Shakli: “ha-yoq”
-
Granit va qumtosh suvni yaxshi o‘tkazmaydi
-
Artezian suvlari bosimli bo‘ladi
-
Grunt suvlarining sathi bahorda yuqori bo‘ladi
-
Tabiiy buloqlarning ko‘pchiligi grunt suvlaridan paydo bo‘ladi
-
Artezian quduqlaridan suv otilib chiqadi
-
Yirik qum suvni yaxshi o‘tkazmaydi
-
Yer osti suvlari cho‘llarda mavjud emas
-
Shag‘al va qum qatlamlari orasida yer osti suvlari to‘planishi mumkin
-
Yer osti suvlari doimo chuchuk bo‘ladi
-
Tog‘ jinslari qancha g‘ovak bo‘lsa suvni shuncha sekin o‘tkazadi
“BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:
Topshiriqni bajarish tartibi:
-
O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan tasdiqlarni X belgisi bilan , noto‘gri deb hisoblagan tasdiqlaringizni O belgisi bilan belgilang.
Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o’quvchilarning javob 5 varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi
Baholash mezonlari:
-
9-10 ta to’g’ri javob uchun “5” ball
-
7-8 ta to’g’ri javob uchun “4” ball
-
5-6 ta to’g’ri javob uchun “3” ball
-
4 ta va undan kam javob uchun “2” ball
Yangi mavzuning bayoni
Reja:
1.Daryo va uning elementlari
2.Daryo havzasi va suvayirg‘ich
3.Tog‘ va tekislik daryolari
4.Daryolarning suv rejimi
5.Daryolardan xo‘jalikda foydalanish
Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. Juda to‘g‘ri. O‘zan deb ataluvchi chuqurlik-da oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi. 42- rasmdan daryo vodiysi haqida gapirib bering.
Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.
Har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlana-digan joy uning manbai deb ataladi. Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Volga daryosi tekislik-da, ko‘ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryo-ga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko‘pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi.
Daryoning okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi (O‘rta Osiyoning tabiiy xaritasidan Sirdaryoning manbaini, mansabini, Chirchiq va Qoradaryo irmoqlarini toping.)
Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi
Daryo havzasi va suvayirg‘ich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi
Amazonka sayyoramizning eng yirik daryosi Uning uzunligi-(Ukayali daryosi bilan) 6400 km ni tashkil qiladi
Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi dunyoda eng katta daryo bo‘lib, uning maydoni 7 mln km2 dan iborat.
Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan che-gara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning qirralariga, te-kisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.
Tog‘ va tekislik daryolari. Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi. Vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zaraf-shon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 6000 m balandlikdan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chuqur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘larda yemirib oqizib kelgan tog‘ jinslari tekislikda cho‘kib, cho‘kindi jinslarni hosil qiladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.
Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharshara 51 m balandlikdan otilib tushadi. Yana bir katta sharshara Afrikadagi Viktoriya sharsharasi Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi ( Nolari aytilgan sharsharalarni Yarim-sharlar xaritasidan toping)
Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryolar yomg‘ir, qor, muz suv-lari, buloqlar suvilardan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar suvi bilan to‘yinadi. Ular yozda scrsuv bo‘ladi (Nega?). Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba'zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Sunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiracli.
Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta'min-laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib qurnq yerlarga suv chiqariladi.
Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.
Grafik test.
Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlang
1.daryoning manbai 2.daryoning mansabi 3.dayoning o‘ng irmog‘i
4.daryoning o‘zani 5.daryoning qayiri 6.daryoning chap irmog‘i
7.daryoning vodiysi 8.daryoning havzasi 9.daryoning suvayirg‘ichi
10.daryo terassasi
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.
Topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:
-
Qisqa vaqtda mustahkamlash nazoratini amalga oshirish
-
Barcha o‘quvchilarning BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish
-
O‘quvchilarda geografik ob`ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi
-
Nazorat usulining soddaligi
-
Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi
Topshiriqni bajarish tartibi:
1.Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga taqdim etiladi.*
2.O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:
-
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
a
|
b
|
c
|
h
|
k
|
d
|
m
|
j
|
e
|
l
|
3. Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach oqituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va BKM elementlarini qanday darajada egallab olganligini aniqlaydi
Uy vazifa uchun savol va topshiriqlar
1. Daryo tushunchasining eng muhim belgilarini ayting.
2. Daryo sistemasi, boshlanish joyi, quyilishi joyi, daryo havzasi, suv ayirg‘ich, daryo o‘zani deb nimaga aytiladi? Ularni chizmada aks ettiringchi?
3. Daryolardan biriga quyidagi reja asosida ta'rif bering.
1). Daryo nomi?
2). Qaysi materikda va uning qaysi qismida joylashgan?
3). Qayerdan boshlanadi?
4). Qayerga quyiladi?
5). Qaysi okean yoki dengiz havzasiga mahsub?
6). Xo‘jalikdagi ahamiyati.
MAVZU: YERNING QUYOSH ATROFIDA AYLANISHI
5-sinf
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O’quvchilarga Yerning Quyosh atrofida aylanishi, Kabisa yili, Quyosh turish kunlari, bahorgi va kuzgi tengkunlik, tropik chiziqlar va Yerning issiqlik mintaqalar haqidagi kengroq bilimlarni berish;
b) Tarbiyaviy: O’quvchilarga Yer haqidagi nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish, o`quvchilarni jonli va jonsiz tabiatga nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish.
d) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni Yer shari va Koinot haqidagi geografik tasavvur-larini shakllantirish, mustaqil ishlash va u orqali bilim olishga, xotirani mustahkam-lashga, tez fikrlashga o‘rgatish. nutqni o‘stirish, fanga qiziqishni orttirish;
Dars uslubi: Ko’rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Guruhlarda o`qitish, Aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar, “B-B-B” jadvali);
Dars tipi: Yangi bilimlar berush;
Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, globus, Dunyoning siyosiy va tabiiy xaritasi, plakat,A-3 formatdagi qog`oz, marker, skotch, yelim, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: kompyuter, Internet ulanishi uchun telefon tarmog`i yoki USB-modem, televideoproyektor,
Asosiy tushunchalar va atamalar:
Yer, sutka, kabisa yili, Quyosh turish kunlari, tropik chiziqlar, issiqlik mintaqalari .
Darsning blok-chizmasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni (Internet tarmog`iga ulangan holatda GoogleEarthWin dasturi orqali tushuncha berish)
|
12 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
1.G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
|
5 daqiqa
|
Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,
Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)
d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, nomlash va guruh sardorlarini tayinlash;
e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);
Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati
Dars boshlanadi. O`quvchilar bilan salomlashib, sana, fan, davomat, ob-havo, fasl haqida so`raladi.
O’tilgan mavzu bilan bog’lash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
-
Parallellar
-
Daraja to`ri
-
Geografik kenglik
-
Geografik uzunlik
-
Sutka
-
Yerning qutblari
-
Ekvator
-
Meridianlar
O`quvchilarning kartochkalardagi tayanch so`z va tushunchalarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.
Videoproyektor orqali quyidagi rasmlar ekran yoki monitorda namoyish etiladi. Bunda o`quvchilar o`tgan mavzu yuzasidan ko`rsatilgan rasmlarni izohlab berishlari kerak bo`ladi.
Rasmlar yuzasidan o`quvchilarning javoblari tinglanadi va guruhlar tegishli kartochkalar orqali baholanadi.
O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter internetga ulangan holda “GoogleEarthWin” dasturini ishga tushiradi. Ekranda Yerning sun`iy yo`ldoshi orqali tushirilgan tasviri, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi, kosmosdan Yerning tabiiy ko`rinish holati namoyish etilgan vaqtdan boshlab, o`qituvchi quyidagi matn va ma`lumotlar asosida globus, Dunyoning siyosiy va tabiiy xaritalaridan foydalangan holda o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib beradi.
Yangi mavzu bayoni:
Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to'liq aylanib chiqadi. Hisobga to'g'ri bo'lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig'ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo'ladi. Shuning uchun har uch yildan kcyin to'rtinchi yil 366 kun bo'ladi. Bu yil kabisa yili dcyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. lyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko'proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh turishi kuni dcyiladi. Quyosh ufq ustida cng baland ko'tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo'ladi. 21
mart va 23 scntabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik dcyiladi. 22-dekabrda esa Ycr Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi.
Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi
Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo'ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo'ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.
Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo'ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo'ladi. Qutblarda esa qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo'ladi.
Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimo-
liy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o'tkazilgan.
Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy
tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.
Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush
vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning
ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik
chiziqlari oralig'ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga kela-
di. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda
esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi.
Yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va
yorug'lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Ekvator-
ning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo'lgan joy-
larga eng ko'p issiqlik va yorug'lik keladi. Bu yerlarda Quyosh
ufqdan baland ko'tarilib, yil bo'yi quruqlik va okeanlami qattiq
isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig'i Quyoshdan kam-
roq yorug'lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo`tadil (o'rtacha) min-
taqalardir. Qutbiy doiralardan qutblargacha bo'lgan joylarga Qu-
yoshdan yanada kam yorug'lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar
qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.
O`qituchi mavzuni tushuntirib bo`lgach, “Aqliy hujum” usulidan foydalanib yangi mavzu bo`yicha savollar orqali murojaat qiladi.
1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qayerdan kelib qolgan?
2. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?
3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to'g'ri keladi?
4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?
Bunda o`quvchilarning bergan javoblari jamlanadi va guruhlar baholanadi.
O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini sinash maqsadida o`quvchilar internet tarmog`i orqali ishlab turgan “GoogleEarthWin” dasturi orqali ekranda namoyish etiladigan Yerning tasviri, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi, kosmosdan Yerning tabiiy ko`rinish holatini yangi mavzuga bo`g`lagan holatda tushuntirib berishlari kerakligini aytadi. Guruhlarnng javoblari tinglangach, tegishlicha baholanadi.
Har ikkala guruhga ikkita plakat beriladi va ular kerakli o`quv qurollaridan foydalangan holda Yer shakli, parallel va meridianlar, “Zenit” holati, “Yerning issiqlik mintaqalari”ni va tropik chiziqlarni plakatda aks ettirishlari kerak bo`ladi.
O`quvchilar bu vazifani bajarib bo`lishgach, guruh sardorlari bajargan ishlarini izohlab berishadi.
O`qituvchi guruhlarning berilgan topshiriqni qay darajada bajarganliklariga baholaydi.
O`quvchilar yangi mavzu yuzasidan qay darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lganliklari monitor orqali namoyish etiladigan test sinovi orqali tekshirilib ko`riladi. Test javoblar varaqalarini guruhlar o`zaro bir-birlari bilan almashadilar va ektanda namoyish etiladigan tog`ri javoblar bilan solishtirib ko`radilar. O`qituvchi guruhlardan test varaqalarini olib har bir berilgan tog`ri javobga rag`bat kartochkasi beradi.
O`qituvchi o`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:
-
Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?
-
Nimalarni o`rgandingiz?
-
Nimalar Siz uchun yangilik bo`ldi?
-
Yana nimalarni bilishni istar edingiz?
Har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Dars yakunida o`quvchilarga yangi mavzuga tegishli Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi chizmasini A-4 formatdagi qog`ozga chizib kelish va darslikdan mavzuni o`qib kelish vazifasi uyga beriladi..
MAVZU: O’ZBEKISTONNING SUV BOYLIKLARIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH
7-sinf
Mashg‘ulotning borishi
Darsning tashkil etish shakllari:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash.
c) ob-havo so`rash
d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish
Dars rejasi:
Darsning borishi:
1. Tashkil etish. (2 daqiqa)
2. Guruhlash. (2 daqiqa)
3. Uy fazifa bo`yicha ishlash. (5 daqiqa)
4. Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa)
5. Guruhlarga topshiriqlar berish. (10 daqiqa)
6. Individual o`quvchilarga vazifa berish. (3 daqiqa)
7. Guruhlarning o‘z, fikrini himoya qilish. (4 daqiqa)
8. Yangi mavzuni mustahkamlash. (3 daqiqa)
9. Yakunlash, umumlashtirish. (2 daqiqa)
10. Baholash, uyga vazifa. (2 daqiqa)
Tashkiliy qismdan so`ng o`quvchilar emblemalar orqali guruhlarga bo`linadilar:
I - guruh. Daryo
II - guruh. Ko`l
III - guruh. Suv omborlari
O`qituvchi:
Bugungi dars mavzusi O`zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ekan, Prezidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so`zlari bilan boshlashi lozim.
“Suv hayotning bebaho in’omidir,
Hayot suv bilan bog`liq.
Suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi”.
- Qani aytingchi, suv deganda nimani tushunasiz?
Har bir guruhdan bittadan o`quvchi javob beradi.
I - guruh. Daryo
- Suv suyuqlik , suv –hayot manbayi.
- Suv - obi hayot.
II - guruh. Ko`l
- Olamda eng oddiy toza suvdan ko`ra qimmatliroq, azizroq narsa bo`lmasa kerak.
-Bu murakkab mineral tabiatda turli - gazli, qattiq - muz, suyuq - suv ko`rinishida uchraydi.
III - guruh. Suv omborlari
- Suv shunday ajoyib mo`jizaki, o`zining shaklini o`zgartirsa ham hususiyati o`zgarmaydi.
- Tabiatda biz uchun suvdan ham qimmatli, totli, muqaddas bo`lgan biror narsa yo`q.
O`qituvchi tomonidan guruh o‘quvchilarining javoblariga izoh berib o‘tiladi:
- Barakalla, juda to`g`ri. Suvni toza saqlab qolish butun insoniyatni jiddiy tashvishga solib turgan muammolardan biridir.
O`qituvchi tomonidan mavzuga doir slaydlar ko`rsatiladi.
(Slaydlar o`qituvchi tomonidan oldimdan tayyorlab qo‘yiladi.)
O`qituvchi guruhlarga suvni nimalarda ishlatilishi haqida gapirishlarini aytadi
Guruhlar javoblari:
I - guruh.
- Ozuqamiz va kiyim-kechagimiz - suvdan.
II - guruh.
- Hozirgi kunimiz kelajagimizning farovonligi va sog`lom hayot tarzimiz, atrof-muhit go`zalligi va tozaligi-suvga bog`liq.
III - guruh.
- Sanoat korxonalari ishni yuritish, baliqchilik xo`jaligini yuksaltirish va boshqa ko`plab hayotiy chora-tadbirlarni suvsiz tasavvur etib bo`lmaydi.
O`qituvchi:
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida toza suvga bo`lgan ehtiyoj ortib bormoqda, chunki insoniyat hayotini suvsiz tasavvur qila olmaydi. Sunday ekan har bir guruh o‘ziga suvga tegishli bo‘lgan muommoli savol tanlab unga javob beradilar.
Har bir guruh taqdimoti tinglanadi.
I - Daryo guruhi.
Biz chuchuk suvni tanladik. O`zbekistonda chuchuk suvlarni ifloslanishi qora va rangli metalurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatlaridan chiqqan og`ir metallar, ftor, fenoldan ifloslanadi.
O‘zbekiston daryolaridan Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Norin daryolari eng ko‘p ifloslangan.
II - Ko`l guruhi.
Kichik daryo, soylar muammosini tanladik. Sababi inson ta’siri kundan - kunga ortib bormoqda. Daryo o`zan, qayir va terrasalarda qum, qumtosh, shag`allarning qurilish uchun ommaviy olib ketishi sabab bo`lmoqda.
O`zbekiston daryolari
Daryo nomlari suv sarfi
Amudaryo 2500 m3/sek
Sirdaryo 1200 m3/sek
Zarafshon 164 m3/sek
Qashqadaryo 50 m3/sek
Surxondaryo 52 m3/sek
Chirchiq 22 m3/sek
Ohangaron 23 m3/sek
III - Suv omborlari guruhi.
Inson tomonidan yaratgan suv havzalarini tanladik. Suv omborlari, kanallar ham to`g`ri qurilmasa, ko`plab vohalar yerlari zaxlab, inshoatlar shikastlanadi.
Daryo-hayotbaxsh tomir, butun jonzod daryo suviga intiladi. Shuning uchun ham qadimdan daryo bo‘ylarida insoniyat, madaniyat o`chog`i vujudga kelgan.
O`qituvchining yangi mavzu yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlari.
Suvning xalq–xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatilishi va undan foydalanish borasida qilingan ishlar. Masalan: Respublikamizda suvni tejab ishlatish maqsadida qurilgan suv omborlari (xaritadan ko‘rsatib) ularning xalq–xo‘jaligidagi ahamiyati beqiyosdir.
1tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori.
Mis 500m3
Azot o`g`iti
350-400 m3
1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori
Po`lat
250 m3
Sellyuloza 1500m3
Plastmassa 500-1000 m3
Sintetik kauchuk va gazlama 2000 m3
Albatta tabiatdagi suvlarni tabiatning o‘zi ham ifloslaydi.
-
Iflos changlar atmosfera yog`inlariga qo`shilib, suvlarni tabiiy holda ifloslaydi.
O`zbekiston suv havzalarida sanoat tarmoqlaridan chiqarilgan iflos chiqindilar.
- O`zbekiston suv havzalarini sanoat tarmoqlaridan chiqadigan iflos chiqindilar ifloslaydi.
- Suvda har-xil zaharli moddalar to`planadi, suvning fizik xossalari, tiniqligini, hidi va mazasi va kimyoviy tarkibi o`zgaradi. Zaharli birikmalar paydo bo`ladi.
- Hammamizga ma’lum mamlakatimizda Suvni muhofaza qilish to`g`risida qonunlar qabul qilingan. Jumladan:
- Yer, yer boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.Bu konstitutsiyaning 55-moddasida ta’kidlangan.
-O`zbekiston yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda ro`y berayotgan murakkab holatning oldini olish va suv bilan ta’minlash asosida bir qator loyihalar tuzilgan.
-Suv tarmoqlaridagi nosozliklar tufayli suvlar bekorga oqizib yubormaslik.
-Daryo, ko`l, buloq, kanal suvlarini bilib –bilmay xo`jasizlarcha isrof qilmaslik.
-O`zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash.
-Daryo yoqalarida sanitariy zonalar tashkil etish lozim.
- Ekologik ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz lozim bunda biz kattalrning suv haqidagi hikmatli so`zlariga doimo rioya qilishimiz darkor. Yani:
- Suvga qarab tuflama, suvga qarab supurma.
- Suv - hayot manbai.
- Quyosh hosilning otasi bo`lsa, suv onasidir.
- Yer xazina - suv oltin.
- Nimani xor qilsang, shunga zor bo`lasan.
Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar olgan bilimlarini tekshirish:
O`qituvchi guruhlarga O`zbekistondagi suv omborlarini sxematik chizmasini tarqatadi. Ular ushbu suv omborlarini nomini aytishlari kerak bo‘ladi.
O`zbekiston suv omborlari.
Janubiy
Surxon Uchqizil Chimqo`rg`on
Ohangaron
Chorvoq Kattaqo`rg`on
Jizzax
Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimini baholash.
O`qituvchi umumlashtirib darsga yakun yasaydi, guruhlar to`plagan ballar hisoblanib, g`olib guruh va faol o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa:
Mavzuni o`qib, savollarga javob yozish. O‘zbekiston suv omborlari jadvalini tuzush.
MAVZU: ZARAFSHON VODIYSI. GEOGRAFIK O’RNI: YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI
7-sinf
Dars maqsadi:
Respublikamizning tabiiy geografik o‘lkalari tabiiy sharoitning o‘ziga xos xususiyatlari haqida geografik bilimlarni shakllantirishda davom etish, o‘quvchilarni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish; Zarafshon vodiysining geogrfik o‘rni, yer yuzasining geologik tuzulishi, geologik taraqqiyot bosqichlari va foydali qazilmalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish; geologik bilim manbaalari bilan ishlsh ko‘nikmalarini shaklantirishni davom ettirish; o‘quvchilarda tekislik va tog`li o‘lkalarda oid geologik bilimlarni rivojlantirish.
Vazifalar:
O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
Dars metodi: “Aqliy hujum”, “Savol-javob”, “ha” yoki “yo‘q”.
Dars vositalari:
O‘zbekistonning tabiiy (foydali qazilmalari) xaritalari, 7- sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, qiziqarli kitoblar, tog‘ jinslari namunalari, tarqatma savollar.
Dars rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
3. Tarqatma savollar orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish ( 8 daqiqa).
4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa).
5. O‘tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. (8 daqiqa).
6. Sardorlar bellashuvi ( 9 daqiqa).
7. Mavzuni mustahkamlash (3 daqiqa).
8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).
9. Uyga vazifa. (2 daqiqa).
1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 3 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi.
I-guruh. “Zarafshon”
II-guruh. “Marjonbuloq”
III-guruh. “Muruntov”
O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:
Oltin qoidalar:
1. Faollik.
2. Vaqtga rioya qilish.
3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.
4. O`zaro hurmat.
5. To`g`ri javob uchun rag`bat.
6. O`ng qo`l qoidasi.
7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.
8. Intizom.
Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.
3. “Qarorlar shajarasi” interfaol metodi orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa).
Muammo: “Zarafshon vodiysidagi foydali qazilmalardan tejamkorona foydalanish”
O’quvchilar muammoning oldini olish yo’llarini 1,2,3-g’oyalar orqali topishadi va qaror qabul qilishadi.
4. Quyidagi raqamlar qaysi tog` tizmalariga tegishli ekanligini yozub ko‘rsatish.
1) 2621 m --- 2) 2161 m ---
3) 4000 m --- 4) 3768 m ---
5) 4503 m --- 6) 4299 m ---
7) 3267 m --- 8) 2268 m ---
9. 2165 m…..
Izoh: Barcha guruhlarga bir xil topshiriq beriladi. Topshiriq bajarilgandan so‘ng guruhlar bir-birlarini bajargan ishlarini ko‘rib chiqishib tahlil qilishadi.
5. Yangi dars bayoni (10 daqiqa).
1. Zarafshon vodiysining geografik o‘rni
Dostları ilə paylaş: |