Qirqquloqsimonlilar


 Urug`li qirqquloqsimonlar -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Qirqquloqsimonlilar

1. Urug`li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae. 
2. Sagoniksimonlar - Cycadopsida. 
3. Bennettitsimonlar - Bennetittopsida. 
4. Gnetumsimolar - Gnetopsida
5. Ginkgosimonlar - Ginkgoopsida
6. Qarag`aysimonlar - Pinopsida

 Yuqoridagi 6 ta sinfdan birinchi va uchinchi sinflarning vakillari faqat qazilma 
holda uchraydi. Qolgan sinflarning vakillari esa er yuzasida ancha keng tarqalgan. 
 
Urug`li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae sinfi (ajdod). 


22 
Bu sinfga mansub turlar to‟liq qirilib ketgan. Ular qadimiy va eng sodda tuzilgan 
ochiq urug`li o‟simliklardir. Ular yuqori devon davrida paydo bo‟lib, toshko‟mir 
davrida er yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari perm davrining oxirlarigacha o‟sgan. 
Urug`li qirqquloqlar daraxt, liana va o‟t o‟simliklarni o‟z ichiga olgan. Barglari 
yirik, murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning barglariga o‟xshash bo‟lgan. 
Xarakterli xususiyatlari ular urug` hosil qilgan. Urug`li qirqquloqlar urug`lari 
yordamida ko‟paygan. Biroq urug`lari juda sodda tuzilishga ega bo‟lib, urug` murtagi 
bo‟lgan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug`li o‟simliklar emas, balki 
urug`kurtakli o‟simliklar deb atashgan.
Urug`li qirquloqsimonlar ikki xil mikro va makrosporasi bo‟lgan. Sporafill 
shoxchalarining uchida mikro yoki makrosporangiylar hosil bo‟lgan. Makrosporalar 
makrosporangiy ichida rivojlanib, urg`ochi o‟simta hosil qilgan. Urug`langandan keyin 
urug`kurtak uruqqa aylanib, maxsus o‟simlta - kupula ichiga joylashgan, kupula 
urug`kurtakka tutashib ketmay uning ichki qismida ajralgan xolda turadi. kupula 
boshchali tukchasimon bezlar bilan qoplangan. Urug` 6-7 mm uzunlikda bo‟lib, unda 
murtak topilmagan.
Urug`kurtakning tuzilishi ham o‟ziga xos, uning mag`zi uchida changkamerasi
kamera ichida esa qobig`i teshik mikrosporalar bo‟lgan. Shunga asoslanib urug`li 
qirqquloqlarda 
ham 
hozirgi 
ginkgo 
va 
sagovniklardagi 
kabi 
harakatchan 
spermatozoidlar bo‟lgan deyish mumkin.
Urug`li qirqquloqsimonlar poyasining anatomik tuzilishi ularning po‟sti 
ikkilamchi yo‟g`onlashganligi o‟zagi kuchli rivojlanganligi va kollateral to‟dalar 
barglargacha tarqalganligini ko‟rsatadi. Urug`li qirqquloqlarning poyasi dastlab 
protestel tipda bo‟lib, keyinchalik sifonestel tipga o‟tgan. Poyasining o‟zak qismi 
atrofida bir qancha o‟tkazuvchi bog`lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo‟lgan. Urug`li 
qirqquloqlar o‟simliklarning qirqquloqlar bilan ochiq urug`lilarning belgi 
xususiyatlarini o‟zida mujassamlashtirgan aloxida gruppasidir.
Mikrosporangiyalari tuzilishi jihatdan hozirgi qirqquloqlarnikiga o‟xshash 
bo‟lgan. Urug`li qirqquloqlarning mikrosporalari kattaligi va tuzilishi jihatdan har xil 
bo‟lgan. 


23 
Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin