Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 285,5 Kb.
səhifə2/5
tarix16.01.2022
ölçüsü285,5 Kb.
#113808
1   2   3   4   5
5 - guruh XOLOVA DILOVARning KURS ISHI word

Birinchi bosqich—tayyorgarlik (almashtirilayotgan har bir tovush ustida ishlash ).

Ikkinchi bosqich- almashtirilayotgan tovushlarni eshitish va talaffuz jihatdan farqlash.

Birinchi davrda almashtirilayotgan har bir tovushning talaffuz va eshitish obrazining ketma-ketligi aniqlanadi. Olib boriladigan ish rejalari quyidagilardan iborat: ko'rish, eshitish, taktil idrok etish, kinestetik sezish orqali tovushlarni jarangdorligi va artikulatsiyasini aniqlash; bo’g‘inlarda tovushlarni ajratish; so'zlarda tovushning o’rnini (boshida-o’rtasida-oxirida) aniqlash; tovushlarni so’zdagi ketma-ketligini aniqlash (tovush sanoq bo’yicha nechanchi o'rinda, qaysi tovushdan keyin kelayapti, o'zidan oldin qaysi tovush turibdi); gap, matnlarda tovush harfini aniqlash.

Ikkinchi bosqichda almashtiriladigan tovushlarni talaffuz va eshitish jihatdan qiyosi ashishlari olib boriladi. Bunda ham olib boriladigan ish birinchi bosqichdagidek bo'lib, har bir tovush eshitish va talaffuz jihatdan aniqlanadi. Asosiy maqsad ularni bir-biridan farqlashdir, shuning uchun nutqiy materialga almashtirilayotgan tovushlar ishtirok etgan so'zlar tanlab olinadi.

Disgrafiyani bartaraf etishda yozuv mashqlari katta o’rin tutadi.

Artikulyator -akustik disgrafiyava uni bartaraf etish.

Artikulator-akustik disgrafiyani bartaraf etishda avval tovushlar talaffuzidagi kamchiliklami to'g'rilash lozimdir. Ishning boshlang'ich davrida tovushlarni aytib takrorlamaslik tavsiya etiladi, chunki bu holatda yozuvda xatoliklarga yo’l qo'yilishiga olib kelishi mumkin. Disgrafiya va fonematik disleksiyani bartaraf etishda tilning analiz va sintez tomonini rivojlantirish.

Gapda so'zning soni, ketma-ketligi va o’rnini aniqlash qobiliyatini quyidagi topshiriqlarni bajarish

-Sujetli rasmlar asosida gap tuzish va gapdagi so'zlar sonini aniqlash.

-Ma’lum miqdordagi so'zlar bo'yicha gap o’ylab topish.

So’zlar sonini ko'paytirib, gapni kengaytirish.

-Gapda so'zlar o’rnini aniqlash (ko'rsatilgan so’z nechanchi o'rinda turibdi).

-Ma’lum sondagi so’z ishtirok etgan gaplami matndan ajratish.

-Gapda nechta so’z bo'lsa, shuni ko'rsatuvchi sonni ko'rsatish.

Bo’g‘in analiz va sintezini rivojlantirish

Bo’g‘in analiz va sintezini rivojlantirish ishlarini yordamchi usullardan foydalanishdan boshlash lozim. Bo'g'in analizini shakllantirishda quyidagi yordamchi vositalar taklif qilinadi, masalan, so'zlarni bo'g'inlarga ajratganda qarsak chalish va so'zdagi bo’g‘in sonini aytish.

Nutqda bo’g'in analizini rivojlantirish jarayoni so'zlarda unli tovushlarni ajratish hamda bo’g‘inlarga ajratishning asosiy qoidalarini o'zlashtirishga asosiy e’tibor beriladi: so'z necha unli tovushdan iborat bo’lsa, unda shuncha bo’g‘in bo'ladi. So'zni bo'g'inlarga bolishda unli tovushlarga tayanish o'qish va yozuvda unli tovushlarni tushirib qoldirish, unlilarni o'qish kabi xatolarning oldini olish va bartaraf etishga imkoniyat beradi.

Unli tovushlar asosida so'zlarda bo g'in tarkibini aniqlash malakasini shakllantirish uchun unli va undosh tovushlar differensiatsiyasi hamda nutqda unli tovushlarni ajratish bo'yicha dastlabki ishlarni olib borish zarur. Unli va undosh tovushlar haqida, ularni farqlashning (ular artikulatsiya usuli va jarangdorligi bo'yicha farqlash) asosiy belgilari haqida tasavvurlar hosil qilindi. Mustahkamlash uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: logoped unli tovushlarni talaffuz etganda bolalar qizil, undosh tovushlarni talaffuz etganda ko’k bayroqchani ko'taradilar.

Keyinchalik unli tovushlarni bo'g'in va so’zlarda ajratish bo’yicha ish olib boriladi. Buning uchun avval bir bo’g‘inli so'zlar (uy, oy, non, nok, ot) taklif etiladi. Bolalar so'zlarda unli tovush va uning o’rnini (so’z boshida, o'rtasida, oxirida) aniqlaydilar. Buning uchun so'zning grafik sxemasidan foydalanish mumkin. Bolalar unli tovushning so'zdagi o’rniga qarab sxemaning boshi, o'rtasi, oxirida belgi-aylanacha qo'yadilar:

Keyin ikki va uch bo’g‘inli so'zlar ustida ish olib boriladi. Buning uchun quyidagi topshiriqlar berish tavsiya etiladi:

-So'zdagi unli tovushlarni aytish. Buning uchun talaffuz etilishi yozilishidan farq qilmaydigan so'zlar.

-Berilgan so'zda faqat unlilarni yozish (olma-OA).

-Unli tovushlarni ajratish va shu tovushga taalluqli harflarni topish.

-Berilgan unli tovushlarga taalluqli rasmlarni ajratish.

Bo'g'inlarda analiz va sintezni mustahkamlash uchun quyidagi

topshiriqlarni berish mumkin:

-So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib qaytarish. Bo'g'inlar sonini sanash.

-Aytilgan so'zlardagi bo’g‘in sonini aniqlash va shu songa taalluqli raqamni ko'rsatish.

-Nomlangan rasmlarni ikki qatorga bo'g'inlar soniga qarab ajratish. Aytilishida 2 va 3 bo'g'indan iborat rasmlar (anor, anjir, olxo'ri) tavsiya etiladi.

-Nomlangan rasmlardan birinchi bo'g'inni ajratish va uni yozish, so'ng ajratilgan bo'g'inlarni biriktirib so'zlar, gaplar tuzish va hosil bo'lgan so'z va gaplarni o'qish.

Masalan: "oltin", "malina", "radio", "kesak", "tabiat". Berilgan so'zlarning birinchi bo'g'inlari biriktirilganda quyidagi so'zlar hosil bo'ladi: olma, raketa.

-So'zlarda tushurib qoldirilgan bo'g'inni rasmlar yordamida aniqlash.

ar;los; ka; olri.

-Tartibsiz berilgan bo'g'inlardan so'z tuzish (tar, gi, ki, be, vuz, lam, tob, hi).

-Gaplardan ma’lum sondagi bo'g'inli so'zlarni ajratish




Yüklə 285,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin