Qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/10
tarix22.10.2017
ölçüsü0,66 Mb.
#11245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarni savollar va test topshiriqlari orqali baholash: Savol: topografik xaritada plan azimutini aniqlang? Topografik planini o’qing? Topografik planda qanday shartli belgilar bor?

Uyga vazifa: Mavzu so’ngidagi savollarga yozma jovab yozish va fanga oid yangiliklarni o’rganib kelish

BUMERANG” TEXNOLOGIYASI topo-example489



MAVZU: DUNYO OKEANI. KOSMIK, IQLIMIY, BIOLOGIK VA REKREATSION RESURSLAR

9-sinf

I. Darsning maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad:

O`quvchilarga Dunyo okeani.Kosmik,iqlimiy,biologik va rekratsion resurslarning ahamiyati,ularning turlari xalq xo’jaligidagi o’rnini ochib berish.Davlatlar misolida bu resurslarning tarqalishini o’rgatish.

  1. Ta`rbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni va internet ma’lumotlarini o`rganishga da`vat etish; o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni his qilish kabi ko`nikmalarni tarkib toptirish.

  1. Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq ma’daniyatini o`stirirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish,hozirjavoblik, topqirlik hususiyatlarini rivojlantirish.

II. Darsning jihozi:

Dunyoning siyosiy xaritasi ,davlatlarining tabiiy ,iqtisodiy, foydali qazilmalar xaritalari, davlatlar rasmlari, davlatlar haqidagi film va globuschalar maketlari.



Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”, Juftlikda ishlash, “Guruhlar bilan ishlash”, “Insert”, “Rost-yolg`on” o`yini.

Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (2 daqiqa);

2. Gurihlarga bo`lish (2 daqiqa);

3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash , 3daqiqa);

4. “Amerikaga sayohat” filmini tomosha qilish (5 daqiqa);

5. Juftlikda ishlash uchun topshiriq (2 daqiqa);

6. Mavzuga ijodiy yondoshish (10 daqiqa);

7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (7 daqiqa);

8. ”Rost-yolg`on” o`yini (5 daqiqa);

9. Mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa);

10. Uyga vazifa (2 daqiqa).

Darsning borishi:

1. Darsning tashkil etilishi:


  1. Salomlashish,davomatni aniqlash;

  2. O`quvchilarni darsga hozirlab,jonli muhit yaratish.

Mavzuni o`rganish uchun o`quvchilar maqsadlariga ko`ra 4 guruhga bo`linib oladilar.

I -guruh. Okeonogroflar..

II- guruh. Kosmonavtlar.

III- guruh. Biologlar.

IV- guruh. Sayyohlar.

O’quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:



II. Oltin qoidalar:

  1. Faollik.

  2. Vaqtga rioya qilish.

  3. Fikrni takrorlamaslik.

  4. O`zaro hurmat.

  5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

  6. O`ng qo`l qoidasi.

  7. Bir yoqadan bosh chiqarish.

  8. Intizom.

Guruhlarga o’tilgan mavzular bo’yicha xotirani sinash uchun savollar beriladi.

  1. Dunyonong eng yirik sakkizlik mamlakatlari qaysilar nima uchun?

  2. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida eng kucnlilari qaysilar ,nima uchun?

3.Davlatlar boshqaruviga ko’ra qanday turlarga bo’linadi, ularda davlat boshqaruvi qanday amalga oshiriladi?

4.Tabiiy resurslar qanday turlarga bo’linadi,ularga misollar keltaring.

Har bir to`g`ri javob uchun guruh a’zolari davlatlarning bayrog`chalari maketi bilan rag`batlantirib boriladi.

Videoikkilik orqali dunyo okeani,quyosh nuri tirik organizmlar,koinot ,sayyohlar tasvirlangan vidio lavha namoyish etiladi.Har bir guruh a`zolari kasblariga muvofiq holda filmni tahlil qiladilar. Tahlil mazmuniga va samarasiga ko`ra g`olib guruhlar taqdirlanib boriladi.

O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini bilish uchun juftliklarga topshiriq beradi.Ular “Bilaman.Bilishni istayman.Bilib oldim” jadvalining 1- va 2- qismlarini to`ldirishadi. (1-ilova)

So’ngra o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini to’ldirib yangi mavzu haqida tushuncha beradi.

Har bir guruhga ijodiy yondoshish uchun mavzular beriladi, ular darslik va xarita asosida topshiriqni bajaradilar.



1-guruh.Dunyo okeanida qanday boyliklar bor.Ulardan qanday maqsadlarda foyalanilmoqda.

2-guruh.Iqlimiy resurslar nima .Ulardan nima maqsadlarda foydalaniladi.

3-guruh.Biologik resurslar nima Bunday resurslar bilan qaysi davlatlar yahshi ta’minlangan.

4-guruh.Rekratsison resurslarga qanday resurslar kiradi,ularning qanday turlari bor.

O`qituvchi javboblarni umumlashtirib to’ldiradi.

E’tiborni jamlash maqsadida “Rost-Yolg`on” o`yini o`tkaziladi. Bu o`yinga ko`ra juft (II-IV) va toq (I-III) guruhlar o`zaro fikrlarini rost yoki yolg`onligini aytadilar.

Dars boshida tarqatilgan jadvalning “Bilib oldim” bo`lagi o`quvchilar tomonidan juftlikda to`ldiriladi.

Dars yakunida guruhlar to`plagan davlatlarning bayroqlari sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab “Eng bilimdon guruh”, “Eng faol guruh “, “Eng hamjihat guruh” unvonlari o`z egalariga topshiriladi.

Uyga vazifa:

Mavzuni “Insert” belgilaridan foydalanib o`qish. Noananaviy resurslarning konseptual xaritasini tuzish.





МAVZU: “O’RTA OSIYONING GEOLOGIK TUZILISHI

7-sinf

Dars bosqichlari.

Bosiqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

1-bosqich Tashkiliy qism

Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.

og‘zaki

muloqot


3 daqiqa

2-bosqich Motivatsiya

Nazorat bosqchi “BLITS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLITS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.

BLITS” so‘rov topshiriqlari


Shakli: “ha-yo‘q”



8 daqiqa

3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni

O‘qituvchining “O’rta Osiyoning geologik tuzilishi.” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish

Asosiy bosqich:

a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

b) yangi mavzu bayoni - daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.



og‘zaki bayon, tushuntirish,

savol-javob



20 daqiqa

4-bosqich Mustahkamlash

Grafik usulda test topshirig‘i. Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlash.

Grafik usulida test topshirig‘i.


12 daqiqa

5-bosqich

Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq


Uy vazifasini bajarish uchun

tavsiyalar






2 daqiqa



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin