Qayta tayyorlash va malakasini oshirish


“BLITS” so‘rov topshiriqlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/10
tarix22.10.2017
ölçüsü0,66 Mb.
#11245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

BLITS” so‘rov topshiriqlari:


Shakli: “Ha-Yo‘q”

  1. Toshkent iqtisodiy geografik rayoni mamlakatimizning shimoli-sharqida joylashgan.

  2. Toshkent IGR janubda Afg’oniston bilan chegaradosh.

  3. Chirchiq-kimyogarlar shahridir.

  4. Angren konidan yuqori sifatli toshko’mir olinadi.

  5. Bekobod shahri qora metallaurgiyaning yagona markazidir.

  6. Toshqishloqmash zavodi yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

  7. Bekobod, Angren va Ohangaron shaharlarida sement ishlab chiqariladi.

  8. Toshkentda neft va gaz konlari ko’p.

  9. G’azalkent-to’g zonasidagi kurort shahardir.

  10. Toshkent atrofida meva-sabzavotchilik yaxshi taraqqiy etgan.



So‘rovni o‘tkazish tartibi:

1.Har bir o‘quvchi uchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.

2. “BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:

Topshiriqni bajarish tartibi:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






























O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni Ha javobi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni Yo’q javobi bilan belgilang.



3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Ha


4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.

Baholash mezonlari:

  • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning Toshkent iqtisodiy rayonining asosiy sanoat markazlari va yirik shaharlari haqidagi umumiy bilimlari aniqlab olinadi.

Aqliy hujum” metodi


  • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarning yig‘ilishi, o‘quvchilarni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.

  • AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir

«AQLIY HUJUM»
metodining tuzilmasi

  • Muammoli savol beriladi

  • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

  • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

  • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi

  1. Toshkentda qanday sanoat korxonalari bor?

  2. Toshkent yaqinida qanday kichik yo’ldosh shaharchalarni bilasiz?

  3. Rayonda qanday foydali qazilmalar topilgan? Misollar ayting.

  4. Siz yashab turgan joylar yaqinida qanday qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladi? Misollar ayting.

Yangi mavzuning bayoni

Reja:

1. Toshkent iqtisodiy rayonining asosiy sanoat rayonlari

2. Go’zal va navqiron - Toshkent.

3. Rayondagi boshqa shaharlar va atamalar haqida tushuncha

Toshkent iqtisodiy geografik rayonida Toshkent-Chirchiq-Yangiyo’l va Angren-Olmaliq singari sanoat rayonlari va Bekobod sanoat tuguni mavjud. Bu IGRning o’zagi Toshkent shahri bo’lib, uning tarkibiga yana G’azalkent, Piskent, To’ytepa, Chinoz, Keles kabi kichik va o’rta shaharlar ham kiradi. IGRdagi 17 ta shaharning Toshkentdan bo’lak hammasi 20-asrda paydo bo’lgan. Aksariyat shahar va shaharchalar konchilik negizida vujudga kelgan.

Toshkent-O’zbekistonning poytahti, O’rta Osiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo'lib, unda 2.2 mln kishi istiqomat qiladi. 410 tadan ortiq sanoat korhona va birlashmalari bor. Ular mamlakatimizning 25 % dan ortiq sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Yirik korxonalarga: TTZ, Aviatsiya ICHB, Ekskovator zavodi,” Algoritm”, ”Zenit”, ”Podyomnik”, ”Kompressor”, ”Toshgazapparat”, “General-Motors Povertrain” kabilarni kiritish mumkin. Bundan tashqari 30 dan ortiq to’qimachilik va trikotaj korhonalarini ham aytib o’tish lozim.

O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorgohi, xorij davlatlari elchixona va vakolatxonalari ham shu shaharda. O’rta Osiyodagi dastlabki hisoblangan metropoliten hozirda 3 ta liniyada yo’lovchilarga xizmat ko’rsatmoqda.

Toshkent “sharq darvozasi”dir. Unda 3 ta zamonaviy aeroport, 2 ta temir yo’l vokzali, 5 ta avtoshohbekatlar mavjud. Xalqaro ahamiyatdagi M-39 va M-34 avtomobil yo’llari ham Toshkentni boshqa shaharlar bilan bog’lab turadi.

U eng yirik ilmiy va madaniy markaz. Unda ko’plab oliygohlar, akademik litsey va KHKlari, ITIlari bilan bir qatorda teatrlar, sirk, filarmoniya, kutubxonalar bor. 2007 yilda xalqaro YUNESKO tashkiloti Toshkentni Islom madaniyati poytahti deb e’lon qilgani ham bejiz emas.

Hozirda shahar maydoni 330 kv.kmdan oshib ketdi. Poytahtning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri negizida Toshkent aglomeratsiyasi vujudga keldi.



Aglomeratsiya-bu shaharlarning yirik shahar atrofida to’planishi. Shaharlarning bir-birlariga qo’shilib ketib, ulkan shahar, yagona iqtisodiy hudud tashkil etishidir.

Toshkent shahrida aholining ko’payib ketishini urbanizatsiya bilan izohlash mumkin. Urbanizatsiya-shaharlashish. Shaharlarning o’sishi va undagi aholi soni ko’payib, shahar turmush tarzining keng yoyilishi. Biroq, urbanizatsiya har doim ham ijobiy natija bermaydi. U bir qator ekoligik va kommunal muammolarni keltirib chiqaradi. So’ngi vaqtlarda yirik shaharlar havosining ifloslanib ketishi va shovqindan zarar ko’ruvchilar soni ortib bormoqda. Suburbanizatsiya-yirik shaharlarda aholining asosan shahar chetlariga chiqib yashashi.

Iqtisodiy rayonda Toshkentdan tashqari Chirchiq, Angren, Olmaliq, G’azalkent, Yangiyo’l, Ohangaron, Bekobod, Chinoz va boshqa aholi punktlari bor.

Chirchiq-rangli metallurgiyaning ikkinchi yirik markazi. “Chirchiqelektromash”, “Chirchiqkimyomash”.

Angren-qo’ng’ir ko’mir koni negizida paydo bo’lgan shahar. Angren GRES, Yangi Angren GRES, sement zavodi, yuk terminali bor. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Angren shahri ham Navoiy singari erkin sanoatlashgan hududga aylantirilmoqda.

Olmaliq-konchilar shahri. Rangli metallurgiyaning markazi. Ammofos zavodi, qo’rg’oshun-rux kombinatlari bor.

G’azalkent-tog’ zonasiga kiruvchi kurort shahar. Oyna va marmar zavodlari mavjud.

Yangiyo’l-asosan yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan shahar. Qandolat fabrikasi, un zavodi, yog’-moy, vino, konserva zavodlari va tekstil fabrikalari mavjud.

Ohangaron-yirik ko’mir va kaolin konlariga yaqin joylashgan. Unda sement zavodi, un zavodlari ishlab turibdi. Kaolin negizida ikkilamchi alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod qurilmoqda.

Bekobod-respublikamizning yagona qora metallurgiya markazi. Ikkilamchi hom-ashyo sifatida siz o’quvchilardan yig’ilayotgan metallar aynan shu shahardagi metallurgiya zavodida qayta ishlanadi.

Chinoz-Toshkent viloyatini janubiy hududlar bilan bog’lovchi shahar. Har tomonlama qulay geografik o’ringa ega. Unda un zavodi, neft va moylarni qayta ishlash zavodi, tekstil kombinati, paxta tozalash korhonalari ishlab turibdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun amaliy ish:

O’quvchilar mustaqil ravishda o’zlashtirilgan BKMlar asosida “Toshkent” krossvordini bajaradilar.



Krossvord savollari:

  1. ….- bu shaharlarning yirik shahar atrofida to’planishi.

  2. Respublikamizdagi yagona qora metallurgiya markazi hisoblangan shahar.

  3. Yurtimizda aholi punktlarini, agarda uning aholisi 7000 kishidan ortsa, uni shu nom bilan atash qabul qilingan.

  4. Toshkentga qo’shni shaharcha (shimoli-g’arbda)

  5. Yirik qo’ng’ir ko’mir koni negizida paydo bo’lgan shahar.

  6. Tog’ zonasidagi kurort shahar.

  7. Viloyatdagi uzumchilik va vino sanoati rivojlangan shahar.

A

G

L

O

M

E

R

A

T

S

I

Y

A
















B

E

K

O

B

O

D




























SH

A

H

A

R

























K

E

L

E

S













A

N

G

R

E

N













G’

A

Z

A

L

K

E

N

T
















P

A

R

K

E

N

T














Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Qisqa vaqtda krossvordni bajara olish.

  • Barcha o‘quvchilarning mavzuni qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish.

  • O‘quvchilarni chaqqonlikka va tezkorlikka undaydi.

  • Barcha tomonidan tez tushuniladi va qiziq tuyiladi

  • Nazorat usulining soddaligi va tezkorligi

Topshiriqni bajarish tartibi:

  1. Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.

  2. O‘quvchi yozma shaklda javoblarini yozadi va o’qituvchiga topshiradi

Uy vazifa uchun topshiriqlar
1. Darslikning 103-betidagi 2 ta savolga javob bering

2. Yozuvsiz kartaga Toshkent iqtisodiy geografik rayoniga tegishli topshiriqlarni bajaring

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin