Qidir Bozor islohotlari



Yüklə 31,69 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.12.2022
ölçüsü31,69 Kb.
#121555
Bozor islohotlari - Vikipediya



Qidir
Bozor
islohotlari
Bozor islohotlari — davlatning bozor iqtisodiyotiga oʻtishni
taʼminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi,
iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari
totalitar rejali iqtisodiyot hukmron boʻlib kelgan sobiq
sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishni
taʼminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida
tub oʻzgarishlarga olib keladigan bir qancha yoʻnalishlarda olib
boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari
oʻzgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning


hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik
mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga
egalikqilish, xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirish, yerni turli
mulk obʼyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish,
tomorqa xoʻjaligini kengaytirish, ijara munosabatini
rivojlantirish choratadbirlari oʻtkaziladi. Agrar islohotlar
pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan
agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari.
Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish,
byudjet tuzilmasini oʻzgartirish, pul islohotini oʻtkazish, tijorat
banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek
yangicha valyuta munosabatlariga oʻtish maqsadlarini
koʻzlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga
xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar)ni tashkil
etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast
kompaniyalari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik
firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari.
Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga
qoʻshilishini taʼminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va
import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya
tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish, chetga kapital, ish kuchi
chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial
(ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida
taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining
nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy
etish, pensiya, sotsial sugʻurta fondlari, turli xayriya


jamgʻarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oʻz
ichiga oladi.
Bozor islohotlari bir butun majmua boʻlib, ular ijtimoiy va
iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va
yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari
ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish
mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab
turlicha kechadi.
Oʻzbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga
oʻtishdagi Oʻzbekiston modelining umumiy va xususiy
jihatlarini hisobga olgan holda oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistonda
Bozor islohotlari 1991-yildan — Mustaqillik eʼlon qilingandan
soʻng boshlangan. Prezident I.A. Karimov asoslab bergan
besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining
konseptual asosini tashkil etadi. 1991-yildan 1994-yilning
oʻrtalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi
bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik
xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-
sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi,
iqgisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994-yilda
nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu
bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xoʻjaliklarga yer
berish, xoʻjaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat
narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga oʻtildi, bozor
infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga


oʻtila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida
barchani qimmatchilikdan himoya qilish, soʻngra muhtoj
oilalarni himoya qilish choralari qoʻllandi.
Bozor islohotlari ning ikkinchi bosqichi 1994-yil oʻrtalaridan
1997-yil oʻrtalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni
xususiy lashtirish davom ettirildi, oʻrta va yirik korxonalar ham
davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning koʻpchiligi ochiq
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997-yil kelib
iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67%
yaratildi, milliy pul — soʻm muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul)
va yagona toʻlov vositasi deb eʼtirof etildi, uning mamlakat
ichidagi konvertatsiyasi taʼminlandi.
Bozor islohotlari ning uchinchi bosqichi 1997-yil oʻrtalaridan
boshlanib, u yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda
paychilik mulkiga oʻtish, xorij investitsiyalarini faol jalb etish,
iqtisodiyot subʼyektlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, fermer
xoʻjaliklarini rivojlantirish, dehqon xoʻjaliklarini yangicha tashkil
etish, kichik va oʻrta biznesni mustahkamlash, qimmatli
qogʻozlar bozorini kengaytirib, unga xorij kapitalini jalb etish
xabi ustuvor choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar

Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin