1
OCHIQ URUG'LI O'SIMLIKLARNING AHAMIYATI
Reja:
I Bob Ochiq urug'li o'simliklarning ahamiyati
1. O‘rmon qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi.
2. Suv qirqqulog‘ining tuzilishi, ko‘payishi.
3. Qirqbo‘g‘imlilarga xarakteristika.
4. Dala qirqbo‘g‘imining tuzilishi, ko‘payishi.
5. Plaunlar tuzilishi, ko‘payishi.
6. Bir xil va xar xil sporali plaunlar
7. Ochiq urug‘lilarga tasnif, klassifikatsiyasi.
8. Ochiq urug‘lilarning tuzilishi va ko‘payishi.
9. Igna barglilar sinfiga xarakteristika.
10. Igna barglilar ko‘payish.
II bob
1. Qarag`aytoifa o’simliklarga umumiy tavsif.
2. Qarag`aytoifa o’simliklarning kelib chiqishi va klassifikastiyasi.
3. Urug`li paporotniklar
4. Sagovniklar
5. Qarag`aysimonlar-Pinopsida sinfi (ajdod).
6. Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi
7. Sarvnamolar qabilasi.
8. Sarvdoshlar (Archadoshlar) oilasi - (Cypressaseas)
Yer yuzida ochiq urug`li o`simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan.
Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O`zbekiston hududida uchraydi..
Ochiq urug`li o`simliklar bo`limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular
urug`lardan ko`payadi.
2
Ochiq urug`li o`simliklarning urug`lari gulli o`simliklarnikiga o`xshash meva ichida
yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda oshiq holda yetishadi. Shuning uchun ham
ular ochiq urug`li o`simliklar deyiladi.
Ochiq urug`li o`simliklarga misol qilib archa, saur, qarag`ay va qorqa qarag`ay kabi
o`simliklarni keltirish mumkin.
Ochiq urug'li o'simliklarning ahamiyati
1. Quruqliq sharoitida yashaydigan va urug etishtiradigan yuksak o'simliklar
urugli o'simliklar deb ataladi. Bu o'simliklarda urug bo'lishi bilan arxegonial yuksak
o'simliklardan, ya'ni moxlar, riniofit, plaun, kirikbo'gim va paparotniklardan tubdan fark
kiladi. Xozirgi zamon yuksak urug etishtiruvchi o'simliklar asosan yukorida aytilgan
sporali yoki arxegoniylardan kelib chikkan.
Urugli o'simliklar ikki bo'limga: Ochiq uruglilar (Gymnospermae)va Yopiq
uruglilar (Angiospermae) ga bo'linadi.
2. Ochiq uruglilar kadimiy o'simliklar bo'lib, ularning kadimiy avlodlari toshko'mir
davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urugli paporotniklar, bennettitlar,
keytonlilar yo'kolib ketib, kazilma xolda saklanib kolganlar. Ginkoviylar,
velvichiyalarni bittadan turi saklanib kolgan. Xozirgi vaktda Qarag'aylar, sagovniklar,
gnetoviylar keng tarkalgandir.
Er yuzida Ochiq uruglilarning xozir 660 turi mavjud bo'lib, asosan daraxt, kisman
buta va liana turlari uchraydi.
Ochiq urugli o'simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug va urug kurtakni
Ochiq bo'lishidir. Ularning uruglari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda
Ochiq xolda joylashadi. Urugkurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan
bo'lib, tashki tomonidan intgument bilan o'rab olingan. Megosporofilning otalanishidan
urug rivojlanadi. Ochiq uruglilarning muxim xususiyatlaridan biri sperpatizoidning
spermiyaga aylanishidir. Spermiyani xosil bo'lishi bu o'simliklarni suvsiz muxitida xam
otalanishiga imkon yaratib beradi.
Ochiq uruglilar MDX ning shimoliy kismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va
Kavkazda keng tarkalgandir. Ochiq uruglilarnig kelib chikishi, klassifikatsiyasi olimlar
3
orasida jonli munozaraga sabab bo'lmokda. Barcha arxegonial o'simliklar uchun xos
xususiyat (moxsimonlardan to Ochiq uruglilargacha) tuxum xujayraning arxegonida
xosil bo'lishidir.
Ochiq uruglilarning tarkkiy etgan shakillarining xosil bo'lishi Yopiq uruglilarning
xosil bo'lish davriga - devon davriga to'gri keladi. Ochiq uruglilar kuyidagi 3 ta sinfga
bo'linadi.
1-sinf Sagovniklar. 2-sinf kubbalilar 3-sinf kobikli uruglilar.
Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - Qarag'aylar tartibiga
bo'linadi.
Qarag'aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko'mir davrining oxiri karbon davrining
boshida keng tarkalgan. Yura davrida bark urib rivojlangan.
Qarag'aylarning 560 turi mavjud bo'lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo'linadi.
Qarag'aylar oilasi Pinaceae. Qarag'aylar oilasi vakillari MDX xududida keng
tarkalgan o'simliklardir. Bu oilaga kuyidagi turlar kiradi: oddiy Qarag'ay - sosna,
koraQarag'ay - El, Tilogoch - list vennitsa, Ok Qarag'ay - pixta, barglari kiska
ninasimon bo'lib, mutyovka shaklida yoki juft bo'lib joylashadi. Ildizi yaxshi
rivojlangan bo'lib, yon ildizlar xosil kiladi. Qarag'ay bir uyli ayrim jinsli o'simlikdir.
Ochiq uruglilarning ko'payishini oddiy Qarag'ay Pinus sibirica misolida kurib
chikamiz. Qarag'ay tabiatda keng tarkalgan bo'lib, bo'yi 50 m balandlikka etadi, 400 yil
xayot kechiradi. Sporafill erkak va urgochi kubbada xosil bo'ladi. Kubbalar bitta
o'simlikda joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo'lib, unda spiral ravishda
mikrosporofill joylashgan bo'lib, chang xosil kilishga xizmat kiladi.
3. Ochiq uruglilarning xalq xo'jaligidagi axamiyati. Ochiq uruglilar juda katta
maydonlarda Tayga o'rmonlarini xosil kiladi. Tayga o'rmonlarida o'ziga xos biotsenoz
xosil bo'ladi. Natijada turli xayvonlar, xashoratlar, kushlar turlarini oziklanishi va
ko'payiishi uchun sharoit vujudga keladi. O'rmonlar suv va tuprokni eroziyadan
saklaydi. Kurilish materiali xisoblanadi. Yogochsozlik sanoatining xom ashyo bazasidir.
Ingichka barglilardan viskoza, ipak, tsellioza, balzam, smola, spirt, uksus kislotasi,
oshlovchi moddasi olinadi. Sibir Qarag'ayi urugi tarkibida 79 % gacha yog mavjud.
4
Medetsina sanoatida vitamin-lar, preparatlardan pinobin olinadi.
Xalq medetsinasida nerv kasallarini davolashda, tuberkulyoz, buyrak, siydik
kopini, gemorroe kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Fakat yogochdan 20 mingdan
ortik turli material va modda olinadi. Bir kub metr yogochdan 1,5 ming m. sun'iy ipak
yoki 600ta trikotaj kostyum yoki 200 kg kogoz olinadi. O'rmon boylik deb bejiz
aytilmagan.
Dostları ilə paylaş: |