sanoati bir-biri bilan yaqindan bog‘liq. SHu sababli ularni yagona tarmoqlararo sanoat majmuasi sifatida ko‘rish mumkin. Qolaversa, aynan shu majmua har qanday mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotida katta ahamiyatiga ega. CHunki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bevosita yoki bilvosita yoqilg‘i va elektr energetika sanoatiga asoslanadi. Binobarin, mustaqil davlatning umumiqtisodiy xavfsizligi, eng avvalo, uning yoqilg‘i-energetika sohasidagi mustaqilligiga ham bog‘liq.

Respublikada yoqilg‘i sanoati tarkibiga ko‘mir, neft va gaz qazib chiqarish kiradi. Hozirgi O‘zbekiston hududida dastlabki neft konlari XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Farg‘ona viloyatida ochilgan (CHimyon, SHo‘rsuv), 1924 yilda Qo‘qon shahrida “O‘zbekneft” tresti tashkil qilingan.

Bugungi kunda neft zahiralari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati etakchilik qiladi. Bu erda eng yirik kon Ko‘kdumaloq hisoblanadi. SHuningdek, neft konlari Surxondaryo (Ko‘kaydi, Lalmikor), Andijon (Polvontosh, J.Olamushuk), Namangan (Mingbuloq) viloyatlarida ham bor. U qisman Buxoro viloyatida ham qazib olinadi. Istiqbolli hududlar esa, eng avvalo, Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi va Ustyurt platosi, Surxon vodiysi hisoblanadi. Hozirgi kunda Oqshaloq, SHaxpaxtы, Urga kabi konlardan neft olinmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bir yilda o‘rtacha suyultirilgan gaz bilan hisoblangan 3,0-4,0 mln tonna neft qazib olinadi. Uning asosida neftni qayta ishlash sanoati ham rivojlanib bormoqda. Respublikamizda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1998-1999 yillarda eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishilgan. SHu yillarda o‘rtacha 8,5-8,9 mln tonna bu yoqilg‘i turi olingan. Taqqoslash uchun: 1991 yilda 2,8 mln t., 2010 yilda – 3,7 mln t.

Tabiiy gaz sanoati respublikamizda neft sanoatidan keyinroq, lekin aksariyat hollarda “yo‘l-yo‘lakay” neft va gazni birgalikda qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu sanoat tarmog‘ining keng ko‘lamda rivojlanishi 1950-1960 yillarda Buxoro viloyatida juda katta zahiraga ega bo‘lgan Gazli konini ishga tushirilishi bilan boshlangan. Jumladan, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli konlari ochilgan. Aynan shu konlar asosida Jizzax – Buxoro – Samarqand – Toshkent (1958-1960 yy.), Buxoro-CHelyabinsk (1963 y.), Buxoro-Ural (1965 y.), O‘rta Osiyo – Markaz (1967 y.) magistral gaz quvurlari qurib, ishga tushirligan. Markaziy Osiyo respublikalari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olma-ota gaz quvuri ham o‘tgan asrning 60 nchi yillarida qurilgan.

Hozirgi vaqtda o‘rtacha bir yilda 58-60 mlrd. kub m. atrofida (2009 y.-61.4, 2010 y.-60.1 mlrd kub m.) gaz qazib olinadi. Respublikamizda gaz sanoatining kelajakda rivojlanishi ko‘p jihatdan Ustyurt platosida Rossiya kompaniyalari bilan borilayotgan geologik-qidiruv ishlar natijalariga bog‘liq. Umuman neft-gaz zaxiralari qidirib topishdi. O‘zbekiston Rossiya, J.Koreya, Malayziya, Eron mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Mustaqillik davrida yoqilg‘i sanoatining birmuncha faolroq o‘sishi 1993 va 2008 yillarda kuzatiladi.

Barcha yoqilg‘i sanoat turlarida bo‘lganidek, respublikamizda ko‘mir qazib olish ham avvalgi yillarga qaraganda qisman kamaygan. Faqat eng keyingi yillarda bu ko‘rsatkichning ko‘tarilib borish alomatlari sezilmoqda. Masalan, 2004 yilda respublikada jami 2699 ming t ko‘mir (qo‘ng‘ir ko‘mir 2641 ming t) qazib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar 2010 yilda taxminan 1,3-1,5 martaga oshgan, xolos (1991 yilda – 5,9 mln t ko‘mir olingan). Jami ko‘mirning 97,4 foizi qo‘ng‘ir ko‘mirga to‘g‘ri kelib, u to‘la-to‘kis ochiq usulda qazib olinadi.

Ko‘mir sanoatining geografiyasi neft yoki gaz sanoatiga nisbatan keng emas, u faqat Toshkent (Angren) va Surxondaryo (SHarg‘un, Boysun) viloyatlarida birmuncha rivojlangan, xolos. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, qo‘ng‘ir ko‘mirning iqtisodiy ahamiyati toshko‘mirga qaraganda ancha past. Jumladan, turli sabablarga ko‘ra, bu ko‘mir turidan qora metallurgiyada foydalanib bo‘lmaydi; boz ustiga, qo‘ng‘ir ko‘mirni, odatda, ko‘p saqlab bo‘lmaydi. Transport qilish ham noqulay, u sernam va serkul hisoblanadi. SHu bois, Angen qo‘ng‘ir ko‘miridan asosan IESlarida foydalaniladi.



YAngi mavzuni mustahkamlash:

Mavzuni muhokamalash uchun “Insert” metodidan foydalaniladi. Har bir guruxga shu navbatda A-4 qog‘oz taqsimlanadi.




V

-

+

?











Baholash: 5 ball tizim asosida kundalik va jurnalga qayd qilaman. G‘olib gurux aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.


Uyga vazifa:

  1. Dastlabki ishga tushirilgan gaz konlarini daftarga tushirish.

  2. Kitobdagi neft-gazli mintaqalarni yozuvsiz xaritaga tushirish.

  3. Mavzuni o‘qib kelish.

  1. MAVZU: Jahon aholisi va uning ko‘payishi

9- sinf

Darsning maqsadi:

A) ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga jahon aholisihaqidagi tushunchalarini shakllanti rish, jag‘on aholisining tarkibi, er yuzida taqsimlanishi, demografik o‘tish davri, tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsientlari haqida ma’lumotlarni berish.

B) Tarbiyaviy: O‘quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o‘qishga da’vat etish. O‘z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish.

S) Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, nutq madaniyatini oshirish, o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Dars jihozi: Darslik, Dunyoni tabiiy va siysiy xaritasi. Tarqatma materiallar, texnik vositalar(kompyuter, proektor)

Dars Aralash, guruxlarda ishlash. Interfaol metodlar

O‘tilgan mavzu “Toifalash jadvali” orqali mustahkamlanadi:

Demografik o‘tish davrining asosiy bosqichlari

1-bosqich

2-bosqich

3-bosqich

4-bosqich










































































YAngi mavzu bayoni:

Jahon iqtisodiyotida mamlakatlar aholining xalqaro migratsiyasi qadimgi (antik, o‘rta asrlar), shuningdek kapitalistik ishlab chiqarish bosqichlari davrida asosan ko‘chmanchilik, harbiy yurishlar va o‘zga mamlakatlar hududini bosib olish yoki kolonizatsiya qilish shakllarida ro‘y bergan edi.

Jahon mamlakatlari aholisining migratsiyasi o‘ziga xos xususiyatga egadir. Jahon migratsiyasi ro‘y berishida avvalambor aholi migratsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Aholi migratsiyasining iqtisodiy sabablarini aniqlashda ularning siyosiy, diniy, etnik va irqiy kelib chiqishi sabablarini ham o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ba’zi bir sanoati rivojlangan mamlakatlar sanoatning ba’zi-bir sohalarini rivojlanayotgan davlatlarning ishchi kuchi resurslari hisobiga rivojlantirib bormoqda. Masalan, Fransiyaning avtomobilsozlik sanoat korxonalarining 1/3 qismi, qurilish sohalarining 1/4 qismi, Belgiya tog‘-kon sanoat tarmoqlarining 1/2 qismi, SHvetsariyaning qurilish sohalarini 40-45 %i xorijiy mamlakatlarning ishchi kuchi migratsiyasi hisobiga ishlamoqda.

Jahon xo‘jaligida xorijiy ishchilarni «o‘ziga tortuvchi markazlar» Osiyo materigining YAqin va O‘rta SHarq (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Baxreyn, Liviya, Iroq), shuningdek Janubi – SHarqiy Osiyo mamlakatlarida (Singapur, Malayziya, Tayvan, Gonkong), Lotin Amerikasi davlatlarida (Braziliya, Argentina, Venesuela), Janubiy Afrika Respublikasida tashkil topgan. Xalqaro integratsiyaning o‘ziga xos xarakterli tomonlaridan yana biri yashirin migratsiyaning nihoyatda yuqori ekanligidir. Keyingi yillarda SHarqiy Evropa mamlakatlarida jumladan, sobiq Ittifoq fuqarolari orasida yashirin emigrantlar soni tez o‘sib bormoqda.

Jahonning aksariyat milliy hukumat boshliqlari migratsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular nafaqat emigrantlar soniga, balki ularning professional mutaxassisligiga, jinsiga (ayol va erkakligi), yoshiga, til bilishiga va nihoyat ularning mamlakatga doimo kelib – ketib turishligiga ham e’tibor berishmoqda.

Jahon iqtisodiyotida mutaxassis ishchi kuchlarini eksport qiluvchi davlatlar ham ajralib chiqmoqda. Bularga YUgoslaviya, Xorvatiya, MAR, Pokiston, Portugaliya, Hindiston, Turkiya, Ispaniya, Italiya, Iordaniya, YAman Arab Respublikasi kabi o‘nlab davlatlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ushbu davlatlarning aksariyatida ishchi kuchlarini eksport qilishdan ko‘rgan foydasi tashqi savdo, turizm va boshqa sohalardan keladigan foydadan ancha yuqoriroq.



Jahon iqtisodiyotida ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlar keltirayotgan daromadlarining asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

  • - vositachilik qiluvchi firma va tashkilotlardan soliq undirish hisobidan olinadigan foyda;

  • - emigrantlar o‘z valyutasini bevosita vatanlariga o‘tkazib turishi hisobidan kelayotgan foyda;

  • -xususiy investor – migrantlar tomonidan milliy iqtisodiyotni zarur bo‘lgan vositalar ( qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, ko‘chmas mulk va boshqalar) bilan ta’minlab turishdan keladigan foyda va boshqalar.

Xullas, jahon xo‘jaligida ishchi kuchi migratsiyasi doimo o‘sishlik, kengayishlik xarakteriga kirib bormoqda. XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon mamlakatlari bo‘yicha yillik ishchi kuchi migrantlari soni taxminan 25-26 mln. kishini tashkil etgan. Xalqaro migrantlarning 60-65 %i rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelib, taxminan ularning 2/3 qismi sanoati rivojlangan mamlakatlarda mehnat qilmoqda.

Jahon xo‘jaligini milliylashtirish munosabati bilan tashkil topgan milliy ishchi kuchi bozorlari bazasida mintaqaviy ishchi kuchi bozorlari tashkil topmoqda. Xalqaro mehnat bozorlarining tashkil topishi va rivojlanishida TMKlar muhim rol o‘ynab, ular professional mutaxassis kadrlarni jahon xo‘jaligining turli ishlab chiqarish tarmoqlariga joylashtirishda muhim rol o‘ynamoqda. TMKlar ishlab chiqarish va kapitalni bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga va hatto bir materikdan ikkinchi bir materikka o‘tkazishga, shuningdek xalqaro mehnat bozorining turli yo‘llar bilan rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. TMKlar ishlab chiqargan o‘z mahsulotlari bilan olib borayotgan texnik – texnologik siyosati, ishchi kuchi band bo‘lgan tarmoqlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. TMKlar xalqaro – mehnat bozorida yuqori mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchi kuchlarining zamonaviy talablar bo‘yicha shakllanishida ham muhim rol o‘ynamoqda. Jahon iqtisodiyotida TMKlar rivojlanish darajasiga etmagan ba’zi bir mamlakatlarning ishchi kuchlarini xalqaro ishlab chiqarish tizimiga «tortish»ga harakat qilib, ularni jahon mamlakatlarining zamonaviy texnik – texnologiyasi, ilg‘or ishlab chiqarish sohalari bilan tanishtirish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Hozirgi kunda xalqaro ishchi kuchi bozorlari doirasida maxsus ularga ta’sir ko‘rsatuvchi «TMKlar segmenti» tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan G‘arbiy Evropa, YAqin va O‘rta SHarq, Lotin Amerikasi va Afrikada tashkil topgan ishchi kuchi bozorlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda XMT muhim o‘ringa ega.



Jahon iqtisodiyotida «demografik portlash» jarayoni. Aholi o‘zgarishining o‘ziga xos populyasion sikllari

Jahon iqtisodiyotida er shari aholisining keskin o‘sish jarayonlari XX asrga xos bo‘lib, buni olimlar odatdagidek «demografik portlash» jarayoni bilan bog‘laydilar. Bu davrda aholi o‘rtasida o‘limning keskin pasayishi kuzatilib, tug‘ilish nihoyat darajada yuqoriligicha qolgan (asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda) yoki pasayganroq bo‘lsa-da, biroq o‘limga nisbatan yuqoriligicha qolgan.

Demografik statistika quyidagi tug‘ilish va o‘lim koeffitsientlaridan (promil o‘lchovi bo‘yicha, mamlakatda tug‘ilayotgan va o‘layotgan aholi soni 1 ming kishi hisobiga) keng foydalanmoqda. Aholining tabiiy harakati tug‘ilish va o‘lim o‘rtasida o‘zaro farqlarning koeffitsientida ko‘rinadi. Jahon iqtisodiyotida aholi o‘zgarishining quyidagi o‘ziga xos populyasion sikllarini (bosqichlarni) o‘rganish maqsadga muvofiq.

YAngi mavzu “Qarorlar shajarasi” interfaol metodi yordamida mustahkamlanadi.

Ushbu metodda asosiy muammo sifatida “Demografik portlash va demografik qish ” holatiga izoh beriladi.



Uyga vazifa: Jahon aholisi, uning soni va ayrim hududlar bo‘yicha taqsimlanishi jadvalini yod olish, tug‘ilish, o‘lim va tabiiy ko‘payish koeffitsientlari jadvalini oq qog‘ozga tushirish, mavzuni o‘qib kelish.

4 - Mavzu: Jahon tabiiy resurslari

Darsning maqsad va vazifalari:

I. Ta’limiy maqsadi:

Nazariy bilim berish, ekologik muvozanat va uning buzilishiga insonlarning ta’siri katta ekanligini o‘quvchilarga tushuntirib berish. O‘quvchilarga kompyuter va INTERNET texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikma berish.



II. Tarbiyaviy maqsadi :

O‘quvchilarda insonparvarlik, vatanparvarlik dunyoqarashlarini kengaytirish. Ularning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirish. Biorang-baranglikni saqlab qolishga o‘quvchilarni da’vat etish.



III. Rivojlantiruvchi maqsadi:

O‘quvchilarning geografik bilimlarini rivojlantirish, aqliy qobiliyatini kengaytirish.



Dars jihozlari: Dunyoning tabiiy va siyosiy xaritasi, yozuvsiz xarita, plakatlar; diafilmlar; prezentatsiyalar; elektron resurslar; plakatlar, rasmlar, elektron resurslar, qog‘oz.

Bosqichlar va vaqt ko‘rsatilgan holda dars bosqichlari

I. Tashkiliy qism - 2 daqiqa

II. YAngi mavzu bayoni - 5 daqiqa

III. Darsning interfaol qismi -25 daqiqa

IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash - 5 daqiqa

V. YAngi so‘zlar bilan ishlash - 3 daqiqa

VI. O‘quvchilarni baholash -3 daqiqa

VII. Uyga vazifa - 2 daqiqa

O‘tilgan mavzu “FSMU” interfaol metodi orqali mustahkamlanadi: O‘quvchilar davlat boshqaruvining Respublika, Monarxiya shakli haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi



YAngi mavzu bayoni:

“Ekologik barqarorlik bu–har bir kishiga taalluqli bo‘lgan muammo...Bizning maqsad–hozirgi avlodning iqtisodiy ehtiyojini qondirish uchun, sayyoramiz qobiliyatlarini havf ostiga qo‘ymagan holda kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo‘lishi kerak”.

O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi.

1-guruh: ”YAshil tabiat” - bu tirik tabiat demakdir. Uni saqlab qolish bizning burchimiz. SHuning uchun biz shu nomni tanladik.

2-guruh: ”Ekotizim” - biz ekotizimni saqlab qolish uchun o‘z hissamizni qo‘shamiz. Ekotizim o‘z ichiga: o‘rmon, chuchuk suv, yaylov, qirg‘oq bo‘ylari va qishloq xo‘jaligining holatini oladi. Bu haqda BMT ning ”Ming yillik ma’ruza” sida ham aytib o‘tilgan.

Guruhlarga mavzu yuzasidan savollar beriladi.

1-guruhga savol: Tabiatda ekologik muvozanat va uning buzilish sabablari nima?

Tabiatda barcha tabiiy komponent va komplekslar bir- biri o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Har bir hududda relef, er osti va er usti suvlari, iqlim, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zaro aloqada, bog‘liqlikda rivojlanadi. Agar tabiat boyliklaridan rejali ravishda foydalanish yo‘lga qo‘yilsa, ekologik muvozanat buzilmaydi. Tabiat boyliklaridan rejasiz, xo‘jasizlarcha foydalanilsa, tabiat komponentlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik buziladi. Buning oqibatida tabiat komplekslarida turli salbiy hodisalar yuz beradi.

2-guruhga savol: Ekologik muvozanatning buzilish oqibatlari.

Ekologik muvozanatning buzilishiga ko‘pincha insonlar sababchidir. O‘tin tayyorlash maqsadida mavjud daraxtlar kesib yuboriladi. Buning oqibatida ular ostidagi o‘tlar va yarim butalar zarar ko‘radi. Tuproqning yuzasi ochilib, u yog‘in-sochin ta’sirida eroziyaga uchraydi. Tuproqning ustki qismi yuvilib ketadi, bu keyinchalik jarliklarning shakllanishiga olib keladi. Har bir joyning tabiat boyliklaridan maqsadga muvofiq foydalanilsa, tabiat komponentlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik buzilmaydi.

1-guruhga savol : Biologik rang-baranglik deganda nimani tushunasiz?

Biologik rang-baranglik yoki biorang-baranglik-erdagi, shuningdek, tabiiy tizimdagi, tirik tabiatdagi barcha turlarning xilma-hilligini bildiradi. Biz bugun kuzatayotgan biorang-banglik, bu-tabiiy jarayonlar ta’siri va tobora o‘sib borayotgan inson ta’siri ostidagi milliardlab yillik evolyusiyaning natijasidir. U biz ham ajralmas qismi hisoblangan va unga biz ham to‘la-to‘kis qaram bo‘lgan hayotning o‘sha murakkab to‘qimalarini shakllantiradi. Sahrolarda, o‘rmonlarda, hududlarda, tog‘, ko‘l, daryolardagi ekotizmning rang-barangligi yana bir jabha hisoblanadi. Ular atrof-muhit bilan birgalikda erni insonning noyob makoniga aylantirgan.

2-guruhga savol: Erdagi hayotning o‘zgarib ketishiga insonning ta’siri qanday?

Insonlar o‘zi bilmagan holda erdagi hayotning o‘zgarib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Atrof-muhitni o‘z holicha saqlab qolish bizning burchimizdir. Qishloq xo‘jaligi, kosmetika, farmatsevtika va qog‘oz tayyorlash sanoati, bog‘dorchilik, qurilish, chiqindilarni qayta ishlash singari sohalar tabiat bilan bog‘liq. Biorang-baranglikning kamayishi bizning oziq-ovqat zahiralarimizga, dam olish va turizm imkoniyatlariga, shuningdek, yog‘och, dori-darmonlar va energiya manbalariga xavf-xatar tug‘diradi. Aslida o‘simlik va jonivorlar turlarining qisqarib borishi tabiiy holat bo‘lsada, insonlar faoliyati oqibatida ularning yo‘qola borish jarayoni keskin tezlashdi.



YAngi mavzu mustahkamlash “Assesment” metodidan foydalaniladi.

TEST

Tabiiy resurs nima?

a) Inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiiy ne’matlar

v) Tabiatda amalda tugamaydigan resurslar

s) Barcha tabiiy boyliklar

MUAMMOLI VAZIYAT

Atrof-muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolarni qanday hal qilish mumkin?

Jahon tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish borasida qanday xalqaro tashkilotlar tuzilgan?


SIMPTOM

-

AMALIY KO‘NIKMA

-

Uyga vazifa

Dars davomida olingan bilimlar, muzokaralardan kelib chiqib hayvonot bog‘i, maktab hovlisiga o‘xshash joylarda amaliyot o‘tkazish.O‘quvchilar mavzu yuzasidan bergan fikrlarini amalda bajarishga harakat qiladilar. SHundagina ekologik muvozanatning saqlab qolinishiga har bir o‘quvchi o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Maktab hovlisidagi ekotizimni diqqat bilan o‘rganib chiqib , undagi hayot shakllarini daftarga yozib olish va tahlil qilish.


MAVZULAR KESIMIDAGI DARS ISHLANMALARI

MAVZU: DARYOLAR

7-sinf

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga daryolar va ularning qismlari tarkibi, turlari, to‘yinishi, rejimi haqida bilim berish; tog‘ va tekislik daryolarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berisli; ularga tabiiy geograflk xaritalardan daryolarni topishni o‘rgatish va sayyoramizdagi yirik daryolarni nomlarini aytib xaritadan topa olishni, daryolarga reja asosida ta'rif yozish ko‘nikmasini sliakllanlirish.

Darsning vazifalari: O’quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakillantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.

Darsning rivojlanliruvchi maqsadi: Mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish.

Dars o‘tish usullari: “Aqliy hujum”, “Ha-yoq”, “Grafik test”.

Dars jihozlari: Globus, mavzuga oid jadvallar, daryolar aks etgan rangli rasmlar, yozuvsiz xarita, 5-sinf o‘quv atlasi, tarqatma materiallar, yarimsharlar tabiiy xaritasi, O‘zbekiston tabiiy xaritasi, slaydlar.

Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryolar manbai, mansabi, tog‘daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o‘zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to‘yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish.

Geografik ob'yektlar:

Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, Volga, Dnepr, Ycni-sey, Ob, Lena, Yanszi, Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo. Sharsharalar: Anxel, Niagara, Viktoriya.

O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

Bilimlar:

  • Daryo va uning qismlari haqida bilish;

  • Daryo sistemasi haqida bilish;

  • Daryo vodiysi va uning elementlari bilish;

  • Ostona va sharsharalar haqida bilish;

  • Daryolarning to‘yinishi manbai va mansabi qayerdaligini bilish.

Ko‘nikma va malakalar:

  • Daryo sistemasi va uning elementlarini aniqlay olish;

  • Daryo havzasi chegaralarini aniqlay olish;

  • Oqim yo‘nalishi va relyefning bog‘liqlik qonuniyatlarini ayta olish;

  • Xaritada daryo va uning elementlarini ko‘rsata olish;

  • Yozuvsiz xaritada daryo va uning elementlarini tasvirlay olish;

  • Daryoga reja asosida tavsif yoza olish.

Darsning blok chizmasi

t.r

Darsning bosqichlari

Bosqichning

davomiyligi


1


Tashkiliy bosqich


3 daqiqa


2


Nazorat bosqichi "Blis so‘rov”


8 daqiqa


3


Asosiy bosqich

a) “Klaster” usuli yordamida o’quvchilarning daryolar haqidagi bilimlar hajmi aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni- daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.

c) grafik usulida test topshirig‘i

d) mavzuni mustahkamlash


28 daqiqa

5 daqiqa


10 daqiqa

8 daqiqa


5 daqiqa


4

Uyga topshiriqlar


4 daqiqa


5


Darsni yakunlash


2 daqiqa


Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilaming darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



Guruhlash.O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: "Zarafshon", "Orol", "Sirdaryo" guruhlari.

Nazorat bosqichi

Nazorat bosqchi "Blis" so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir.

Nazorat bosqichida “Blis” so‘rov asosida barcha o‘quvchilar individual tekshirib chiqiladi. “Blits” so‘rov o‘tkazishda “ha-yoq” usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin