tashqi muhit ham bog‘liq. O‘simta 2 uylik, 1 jinsli, agar spora organik moddasi ko‘p
bo‘lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o‘simtasi, qumli yerga tushib qolsa,
otalik o‘simtaga aylanadi. Jinsiy ko‘payish suvning yordamida bo‘ladi.
Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib borib, Arxegoniyalar
bo‘yni orqali kirib tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo‘ladi.
Embrionni yangi o‘simlik-jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning yozgi
poyasi meditsinada siydik xaydovchi sifatida ishlatiladi. Qirqbo‘g‘imning epidermis
hujayrasi bilan sug‘orilgani uchun misgarlikda idishlarni oqartirish uchun
qo‘llaniladi. Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun iste’mol qilinadi.
PLAUNLAR TARTIBI
Plaunlar sinfi 2 tartibga bo‘linadi:
1.Bir xil sporali plaunlar
2.Ikki xil sporali plaunlar
8
Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plauni-ni olamiz. Apteka plauni
o‘rmonlarda, qarag‘ayzorlarda uch-raydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi.
Poyasining uzunligi 70 sm ga yetadi. Apteka plauni doim yashil, ko‘p yillik o‘t
o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik
o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo‘ladi. Boshoqchani
sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon
sporangiyalar taraqqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya
xujayralarning reduksion yo‘lida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Sporalar
nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar
yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoitga tushib
qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu
o‘simtada anteridiya va arxegoniya taraqqiy etadi. Ante-rediya va arxegoniyalarning
taraqqiy etishi uchun 10-12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2 jinslidir.
Otalanish protsessi bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan
spermatazoidlar arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion
hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl
sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib
qo‘yiladi. Ya’ni pil-lyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan
metallarni qoliplashda ishlatiladi.
Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o‘simlik ham
ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik /o‘tli/ poyasi dixatomik ravishda shoxlangan.
Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida boshoqchasi bor.
Boshoqchasida 2 xil: katta-makrosporangiyalar va
kichik makrosporangiyalar bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikro-spora taraqqiy
etadi. Undan otalik o‘sib chiqadi. Makro-sporangiyalardan
makrospora taraqqiy etadi. Undan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2
uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda bo‘ladi.
OCHIQ URUFLILAR TIPI
9
Ochiq urug‘li o‘simliklar bir tomonidan yuqori sporali o‘simliklarga 2-bir
tomondan yopiq urug‘li o‘simliklarga o‘xshaydi. Ochiq urug‘li o‘simliklar urug‘
beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug‘li o‘simliklar ochiq urug‘li o‘simlik-lardan
kelib chiqqan.
Ochiq urug‘li o‘simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug‘li o‘simliklar
Dostları ilə paylaş: |