Qirqquloqsimonlilar


Lignopterisnamolar - Lyginopteridales



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Qirqquloqsimonlilar

Lignopterisnamolar - Lyginopteridales 
Medullosnamolar - Medullosales 
Keytoniyanamolar - Caytoniales 
Glossopteisnamolar – Glossopteridales. 
Sagovniksimonlar (Cycadopsida)
Bu sinfga bitta  qabila va bitta Sagovnikdoshlar (Cycadaseae) oilasi 9 ta turkum, 
120 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jixatdan bu sinfga qarag`aytoifa bo‟limda 
qarag`aysimonlar sinfidan keyingi o‟rinda turadi. 
Sinfning nomi sagovnik turkumidan olingan bo‟lib, sagovnik yoki stikas(Cycas) 
yunoncha kukas - palma degan ma‟noni bildiradi. 
Sagovniklar Evropa, Antarktida va boshqa qit‟alarda tarqalgan. Ular tabiatda
yakka – yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o‟sadi. Sagovniklarning ayrim 
turlari o‟rmonlarda o‟ssa, masalan Avstraliyada evkalipt o‟rmonlari orasida yoki 
Amerikada doim yashil eman o‟rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika 
savannalarida akastiyalari bilan birgalikda uchraydi. 
Sagovniklarning tropik va subtropik hududlarda tarqalgan turlari ularning eng 
qadimgi turlari sanaladi va ular mezozoy erasida keng tarqalgan bo‟lib, bizning 
davrimizgacha etib kelgan. 
Keyingi ma‟lumotlar bo‟yicha sagovniklar quyi karbonda paydo bo‟lib, ular kelib 
chiqishi jihatdan urug`li qirqquloqlar bilan bog`liq deb qaraladi. Sagovniklar hayotiy 
shakliga ko‟ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to‟liq er ostida yoki 
tanasining bir qismigina er ustida joylashgan turlari ham bor. Er ustida esa asosan 
barglari joylashgan. Ba‟zi birlarida er usti poyalari tugunaksimon shaklda bo‟ladi. 
Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug`li 
qirqquloqlarning barglariga o‟xshab ketadi. Ularning barglari ham har xil. Masalan: 
pakana (karlik) zamiyalarning barglari 5-6 sm uzunlikda bo‟lsa, sagovnik turkumi va 
sterotazamiya turkumlarining vakillarida 3 m gacha, enstefalyartos turkumining ayrim 
vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha etadi. Sagovniklarning barglari 
kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin qattiq kutikula bilan qoplangan. Sagovniklarning 


24 
poyasi sekin o‟sadi. Ko‟pincha poyasining uchida mikro megostrobil hosil bo‟lgandan 
so‟ng, o‟sishdan to‟xtaydi. Chunki, tepa kurtak strobila bilan tugaydi. 
Sagoniklarning poyasi o‟ziga xos tuzilishga ega. Poyaning markazida o‟zak 
hujayralari bo‟lib, ularni parinxima o‟rab turadi, undan so‟ng kambiy qavati joylashgan, 
kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan, po‟stloq parinximasi va nihoyat 
tashqi qavati ikkilamchi qoplovchi to‟qima joylashgan. 
Sagovniklarda o‟tkavzuvchi bog`lam kaloterial tipda uchraydi. Po‟stloq
parenximasi va o‟zak qismida shilimshiq modda yo‟llari bo‟ladi. 
Yuksak o‟simliklarda sagovniklardan boshlab, evolyutstiya jarayonida o‟q ildiz 
taraqqiy eta boshlagan. Ayrim vakillarida u qisqa yo‟g`on, ayrimlarida esa 10-12 m ga 
etadi. Ba‟zan bosh ildiz ma‟lum vaqtdan so‟ng o‟sishdan to‟xtab, uning o‟rniga bir 
qancha qo‟shimcha ildizlar taraqqiy etadi. Ildizning uchki qismida ildiz qinchasi bor. 
Ildizni tashqi tomondan periderma o‟rab olgan. Po‟stloq qavati bir necha qavat 
tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Undan ichkarida endoderma va ko‟p 
qavatli peristikl joylashgan. Ildizning ichki qismida murakkab o‟tkazuvchi bog`lamlar 
bo‟lib, unda 1-3 ta radial cho‟zilgan kselemalar, floema bilan navbatlashib joylashgan. 
Ko‟pchilik sagovniklarning sporafillari qubbalarda to‟plangan. Megosporangiya 
urug`chi o‟simlikning megosporafil deb ataluvchi generotiv barglarning qo‟ltig`ida 
joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o‟simlikdir. Ularning changchi (erkaklik) va urug`chi 
(urg`ochi) qubbalari boshqa boshqa o‟simliklarda taraqqiy etadi. Strobilalar (qubbalar) 
sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi. 
Sagovniklarning ko‟payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni 
Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yaponiyada) o‟suvchi, balandligi 3 m gacha etadigan 
revlluta stikasi misolida ko‟rish mumkin. Ularning uzunligi 2 m gacha etadi. Changchili 
o‟simlik tupining uchki qismida joylashgan changchili qubbalari hosil bo‟ladi. Ularning 
uzunligi 
50-70 
sm. 
Qubbaning 
uchida 
mikrosporafillar 
o‟rnashgan. 
Mikrosporafillarning pastki qismida bir qancha mikrosoruslar joylashgan bo‟lib, 
ularning har qaysisida 2 tadan 4 tagacha mikrosporangiylar o‟rnashgan. 
Mikrosporangiylar etilgandan so‟ng uzunasiga chatnab, ulardan ellipsimon mayda 
sporalar to‟kiladi. 


25 
Urug`kurtaklarda urug`lanish jarayoni quyidagicha ro‟y beradi. Mikrospora 
(chang) chang yo‟li orqali chang kamerasiga tushgandan so‟ng uning ichidagi vegetativ 
hujayrasi o‟sib uzun naychani (gaustoriyani) hosil etadi va u nukleus to‟qimasiga qadar 
o‟sib boradi va anteridial hujayra bo‟linib spermogen hujayrani hosil qiladi. Spermagen 
hujayra tez kattalashib so‟ngra bo‟linadi va ko‟p xivchinligi 2 ta spermatazoidni hosil 
etadi. Spermatazoidlar esa chang naychasi orqali kelib arxegoniyning tuxum hujayrasi 
bilan qo‟shiladi. Urug`langan tuxum hujayradan zigota, zigotadan esa keyinchalik 
urug`ning murtagi taraqqiy etadi. Shunday qilib urug` kurtakdan urug` hosil bo‟ladi. 
Urug` uzilib erga tushgach etiladi. Sagovniklardan har xil maqsadlarda: oziq-ovqat, 
manzarali o‟simlik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi. 
Ochiq urug`li o‟simliklar bir tomonidan yuqori sporali o‟simliklarga 2-bir 
tomondan yopiq urug`li o‟simliklarga o‟xshaydi. Ochiq urug`li o‟simliklar urug` 
beradigan qirq-quloqlardan, yopiq urug`li o‟simliklar ochiq urug`li o‟simlik-lardan kelib 
chiqqan. 
Ochiq urug`li o‟simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug`li o‟simliklar 
orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o‟tli o‟simliklar uchraydi. Ochiq urug`li
o‟simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi. Yopiq urug`li o‟simliklar esa
monopodial,simpodial va dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq urug`li o‟simliklarda 
suv naylari bo‟lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Yopiq urug`li 
o‟simliklarning to‟qimasida esa suv naylari xamda traxeidlar bo‟ladi. Ochiq urug`li 
o‟simliklarning urug` kurtagi ochiq erda taraqqiy etadi. Yopiq urug`li o‟simliklarni 
urug`i mevaning ichida taraqqiy etadi. Ochiq urug`li o‟simliklarda esa urug` 
g`uddalarda taraqqiy etadi. Bularda meva bo‟lmaydi. Ochiq urug`li o‟simliklardagini 
aksi, yopiq urug`li o‟simliklarni mevasi bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarning 
endosperma to‟qimasi otalanish prostessidan oldin hosil bo‟ladi. Yopiq urug`li 
o‟simliklarda esa endosperma to‟qimasi otalanishdan keyin hosil bo‟ladi. Ochiq urug`li 
o‟simliklarda qo‟shaloq otalanish bo‟lmaydi, yopiq urug`li o‟simliklarda esa qo‟shaloq 
otalanish bo‟ladi. Ochiq urug`li o‟simliklarning ko‟pchiligi doimo yashil o‟simlik 
hisoblanadi. Ochiq urug`li o‟simliklar 7 ta sinfga bo‟linadi: 


26 
1. Urug`li paporotniklar 2. Sagovniklar 3. Bennetitlar 4. Kordaitlar 5. 
Ginkgolar 6. Igna barglilar 7. Ignacha barglilar 
Urug`li qirqquloqlar 
Ular o‟zining tashqi tashqi ko‟rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga 
o‟xshar, lekin har xil sporali bo‟lib, urug` yordamida ko‟payishi bilan ulardan farq 
qiladi.
Uning poyasida qo‟sh patsimon yirik - yirik murakkab barglar bo‟lar, ularning 
asosiy bandlari ko‟pincha dixotomik shoxlanar edi.
Poya o‟zak qismining juda rivojlangan bo‟lishi va kambiy xalqasi yordamida 
ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi 
ochiq urug`lilardagiga o‟xshash, traxeidlardan tuzilgan, po‟stlog`i ancha qalin bo‟lgan. 
Liginoptenis mikro-makrosporalar xosil qilgan.
Sagovniklar
Sagovniklar hozir yashab turgan o‟simliklar bo‟lib, eski (Cycas, Macrozamia, 
Bowenia, 
Encephalarthos, 
Stangeria 
kabi 
avlodlar) 
va 
yangi 
dunyoning 
(zamia,Microcycas, Ceratoramia, Pioon avlodlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida 
tarqalgan 9 ta avlodi o‟z ichiga oladi.
Sagovniklar - ustunsimon oddiypoyali daraxtlardan; poyasi axayon - axyonda 
shoxlangan bo‟ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin-qattiq barglar tojdek 
bo‟lib turadi. Mikrosporangiylari tangachasimon mikrosporofillarning chetida turadi 
yoki tangachasimon makrosporofillardan joy olgan, mikrosporofillari to‟p-to‟p bo‟lib, 
otalik qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug`kurtaklar) makrosporofillarning 
chetida turadi yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo‟lgan onalik 
qubbalaridan joy oladi. Bu tartib Cucas (yoki sagovnik) misol bo‟la oladi.
Barcha ochiq urug`liklar singari, Cucas har xil sporali o‟simlik bo‟lib, makro- va 
mikrosporalar bilan ko‟payadi.


27 
Ko‟pchilik Sagovniklar Cucas ga o‟xshash, aksari shoxlanmaydigan to‟g`ri poyali 
o‟simliklar bo‟lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik - yirik barglar 
chiqaradi. Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o‟lchanadi. Eng qayta 
qoplovchi barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gul qo‟rg`onini eslatadi. Ularning 
cheklanishi shamol va hashoratlar yordamida sodir bo‟lishi kerak. Bennetgetlarning 
urug`ida murtak to‟la rivojlangan, oziq moddalar ikki pallada to‟plangan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin