Qirqquloqsimonlilar


Podokarpnamolar (Podocarpales)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Qirqquloqsimonlilar

5.Podokarpnamolar (Podocarpales) qabilasi ochiq urug`li o‟simliklarning eng 
takomillashgan guruhini o‟z ichiga oladi bitta oila (Polakarpdoshlar-Podocarpaseae), 9 
ta turkum va 140 ta turdan tashkil topgan. Ular asosan janubiy Yarim sharda tarqalgan. 
Qarag`aykabilar sinfchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Evrosiya va Shimoliy 
Amerikada katta o‟rmonlarni hosil etadi. Janubiy yarim sharda esa ular ko‟proq 
mo‟‟tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ayniqsa, Xitoyning Janubiy-Sharqiy va markaziy 
qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniyada, Tasmaniya, Shimoliy 
Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili Janubida, Yangi Zellandiyada, yangi 
Gvinieyada tarqalgan. 
Qarag`aykabilar sinfchasi vakillarining tarixi karbondan (370 mln. yillar 
muqaddam) boshlanidi. Trias davrida (240 mln. yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim 
sharning o‟simliklar qoplamida katta rol o‟ynagan. 
Qarag`aykabilarning ko‟pchilik turlari baland bo‟yli, ayrimlari esa gigant 
daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o‟suvchi doim yashil sekvoyning (Sequoia 
sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining diametri esa 10 m gacha etgan. 
Meksika taksoidnumi poyasining diametri 16 m, mamont daraxti poyasining yo‟g`onligi 
esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda 
ekanligi aniqlangan. Qarag`aykabilar orasida yoshi jihatdan eng kattasi Shimoliy 
Amerika qarag`ayi sanaladi. Nevida sharqida topilgan daraxtning yoshi taxminan 4900 
yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida 
podakarpdoshlar oilasiga mansub er bag`irlab o‟sadigan turlari ham bor. Bu sinfcha 
vakillarida o‟zak qavat kam taraqqiy etgan. Uni tashqi tomondan yaxshi rivojlangan 
ikkilamchi yog`ochlik o‟rab olgan. Undan so‟ng kambiy, kambiydan tashqarida 
ikkilamchi floema joylashgan. Poyani tashqi tomondan qalin po‟stloq qavat qoplab 
olgan. Ularga xos belgilardan yana biri po‟stloq va yog`och qavatida smola yo‟llari 
(kanallari) ning bo‟lishidir. 


29 
Sinfcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon. Eng yirik 
ignasimon barg Shimoliy Amerikada o‟suvchi botqoq qarag`ayi (pinus palustris) niki 
bo‟lib, uning uzunligi 45 sm ga etadi. 
Aksincha ko‟pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo‟lib, shoxlar 
bilan qo‟shilib o‟sgan. Qarag`aykabilar asosan urug`lari orqali ko‟payadi. Qubbalari 
ayrim jinsli. Ayrim vakillari qubbalar to‟p bo‟lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har 
bitta daraxtda ko‟p sondagi mikrosporalar hosil bo‟ladi.
Sinfcha vakillarining urg`ochi (urug`chi) qubbasi ham xilma-xil. Tisslarda qubba 
taraqqiy etmagan. 
Qarag`aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o‟simliklar bo‟lganligi 
sababli erkaklik (changchi) urg`ochi (urug`chi) urug` kurtakning chang yo‟li orqali 
chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan so‟ng ma‟lum vaqt o‟tgandan keyin 
urug`lanish jarayoni boshlanadi. 
Urug`lanish jarayonidan so‟ng urug` kurtakdan urug` hosil bo‟ladi. 
Qarag`aykabilarning urug`i 3 tadan to 18 tagacha urug` pallaga ega. 
Sinfchadagi eng yirik va bizning sharoitda turlari ko‟plab ekiladigan 
qarag`aynamolar qabilasiga qisqacha to‟xtalib o‟tamiz. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin